Har bir bola uchun adolatli imkoniyat: UNICEF bolalarning ijtimoiylashuvi masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferensiyani qo’llab-quvvatlamoqda

Chop etish versiyasi
31 Yanvar 2017
2 2 Fotosuratlar

UNICEF ta’kidlashicha, har bir bola sog’lom o’sish, ta’lim olish va himoyalangan bo’lish huquqlariga egadir. Har bir jamiyat barcha bolalarga, ayniqsa alohida yordamga muhtojlariga –  yetim bolalar, nogironligi bo’lgan va qonun bilan aloqada bo’lgan bolalarga imkoniyatlar yaratib berishga mas’uldir.

2017 yil, 31 yanvar kuni Toshkent shahrida “Ijtomoiy Inklyuziya: Bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo’nalishlar” deb nomlangan ikki kunlik xalqaro konferensiya boshlandi. Ushbu konferensiya “Sen yolg'iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg’armasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan tashkil qilingan hamda Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirliklari, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar hokimiyati va UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

200dan ortiq ishtirokchilar, xususan yuqori darajadagi davlat arboblari, UNICEF, UNESCO va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, milliy va xalqaro ekspertlar yagona maqsadda – alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning ijtimoiylashuvi yo’llarini aniqlash uchun bir joyga yig’ildilar.  Ishtirokchilar eng sara xalqaro amaliyotlarni, innovatsion uslublarni va tajribalarni ko’rib chiqib, ularni O’zbekistonda qanday qo’llash mumkinligi to’g’risida birgalashib fikr yuritishadi.

“Yaxshi ijtimoiylashuv va to’g’ri ishlab chiqilgan ijtimoiy himoya tizimi faqat ma’naviy tarafdan muhim bo’lbgina qolmay, O’zbekiston rivojlanishning yangi pog’onasiga chiqishi uchun kerakligi hammaga oydindir. UNICEF bu borada Hukumatni va hamkorlarini qo’llab-quvvatlashga tayyor,” – deb UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxona rahbari  Sasha Graumann konferensiya ochilish marosimida ishtirokchilarga murojaat qildi,

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, minglab “jiddiy jismoniy va aqliy nogironligi bo’lgan bolalar” maktab va bog’chalar xizmatlaridan foydalana olmaydilar. Oilalar bilan muloqot o’rnatib, ularni kerakli ko’nikmalar va moddiy yordam bilan ta’minlash nihoyatda muhimdir.

Bola Huquqlari to’g’risidagi konvensiyaga ko’ra har bir bola oila muhitida katta bo’lishga xaqlidir. Davlat ixtisoslashgan muassasalariga joylashtirilgan bolalarning kam qismi yetimdir. Bu bolalarning aksariyati oilasin ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragani yoki nogironligi borligi uchun ushbu muassasalarga joylashtirilgan.

Konferensiya bolalarni muassasalarga joylashtirishni to’xtatish va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash uchun ijtimoiy yordam mexanizmlarini yaratishda milliy qonunchilikka kiritiladigan o’zgartirishlarni muhokama qilish uchun platforma bo’lib xizmat qiladi.

Ushbu forumda muhokama etiladigan yana bir ustuvor masala yuvenal adliya tizimidir. Adliya tizimi tomonidan bolalarga ko’rsatilgan munosabat ularning kelgusi hayotida qonunga bo’lgan ishonchga katta ta’sir ko’rsatadi.

“Balog’atga etmagan jinoyat sodir etgan bolalarga nisbatan an’anaviy jazo turlari emas, balki  reabilitatsiya va qayta tiklanish qo’llanilishi lozim. Bunday choralar sud jarayonida qatnashgan bolalar uchun stigma va boshqa salbiy ta’sirlarni yo’qotishga yordam beradi. Qqayta jinoyatga qo’l urish holatlarining kamayishi va iqtisodiy sarf-[arajatlarning samaradorligi  jamiyat manfaatlariga ham xizmat qiladi,” deydi Sasha Graumann.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 620


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar