UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari va Oliy Maljisning Inson huquqlari bo’yicha vakili bola huquqlarini ilgari surish borasida hamkorlik qilishga kelishdilar

Chop etish versiyasi
10 Fevral 2017
4 4 Fotosuratlar

“O’zbekistonda jinoyat sodir etgan bolalarni ozodlikdan mahrum etish eng so’nggi chora ekanligidan UNICEF xabardor. Faqat bitta penitensiar muassasa va bir nechta ta’lim beruvchi maxsus yopiq kollej va maktablarning mavjudligi e’tiborga loyiqdir,”- dedi Sascha Graumann, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.

U Ulug’bek Muhammadiev, Oliy Maljisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashdi. Ular UNICEF va Ombudsman o’rtasidagi hamkorlik zaif guruhlarga, xususan ozodlikdan mahrum etilgan bolalarga alohida e’tibor qaratgan holda Bola huquqlari bo’yicha qo’mitaqning tavsiyalarini amalga oshirishga hissa qoshishi mumkinligida hamfikr ekanliklarini bildirdilar.

Sascha Graumann UNICEF yopiq muassasalardagi bolalar ahvolini monitoring qilishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.  O’zbekiston adliya tizimida hamda rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha islohotlar olib boryapti.  UNICEF Ombudsmanga ozodlikdan mahrum etilgan bolalar ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir nechta tashabbuslarni bildirdi.

Bunday bolalarning jamiyatga reintegrasiyasi muhim bo’lgan paytda, UNICEF O’zbekistonda bolalar uchun maxsus Ombudsman tayinlashi zarurligini ta’kidladi.

“Bu mamlakat uchun juda zarur va UNICEF bu borada, xususan mutaxassislar malakasini oshirishda va ozodlikdan mahrum etilgan bolalar huquqlarini himoya qilish bo’yicha tizimni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishda zarur ko’mak berishga tayyor,” – dedi Sascha Graumann. “Bu Bola huquqlari bo’yicha qo’mitaning yana bitta tavsiyasini bajarishga yordam beradi,”- deb qo’shimcha qildi u.  

“Bola huquqlari bo’yicha qo’mitaning bolalar uchun maxsus Ombudsman tayinlash to’g’risidagi O’zbekistonga bildirgan tavsiyasidan xabardormiz,” – dedi Ulug’bek Muhammadiev. “Bunday harakat bolalar nomidan berilgan arizalar bilan ishlashda Ombudsmanning faoliyatini yaxshilashi mumkin,” - deb rozi bo’ldi u.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 585


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar