Yurak tubidan kelgan hikoyalar

Chop etish versiyasi
10 Dekabr 2016

«Men sehrli tayoqchadan menga ukalar yoki singillar berishini so’rayman… dadam va’da bergan hayvonot bog’iga borishni so’rayman…siz har kuni tunda uxlashimdan oldin ertaklar aytishingizni so’rayman…» — deydi mitti hikoyalardan birining qahramoni. Ushbu mitti hikoya Dilfuza Kamoljonova qalmiga mansub bo’lib, «Sehrli tayoqcha» deb nomlanadi. Mazkur hikoyada farzandlarimiz o’zlarini baxtli his etishlari uchun ularga naqadar oz narsa kerak ekanligi ta’sirli bayon etiladi. Shuningdek, kichik hikoyada kattalar kundalik yumushlariga berilib ketib, farzandlari uchun eng qadrli bo’lgan narsalarni unutib qo’yishlari ham aks ettirilgan.

Bu yilgi «Mitti hikoyalar» butunjahon kampaniyasida mualliflarning «Ular bolalar uchun istagan dunyo» mavzusidagi tasavvurlari o’z ifodasini topgan. Mazkur kampaniya kuchli ta’sirga ega vositaga aylanishiga sabab unda oddiy, vaqti kelsa, kinoyali va goho g’amgin jumlalar orqali bugungi dunyoda bola bo’lish qanchalik oson emasligi bayon etiladi.

Bugunga qadar ushbu kampaniyaga butun dunyodan 200dan ziyod taniqli qalam ustalari qo’shildilar va bolalar uchun muhim bo’lgan muammolarni yoritishga bag’ishlangan, 70 so’zdan iborat ajoyib hikoyalarini taqdim etdilar. Ushbu uslubning tanlanishiga sabab, unda urushlar, favqulodda vaziyatlar, diskriminatsiya, beparvolik va ziyonlar tufayli aziyat chekayotgan bolalarga yordam berish yo’lida UNICEFning 70 yillik faoliyatini aks ettiruvchi ramziy ma’no mavjud.

O’zbekistonlik yosh shoir Ashot Danielyan #ForEveryChild (Har Bir Bola Uchun) mitti hikoyasini ifodali o’qib, uni mobil telefoni yordamida video tasvirga olish orqali taqdim etgan.

UNICEF turli xil janrlarda ijod qilayotgan mualliflarni jalb etish maqsadida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Mazkur umumjahon miqyosidagi tashabbusda ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan qalam ustalari, yosh yozuvchilar va yulduzlar ishtirok etdilar. Hikoyalarning aksariyati O’zbekistondagi UNICEF vakolayxonasining Feysbuk ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida, #ForEveryChild hashtagi ostida, o’zbek tilida taqdim etildi. Hikoyalardagi eng ta’sirchan jumlalar UNICEF vakolatxonasining Twitterdagi sahifasida ham e’lon qilindi.

14–25 noyabr oralig’ida Feysbukdagi muxlislarimiz bolalarga munosib dunyo to’g’risidagi hikoyalrni o’qish imkoniga ega bo’ldi. Bu esa, barcha o’quvchilarni bolalar va ularning huquqlari xususida firk yuritishga undadi.

Marta o’qilgan: 866


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar