UNICEF Qo’llarni yuvish kampaniyasida faol qatnashgan qo’shiqchilarga minnatdorchilik bildirdi

Chop etish versiyasi
27 Yanvar 2017
5 5 Fotosuratlar

Taniqli xonandalar Shoira Otabekova, Aziza Nizamova, Bobir Sobirov vaDiyor Mahkamov o’tgan yilning oktabr oyida O’zbekistonning chekka hududlarida safarda bo’lishdi. Bolalar, ularning oilalari va o’qituvchilar uchun tayorlangan qo’shiqlar va interaktiv muloqotdan iborat maxsus dasturda ular juda oddiy ko’nikma – kun davomida qo’llarni sovun bilan yuvish salomatlik uchun muhimligi to’grisida ma’lumot berdilar.

Uyda va maktabda qo’llarni yuvishning ahamiyatini ilgari surish maqsadida mazkur kampaniyani Sog’liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda o’kazdik. Bola uchun yulduz bo’lgan mashhur inson unga qo’llarni sovun bilan yuvishning zarurligini aytsa, bu ma’lumot u uchun yanada ta’sirli bo’ladi. Mashhur yulduzlar kampaniyamizda ishtirok etishganidan mamnunmiz,”- dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi Sanitariya va gigiena dasturi bo’yicha maslahatchisi Hilola Aslanova.

Kampaniya O’zbekistonning beshta viloyati – Jizzax, Qashqadayro, Surxondaryo, Xorazmda hamda Qoraqalpog’istonda to’rt hafta davom etdi. 7,000dan ziyod maktab o’qubchilari, ularning oila a’zolari va o’qituvchialr tadbirlarda ishtirok etishdi.  Muhim ma’lumotlar ularga jonli ijrodagi konsert va quvnoq muloqot tariqasida yetkazildi.

“Bizga bolalarni qo’llab-quvvatlash imkonini bergan UNICEFga minnatdorchilik bildirishni istar edim. Umid qilamanki, bizning kichik hissamiz bolalar hayotidagi kata ijobiy  natijalarga olib keladi,”-dedi xonanda Aziza Nizamova.  

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sascha Graumann kampaniyani qo’llab-quvvatlaganlari, faol ishtiroki hamda sog’lom amaliyotni bolalar orasida targ’ib qilganlari uchun xonandalarga minnatdorchilik izhor etdi.  

Bolalarning, ayniqsa eng kam imkoniyatlarga ega bolalarning manfaatlarini ilgari surish uchun UNICEF dunyo bo’ylab mashhur insonlar bilan hamkorlik qiladi. Bolalar masalalariga befarq bo’lmagan iqtidorli va nufuzli insonlar ko’magida biz keng ommaga, xususan qaror qabul qiluvchilarga etib boramiz,”- dedi Sascha Graumann.   

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 561


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar