Maktab o’quvchilari hayot xavfsizligi bo’yicha zaruriy bilimlarni o’zlashtirmoqdalar

Chop etish versiyasi
20 Fevral 2017
6 6 Fotosuratlar

O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahridagi yorug’ va shinam sinf xonasida o’quvchilar yer qobig’i haqida dars o’tayotgan geografiya o’qituvchisini diqqat bilan tinglab o’tirishadi. O’qituvchi tomonidan birdaniga berilgan ishora xonani jonlantirib yuboradi, bolalar guruhlarga bo’linib, nimalarnidir jo’shib muhokama qilishni va qog’ozchalarga shosha-pisha yozishni boshlashadi. Bir muncha vaqt o’tib, ular katta doska oldiga kelib, qo’llaridagi qog’ozchalarni unga yopishtirishni boshlaydilar. Natijada qandaydir soniyalar ichida doska,rangbarang qog’ozchalar bilan butunlay qoplanadi.    

«Bu darsning maxsus qismi bo’lib, unda biz inson hayoti va faoliyati xavfsizligi asoslari to’g’risida ma’lumot beramiz. Bu o’tilayotgan asosiy darsning qismi hisoblanadi,”- deb tushuntiradi 69-maktab o’qituvchisi Malika Matnazarova. “Bugungi darsimiz yer qobig’i to’g’risida bo’lib, umumiy mavzu bilan birga yer silkinshlari sodir bo’lgunicha va sodir bo’lishi davomida qilinishi kerak bo’lgan tegishli xatti-harakatlar haqida ham so’z boradi.»

«Biz bino ichida ekanimizda yer silkinishi sodir bo’lsa, zinapoyalardan foydalanishimiz kerak emas, balki burchaklarda yoki eshiklar kesakisi ostida turishimiz kerak,»- deydi 13 yoshli Marjona, bugungi darsda o’rgangan narsalari haqida hayajonlanib gapirar ekan.

Hayot xavfsizligi asoslarinini o’rgatishni maktablarda joriy etish

69-maktabda o’qiydigan Marjona va uning sinfdoshlari tabiiy ofatga tayyor bo’lish va xavfsiz harakatlanish to’g’risida «Hayot xavfsizligi asoslari» deb nomlangan kursni olib borishni joriy etish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur doirasida tayyorlangan materiallardan o’rganib kelishmoqda. Bolalar favqulotda vaziyatlarda o’zlarini qanday tutishlari haqida juda ham muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishlari maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi va UNICEF o’zaro hamkorlikda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va xavfsiz harakatlanish bo’yicha ma’lumotlarni maktab dasturlariga kiritmoqda.

«Hayot xavfsizligi asoslari» kursi har bir bosqich sinflari uchun turli fanlar bo’yicha maxsus mavzularni belgilab beradi va u mavzularga tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga hamda xavfsiz harakatlanishga oid ma’lumotlar jam qilinadi. Usbu mavzular ta’lim masalalari va favqulotda vaziyatlarga tayyor bo’lish yo’nalishidagi soha mutaxassislaridan tarkib topgan, idoralararo ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan materiallar majmuasiga umumlashtiriladi.

Mazkur materiallar Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi ikkita maktabda ham sinovdan o’tmoqda.

Texnogen va tabiiy ofatlar yuzaga kelgan vaqtda eng ko’p xatar ostida qoladiganlar aynan bolalar hisoblanadi. Shu munosabat bilan, mazkur materiallarning sinov-tajribasi muvaffaqiyatli o’tsa, ushbu umumlashtirilgan kursni asta-sekinlik bilan mamlakat miqiyosida tatbiq etish rejalashtirilmoqda, zero bolalar orasida xavsiz harakatlanish tajribasini targ’ib etish inson hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

Yangi va juda muhim bo’lgan bilimlarni o’zlashtirish

O’zbekiston zilzilalar bo’lib turadigan hudud hisoblanadi. Shuning uchun ham yer silkinishlariga tayyor turish dolzarb vazifa sanaladi.

Toshkentdagi 69-maktab o’quvchisi 13 yoshli Suhayil zilzila to’lqinlari soladigan xavf to’grisida ma’lumotga ega. «Hozirgacha silkinishlar u qadar sezilarli bo’lgani yo’q, shuning uchundir, men ularni ucha sezmayman ham,”- deydi u, chehrasida tabassum bilan. «Biroq, ishonchim komilki, agar jiddiy silkinishlar sodir bo’lib qolsa, nima qilishni bilaman. Shuningdek, oila a’zolarimga ham yo’l-yo’riq kor’sata olaman.»

Suhayilning aytishicha, dars davomida u va uning sinfdoshlari tabiiy ofatlarning yer ko’chishi, qor bo’roni va suv toshqinlari kabi boshqa turlari to’g’risida ham o’rganishgan.

Uyda xavfsizlikni ta’minlash

Bolalar uchun kundalik hayotda - uyda qolganlarida, maktabga ketayotganlarida, yoki ochiq yerda o’ynayotganlarida xavfsiz harakatlanish ko’nikmalariga ega bo’lish alohida ahamiyatlidir. Ko’pchilik bolalar xatarli holatlarga o’z uylarida, ayniqsa uyda bir o’zlari qolganlarida.  uchraydilar. Ko’pchilik xatarli holatlar elektr toki va gaz yordamida ishlaydigan uy buyumlaridan noto’g’ri foydalanishlari tufayli sodir bo’ladi.

Shuning uchun ham dastur shunday ishlab chiqilganki, u bolalarga o’z kundalik hayotlarida xavfsiz harakatlanish va xatarni kamaytirish malakalarini rivojlantirishlari uchun muhim bo’lgan oddiy yo’l-yoriqlarni ko’rsatib beradi. E’tiborni noxush vaziyatlarning oldini olishga qaratgan holda, ishlab chiqilgan materiallar elektr toki bilan ishlaydigan uy buyumlari, kimyoviy moddalar va avtomobillar tug’dirishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.

Shu bilan birga, o’quvchilar o’zlari yoqtirgan mashg’ulotlari davomida, masalan, suv havzasida suzish yoki kompyuter va qo’l telefonlaridan foydalanisg vaqtida, qanday qilib noxush vaziyatlradan uzoq bo’lish yo’llari haqida o’rganishmoqda.

Bolalar kursni o’zlashtirmoqdalar

Maktab o’qituvchilari hayot xavfsizligi bo’yicha materiallar va ma’lumotlarning o’quvchilar orasida ommabopligidan shodlanib, hayratda ekanliklarini e’tirof etmoqdalar. Ularning aytishicha, o’quvchilar sinov-tajriba uchun ishlab chiqilgan va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va xavfsiz harakatlanish bo’yicha ma’lumotlarning asosiy manbasi bo’lishga ulgurgan maxsus kitiblardan maroq bilan foydalanmoqdalar.

Suhayilning aytishicha, uning boshqa sinflarda o’qiydigan maktabdoshlari, ularning sinfida bu sinov-tajriba o’tkazilmayotgani hamda tegishli materiallar bo’lmagani sababli, mazkur kitoblarni undan vaqtinchalik foydalanishga olib turishadi. «Men va mening sinfdoshlarim bu mavzularni kelajakda alohida dars sifatida kiritishsa, juda hursand bo’lar уdik,»- deydi u.  

O’qituvchilar ushbu qo’llanmalar muvaffaqiyatining boisi ulardagi ma’lumotlar sodda tilda ifoda etilganidan, shuningdek ularda madaniy qadriyatlarga munosib va o’qitilayotgan fanga aloqador surat va tasvirlarning mavjudligidan deb ishonadilar.

«Ular kundalik hayotiy vaziyatlar haqidagi ajoyib kitoblardir. Biz bu narsalarni doimo bolalarimizga tushuntirib berishni istar edik. Avval buning uchun bizda imkoniyat va yetarli ma’lumotlar bo’lmagan,»- deydi o’qituvchi Xurshida Usmonova. “Bu men o’z farzandlarimga ham uyda tushuntirib berishni hohlaydigan narsadir,»- deydi u.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 927


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar