O’smirlarga ijobiy yashashlarida ko’maklashish

Chop etish versiyasi
01 Dekabr 2016
3 3 Fotosuratlar

OIV bilan yashovchi 30 ta yoshlardan iborat guruh Toshkent shahridagi shinam majlislar zalida to’plandi. Ko’zlangan maqsad-OIVga ega bo’lgan holda hayotga ijobiy munosabat bilan yashashlarida ularga yordam berishga qaratilgan trening mashg’ulotida ishtirok etish edi. Bu erda — hotirjamlik va do’stlik hukm surgan muhitda — bolalar OIV va OITS bo’yicha muhim ma’lumotlar oladilar hamda o’z salomatliklariga nisbatan mas’uliyatli yondoshuvni shakllantirish va tash’hislarini to’g’ri qabul qilishni o’rganadilar.

Turli xil interactive mashg’ulotlar, o’yinlar va muhokamalar orqali ishtirokchilar to’g’ri davolanish hamd to’g’ri ovqatlanishning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini o’rganadilar. Shu bilan birga, ularga sog’lom turmush tarzi va gigiena rioya qilishning ahamiyati, shuningdek, sigaret chekish va giyohvand moddalar iste’mol qilishining havflari ham uqtiriladi. O’z navbatida o’smirlar o’z muammolari va muvaffaqqiyatlari bilan o’rtoqlashadilar, bir-birlari bilan mustahkam aloqalar o’rnatadilarki, bularning bari ularga o’z tash’hislarini to’g’ri qabul qilishlarida yordam beradi.

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumanning aytishicha, ushbu yoshlar o’zlariga o’xshagan tengdoshlari uchun ilhom baxsh etuvchi o’rnak bo’lishlari juda katta ahamiyatga ega. «Boshqa bolalar siz o’zingizni qanday tutayotaningizni ko’rganlaridan so’ng o’zlari qo’rqmay qo’yadilar va yashirinishdan to’xtaydilar. Siz OIV bilan yashovchi boshqa bolalarga ushbu imkoniyatni berishingiz, hayotlarini yaxshiroq o’tkazish imkoniga ega bo’lishlarida yordam berishingiz muhim».

UNICEF va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan uch kunlik seminar OIV bilan yashayotgan o’smilarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan milliy o’quv-tadbirlarining bir qismidir. Shu bilan birga bu mashg’ulotlar mazkur o’smirlarni xuddi o’zlari kabi tashhisga ega bo’lgan tengdoshlariga yordam beruvchi tengdosh ustozlar sifatida tayyorlashdan iborat bo’lmish uzoq muddatli maqsadga erishishda ham yordam beradi.

UNICEF tashkiloti OIVning oldini olish, unga chalinganlarni davolash va parvarishlashda butun mamlakat bo’ylab eng yuqori standardlarni ta’minlash borasida O’zbekiston Hukumati bilan hamkorlik qilmoqda. Ushbu hamkorlik bugunga qadar o’zining juda ham samarali ekanligini isbotlagan tengdosh yordamchilarning hududiy tarmoqlarini shakllantirish harakatlarini ham o’z ichiga oladi.

«Hozirga qadar biz ba’zi hududlarda tengdosh yordamchilarning hududiy tarmoqlarini shakllantirishga muvaffaq bo’ldik,«- deydi Sasha Grauman. «Hozir orttirayotgan tajribamiz yordamida biz bunday tarmoqni yaratamiz va uni boshqa hududlarga ham kengaytiramiz. Bunga sabab, biz bunday tarmoqlar boshqa bolalarga ham ijtimoiy va ruhiy yordam beradi degan fikrdamiz,«- deb ta’kidladi Sasha Grauman.

«Ushbu trening insonlarga OIV bilan yashash ular uchun nimani anglatishi to’g’risida ochiq va qo’rqmasdan gapirishdan iborat bo’lmish nodir imkoniyat yaratadi,«- deydi Respublika OITS markazi bo’lim boshlig’i Muborak Bikmetova. «Stigma va qo’rquv OIV bilan yashayotngan insonlarning aksariyatini mutaxassis maslalhati va yordamini olishga intilishlariga to’sqinlik qiladi. Xatto kattalar ham bu to’g’risida o’z oila a’zolari bilan gaplasha olmaydilar. Ushbu kasallik to’g’risidagi o’z fikrlaringizni kim bilandir o’rtoqlashishni istaysiz, lekin, buni ko’p insonlar bilan o’rtoqlasha olmaysiz,« — dedi u tadbir ishtirokchilariga.

O’smirlar uchun treninglar ayni chog’da ularning ota-onalari bilan parallel mash’gulotlarni ham o’z ichiga oladi. Bu boshqa parvarishlovchilarga OIV bilan yashayotgan bolaning tashhisini qabul qilishlarida va kerak bo’lgan har qanday ko’mak va parvarishni ta’minlashlarida yordam beradi.

Usbhu o’quv kursidan keyin OIV bilan yashayotgan insonlarga muolaja, parvarish va yordam beruvchi pediatr shifokorlar uchun o’quv mashg’ulotlar tashkil etiladi. Hammasi bo’lib, Toshkentda olib o’tkaziladigan tadbirlarda O’zbekistonning 9 hududidan 95 ta o’smir, 75 ota-ona va 11 shifokor-pediatrlar ishtirok etadilar.

«Ushbu mashg’ulotlarni to’xtatmang,«- deydi Andijondan Lola ismli qizi bilan kelgan Nargiza. «Ular bolalarimizning o’zgarishiga yordam bermoqda va ularni yanayam quvnoq qilmoqda,« — deydi u yangi do’stlari bilan suhbatlashayotgan qizini kuzatar ekan.

Marta o’qilgan: 810


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar