UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bosh prokuraturaga tashrif buyurdi

Chop etish versiyasi
09 Fevral 2017
3 3 Fotosuratlar

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sascha Graumann Bosh prokuror o’rinbosari , Zohid Dusanov bilan uchrashdi.

Bosh prokuratura President farmonida ko’rsatilgan adliya tizimini isloh qilish borasidagi tadbirlarni amalga oshirishda alohida rol o’ynaydi. UNICEF Hukumatning bolalar uchun ahamiyatli bo’lgan ushbu muhim islohotlarni amalga oshirishda ko’mak berishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bosh prokuror o’rinbosari adliya tizimini liberallashtirish sohasida erishilgan yutuqlar to’g’risida so’z yuritdi. U 2000 - 2016 yillar mobaynida bolalar sodir etgan jinoyatlar hamda jinoyat sodir etgan bolalar soni qisqarganini aytib o’tdi. O’zbekistonda bolalar jinoyatchiligi barcha jinoyatlarning faqat 2.2 foizini tashkil etadi.

“O’zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, bolalar huquqlarini himoya qilish ustuvor vazifalarimizdan biridir,-” dedi Zohid Dusanov. “Biz voyaga etmaganlarning huquqlarini kuchaytirish to’g’risidagi qonun loyihasi ustida ishlashni boshladik. Bugungi uchrashuvdan so’ng UNICEF yordami bilan adliya tizimini liberallashtirish sohasida yanada ko’p yutuqlarga erishishga umid qilamiz,”-deb qo’shimcha qildi u.

Sascha Graumann va Zohid Dusanov kelgusidagi hamkorlik yo’nalishlarini, xususan qonun bilan ziddiyatda bo’lgan bolalarga alternativ choralar ko’rilishi, hamda jabrlangan va jinoyat guvohi bo’lgan bolalar himoyasini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.  Bola huquqlarini amalga oshirish boyicha professional mutaxassilar malakasini oshirihga alohida e’tibor berildi. Har ikkala tashkilot ijobiy xalqaro tajribani o’rganib, undan tegishlicha O’zbekistonda foydalanish mumkinligi haqida ham fikr yuritdilar.

“Bugungi uchrashuv hamkorligimiz uchun muhim qadamdir,”-dedi Sascha Graumann. “O’zbekiston Prezidenti belgilagan qonunchilik tizimi islohotiga muvofiq ravishda bolalar uchun sezilarli yutuqlarga erishishga umid qilamiz."

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 808


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar