Ta’lim sifati konsepsiyasining milliy ramkalarini ishlab chiqish

Chop etish versiyasi
18 Yanvar 2017
3 3 Fotosuratlar

2017 yil yanvar oyida Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda O’rta-maxsus va kasbiy ta’lim markazining rahbarlari ta’lim sifati konsepsiyasining milliy ramkalarini yaxshilash bo’yicha amaliy seminarda qatnashish uchun Toshkentda yig’ildilar.

Seminarning maqsadi O’zbekiston ta’lim tizimidagi amaliyotlar va ustuvor yo’nalishlarni aks ettiradigan ta’lim sifati konsepsiyasining ramkalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirishdan iborat edi. Mazkur konsepsiya O’zbekistonda sifat ta’limiga ta’sir qiladigan barcha omillarni e’tiborga oladi. Me’yoriy-huquqiy baza, inson resurslari va moddiy mablag’lar, o’quvchining tabiati, o’quv-ta’lim jarayoni va o’qitish natijalari shular jumlasiga kiradi.  

Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjaev seminar qatnashchilarini qutlar ekan, ushbu tadbirning dolzarbligini ta’kidlab o’tdi: “Erishgan yutuqlarimizni baholash va kerakli o’zgarishlarni kiritishni ta’minlash uchun ta’lim sifatiga aniq ta’rif berish vaqti keldi. Bizning madaniy merosimizga hamda milliy ustuvor yonalishlarga muvofiq ramkalarni ishlab chiqishimiz zarur.”

Amaliy ish sessiyalarni UNICEF xodimlari olib bordilar. Ular seminar ishtirokchilarini va ta’lim sifatini aniqlash va boshqarish sohasidagi xalqaro tajriba bilan tanishtirdilar. To’rt kunlik seminar davomida ta’lim ekspertlari hukumatning ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarini o’rganib chiqib, ta’lim sifati konsepsiyasi milliy modelining loyihasi ustida ish olib bordilar. Ushbu ramkalar kelgusida ta’lim sifatini o’lchash va yaxshilash uchun muhim dasturamal bo’lib xizmat qiladi. Keyingi qadam sifatida UNICEF mutaxassislari yordamida ishchi guruhi ta’lim sifati konsepsiyasi ramkalari ustida ishlashni yakunlab, uning monitoring tizimini loyihalaydi.

«Mazkur seminar O’zbekiston hukumati bilan hamkorligimizning muhim bosqichiga aylandi. Birgalikdaki sa’y-harakatlarimiz orqali ta’lim sifatiga va uning o’lchovlariga aniq ta’rif bera olamiz. O’zbekiston hukumati ta’lim sifatiga alohida e’tibor berishi maqtovga sazovordir,” - deb ta’kidladi Afshin Parsi, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Ta’lim bo’limi rahbari. “Seminar qatnashchilari xalqaro tajribani o’rganib, O’zbekiston ta’lim sifati milliy konsepsiyasini ishlab chiqishdi,”-deb u qo’shimcha qildi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 186


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar