Fan olamiga kirib kelayotgan yosh ayollarga ilhombaxsh xitob: Sayyora Rashidova – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faxriy a’zosi

Chop etish versiyasi
11 Fevral 2017
2 2 Fotosuratlar

Ilm-fandagi Xotin-qizlar xalqaro kunida O’zbekiston Respublikasi Fannlar akademiyasi faxriy a’zosi, O’zbekiston Milliy Universiteti Polimerlar kmyosi va fizikasi laboratoriyasi direktori, kimyo fanlari doktori, professor Sayyora Rashidova o’z hayotini ilm-fan bilan bog’lamoqchi bo’lgan yosh qizlar uchun savollarga javob beradilar. 

Nima uchun ilm-fan bilan shug’ullanishni tanlagansiz? Sizni bunga nima undagan va nimalardan mamnun bo’lgansiz?

Qisqa qilib aytadigan bo’lsam, “anglash uchun izlanish” sabab bo’lgan. Yoshlik paytimda biz juda ko’p kitob o’qir edik. Inson kitob o’qiganida esa qiziquvchan bo’ladi, unda ko’plab savollar tug’iladi va u savollariga javob topishga harakat qiladi. Agar inson qiziquvchan bo’lsa, u izlanish, kashf qilishsiz tura olmaydi. Meni aynan shu narsa kimyo fanini o’rganish tomon etakladi va hayotimning yo’lini belgilab berdi. Keyinchalik, yangi sabablar va rag’batlantiruvchi omillar paydo bo’ldi. Masalan, men o’z laboratoriyamni, o'z bo'limimni, o'z hamkasblarimni, keyinchalik esa, o’z talabalarimni yuqoriroq darajaga erishishlarini istar edim, bu maqsadimga erishishim esa, butun umrim davomida qilgan harakatlarimning samarasi sifatida menga mamnuniyat baxsh etdi.  

Biron qiyinchilik yoki to’siqlarga uchraganmisiz? Ayol kishi bo’lganligingiz sababli ham yuzaga kelgan qiyinchiliklar bo’lganmi? To’siqlarni qanday engib o’tgansiz?

Men hech qachon to’siqlar to’g’risida o’ylamaganman. Har bir kasbning o’ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Agar insonning aniq maqsadi bo’lsa, u yuzaga kelgan qiyinchiliklardan nolimaydi va ularni engib o’tishga harakat qiladi. Menimcha, qiyinchiliklarni ikki turga bo’lib tushuntirish osonroq bo’ladi. Birinchi xil qiyinchiliklar – inson o’zi yuzaga keltirgan yoki uning tasavvurida mavjud bo’lgan qiyinchiliklar. Bunga yalqovlik, o’ziga bo’lgan ishonchi yoki bilimi sustligi, o’ta darajada uyatchanlik kabilar kiradi va bu ko’pincha yoshlikda, hali inson tajribaga ega bo’lmagan davrga xos bo’lgan holatdir.  Ikkinchi tur qiyinchiliklar – tashqaridan yuzaga keltirilgan to’siqlardir. Bunga atrofdagilarning xasadi, xush ko’rmasligi va qabul qilmasligi kabilar misol bo’la oladi. Bu borada o’zimi omadli deb hisoblayman, chunki ijobiy tabiatga ega bo’lganim sabab ikkinchi tur qiyinchiliklar meni chetlab o’tgan.

Ayollarning aynan ayol bo’lganlari sabab yuzaga keladigan qiyinchiliklarga kelsak, ular ayollar mehnat faoliyatiga albatta katta ta’sir ko’rsatadi. Ayni vaqtda ham oiladagi vazifalarni a’lo darajada bajarish, ham ilmiy tadqiqotlar olib borish juda ham qiyin masala. Shunga qaramasdan, bir narsani ishonch bilan aytishim mumkinki, o’ziga ishongan, qat’iyatli va tirishqoq ayol bularning har ikkisini a’lo darajada uddalay oladi. Albatta, oilaning ham tushunishi va yordami katta ahamiyatga ega.

Ilm-fan dunyosiga qadam qo’yayotgan yosh qizlar va ayollarga ushbu sohada katta tajriba va yutuqlarga ega bo’lgan inson sifatida nimalarni aytgan bo’lar edingiz?

Mening fikrimcha, qizlar o’z orzulari va kelajak hayotlari to’g’risida juda aniq tasavvurga va har tomonlama puxta o’ylangan qarorga ega bo’lishlari kerak. Hattoki fanda ham ular tanlashlari mumkin bo’lgan sohalar juda ko’p: bu pedagogik faoliyat bo’lishi mumkin, tadqiqotlar faoliyati, ya’ni fundamental va amaliy fan bo’lishi mumkin. Ushbu sohalarning har biri o’zining ijobiy jihatlariga ega bo’lgani kabi, mashaqqatlariga ham ega. Maqsad aniq qo’yiladigan bo’lsa, unga erishish ham osonroq bo’ladi deb o’ylayman. Siz o’zingizga ishonsangiz, qilayotgan ishingizning jamiyatga foyda keltirishiga ishonsangiz, mana shunda ko’p ishlarni bajara olasiz va katta hissa qo’shishingiz mumkin bo’ladi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 562


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar