Bolalar va yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi bo’yicha UNICEF bayonoti

Chop etish versiyasi
15 Fevral 2017

TOSHKENT, 15 fevral 2017 yil - UNICEF O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuvida bolalar va yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratganini yuksak baholaydi.

Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaga a’zo davlat sifatida, O’zbekiston reabilitasiya va reintegrasiya jarayonlari voyaga etmagan bolalarning manfaatlarini albatta e’tiborga olgan holda adliya tizimida tegishli islohotlarni olib boradi. Bola huquqlari bo’yicha Qo’mita jinoyatchilikning ijtimoiy ildizlarini izlash zarurligini ta’kidlaydi. U davlat va jamoatchilikning turli darajalarida jinoyatchilikning oldini olsh bo’yicha har tomonlama jihatlarni o’z ichiga olgan dasturlarni taklif etadi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Prezident tegishli davlat idoralarini yoshlar sodir etgan jinoyatlarni tahlil qilishga, ularning sabablarini aniqlashga va jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga da’vat etdi.  

Boalalr turli sabalarga ko’ra jinoyat sodir etishlari yoki huquqbuzarlikka qo’l urishlari mumkin. Xalqaro tadqiqitlarning natijalari ko’rsatishicha, bunday bolalar zo’ravonlik, haqorat, mensimaslik va ekpluatasiya singari holatlar mavjud bo’lgan muammoli oila muhitidan bo’ladilar. Shu bois himoyaga muhtoj bolalarning muammolalrini hal etish juda muhimdir.

Global amaliyot shuni tasdiqlaydiki, jinoyatchilikning oldini olish dasturlari huquq-tartibot idoralari tomonidan emas, balki ijtimoiy himoya organlari tomonidan olib borilganida samaraliroq bo’ladi. UNICEF tegishli vazirliklar va idoralarga bolalar uchun adliya tizimini mukammallashtirishda xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ravishda texnik yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini bayon etadi.

«Muvaffaqiayatli ravishda voyaga etmaganlar orasidagi jinoyatchilikning oldini olish erta bolalikdan boshlab o’smirlarning har tomonlama barkamol bo’lishlarini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar butun jamiyat va davlat tizimi tomonidan qilinishini taqozo etadi,»- dedi Sascha Graumann, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Yoshlar jamiyat hayotida faol rol o’ynash uchun imkoniyatlarga ega bo’lishlari lozim, hamda ularga jamiyat rivojiga hissa qo’shadigan shaxslar sifatida qarash kerak,»-deb qo’shimcha qildi u. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 20


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar