UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari O’zbekiston Oliy sudi raisi bilan uchrashdi

Chop etish versiyasi
20 Yanvar 2017
4 4 Fotosuratlar

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann O’zbekiston Oliy sudi raisi Shoyunus Gaziev hamda Oliy sud qoshidagi Tadqiqot markazi direktori vazifasini ijro etuvchi Sarvar Aripov bilan uchrashdi.

Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident farmonini ijro etish borasida bolalar uchun adolatli sudlov O’zbekiston Hukumatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligini qutlaydi. UNICEF balog’at yoshiga yetmaganlar uchun adolatli sudlov sohasidagi islohotlarni o’tkazishda yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini tasdiqlaydi.

Uchrashuv chog’ida qonun bilan mojaroda bo’lgan balog’atga yetmaganlar uchun mahalliy hamjamoyat darajasidagi, mediasiya, probasiyalar singari jazoning al'ternativ choralarini tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda jinoiy javobgarlikka tortishda jabrlanuvchi va jinoyat guvohi bo’lgan balog’atga yetmaganlarga nisbatan maxsus yondashuv yaratish imkoniyatlari to’g’risida ham fikr almashildi. Bu balog’atga yetmagan jabrlanuvchi va jinoyat guvohlarini so’roq qilish uchun video va audio qurilmalar bilan jihozlangan maxsus xonalarni tashkil etish bilan bog’liq.

Shuningdek, Sasha Graumann uchun Oliy sudning tarix muzeyiga, Plenumning yig’ilishlar xonasiga va Oliy sudning majlislar xonasiga ekskursiya tashkil qilindi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 212


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar