Farhod Artikbaev: o'zgacha bolaning oddiy otasi

Chop etish versiyasi
19 Yanvar 2017
2 2 Fotosuratlar

Farhod Artikbaevning mutaxassisligi - aloqa muhandisi, biroq u o’z vaqtining ko’p qismini bolalarga, xususan katta o’g’lining tarbiyasiga sarflaydi. Bugun biz Farhod bilan autism tashxisi bilan yashayotgan bolani parvarish qilish to’g’risida suhbat quramiz.

Aytingchi, autizm tashxisi qo’yilgan bolani tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni qanday yengib o’tasiz?

Eng muhimi, to’g’ri tashxis qo’yishdir. Bu juda muhim. Aynan erta yoshdagi diagnostika bolani to’g’ri tarbiyalash va parvarish qilishga, uni jamiyatdagi hayotga o’rgatishga yordam beradi.

Men singari ota-onalar internetda autizmli bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga yordam ko’rsatish guruhlari bilan muloqot qilish uchun ko’p vaqt o’tkazadilar. Internet orqali ushbu og’ir yo’lni bosib o’tgan dunyoning barcha chekkalaridagi ota-onalar bilan yozishaman. Defektolog kasbi bo’yicha ta’lim oldim, juda ko’p kitoblarni o’qib chiqdim. Har kuni o’zim o’rganaman va o’g’limga hayotiy ko’nikmalarni o’rgataman. U hayotda o’ziga ishonch bilan yashashinij istayman.

Boshqa autizmi bor bolalarning ota-onalariga qanday yordam berasiz?

Men ancha tajribaga ega bo’lib oldim, Shuning uchun nima qilishni bilmayotgan ota-onalarga ko’maklashishga harakat qilaman.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida “Angelochek” (“Farishta”) klubi ochildi. Uning maqsadi – ota-onalarni yangi uslublar haqida boxabar qilish va ularga yo’l ko’rsatish, eng asosiysi, ularni qo’llab-quvvatlash, ular yolg’iz emasliklarini ko’rsatish. Autizm bilan yashovchi bolalarni qo’llab-quvvatlash uchun aksiyalar o’tkazamiz. Yomon xayollarni qochirish uchun yangi marshrutlar tuzib, bolalar va ota-onalarini jamoat joylariga olib chiqaman. Bu bilan, jamiyatdan qo’rqish yoki uyalish kerak emasligini ko’rsataman.

Fikringizcha, atrofdagilar – ya’ni, tibbiyot hodimlari, qo’shnilar, qarindoshlar, bolalar qanday qilib autism bilan yashayotgan farzandlari bor oilalarga yordam berishlari mumkin?

Ko’p hollarda ota-onalar autizmi bor bolani qayerga olib borishni bilmaydilar. Ko’p ota-onalar poliklinikaga borishni istamaydilar, chunki ularning bolalari gavjum joylarda bo’lishdan,  navbatda turishdan qo’rqadilar. Autizm yoki shu singari nogironligi bo’lgan bolalar o’zlarini tinch va havfsiz muhitda sezishlari uchun alohida xonalar ajratilishini istar edim.

Psixologik yordam ko’rsatuvchi ijtimoiy xodimlar bunday bolalari bor oilalarga tez-tez borib turishlari ham juda muhimdir. Ba’zida ota-onalar kimgadir tashvishlarini aytishni istaydilar.

Atrofdagilar bizni tushunishlarini va hurmat qilishlarini istar edim. Bolasi autizmga chalingan ota-onani ko’rsangiz, unga yordam bering. Kasalxona yoki do’konda bo’lsangiz navbatingizni bering, bunday bola kelganida o’yin maydonidan farzandingizni olib qochmang, ota-onalarga farzandi o’zgacha ekanlini yuziga solmang. Har qanday oilada autizmli bola tug’ilishi mumkin, bunda ota-onaning aybi yo’q. Ularni tushunishga va qo’llab-quvvatlashga harakat qiling.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 331


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar