Favqulotda vaziyatlarda axborot: bolalar birinchi navbatda

Chop etish versiyasi
17 Fevral 2017
3 3 Fotosuratlar

Dunyo hamjamiyati bolalar va ayollarni sezilarli xatarga qo’yadigan, borgan sari murakkablashib borayotgan gumanitar inqirozga yuz tutmoqda. O’rtacha olganda, UNICEF har yili ikki yuzdan ziyod tabiiy ofat va texnogen xarakterga ega bo’lgan favqulotda vaziyatlarda, ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari haqida ma’lumot berish hamda bolalarni himoya qilish bo’yicha dunyodagi yetakchi tashkilot sifatida, faoliyat ko’rsatadi. 

UNICEF turli mamlakatlarning hukumatlari bilan, shu jumladan O’zbekiston hukumati bilan ham, milliy salohiyatni mustahkamlash, insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish hamda favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish bo'yicha hamkorlik olib boradi. Alohida e’tibor ofatlarga tayyor bo’lish, shuningdek talofat chekkan aholi bilan aloqani amalga oshirish masalalariga qaratiladi. Ma’lumotlarning zamonga mos va aniq bo’lishi barchani, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslar, bolalar va ayollarning omon qolishini va farovonligini ta’minlashda muhim vazifa hisoblanadi.  

2017 yil 16-17 fevral kunlari UNICEF O’zbekistonda Favqulotda vaziyatlarda aholi uchun axborot va muloqot mavzusida seminar o’tkazdi. Mazkur tadbir doirasida davlat idoralari vakillari, fuqaro jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari favqulotda vaziyatlar bo’yicha soha mutaxassislari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.  

“Seminardan ko’zlangan maqsad, ofatlar yuzaga kelganida talofat chekkan aholi qanday xatti-harakatlar qilishi to’g’risida ogoh bo’lishi uchun dolzarb hisoblangan, aniq tadbirlarga yo’naltirilgan ma’lumotlarni o’zida mujassam etadigan xabarlarni tayyorlash va kelishib olishdan iboratdir,” - deb fikr bildiradi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o’rinbosari Yuliya Oleynik. “Ko’pincha tahmin qlinishicha, gumanitar vaziyatlardan talofat chekkan aholi shok holatida bo’lgani sababli biron tashabbusni o’z qo’liga ola bilmaydi. Aslida esa, ko’pchilik insonlar, shu jumladan bolalar ham, favqulotda vaziyatlarda o’zgalarga va o’zlariga yordam ko’rsatish ishlariga qatnashish orqali, odatiy hayot tarziga qaytishlari tezroq kichadi,” – dedi u.

“Biz uchun bu katta tajriba bo’ldi.” - deb ta’kidlaydi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati bosh mutaxassisi Eldor Madatov. “Ushbu seminar bizga o’z ishimizga talofat chekkan aholi nuqtai-nazaridan nigoh solishimiz uchun imkoniyat berdi hamda axborot va muloqot har qanday holatlarda ham auditoriya ehtiyojlariga qaratilgan bo’lishi lozimligini eslatib o’tdi”.

“Mazkur maslahatlashuv jarayonining qismi bo’lish va uning ishtirokchilari fikrlarini tinglash biz uchun juda muhim bo’ldi,” - deb ta’kidlaydi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Huquqiy masalalar bo’yicha mutaxassisi Sherzod Sharipov. U yana aytadiki: “Favqulotda vaziyatlar sodir bo’lgan taqdirda, nogironligi bo’lgan bolalar va ularning oilalari bilan qanday so’zlashish lozimligini tushunish muhim hisoblanadi. Biz shuni kafolatlashimiz zarurki, javob choralari ularning ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirish uchun jam etilishi kerak.”

“UNICEF va Qizil yarim oy jamiyati o’rtasida umumjahon darajasida bo’lgan bitim mavjud,” - deydi O’zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining Tibbiy-ijtimoiy bo’limi rahbari Sanjar Umarov.: “Aholini favqulotda vaziyatlarga tayyor bo’lishi darajasini kuchaytirish maqsadida, biz davlat miqiyosida UNICEF hamda “Mahalla” jamg’armasi bilan hamkorligimizni izchillik bilan faollashtirishga umid qilamiz.”

Navbatdagi qadam sifatida, faqulotda vaziyatlar sodir bo’lganida tegishli kanallar orqali tarqatiliishi uchun axborotlar tayyorlanadi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 219


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar