Tahqirlanishga qarshi kurashish uchun birlashaylik

Chop etish versiyasi
01 Mart 2017
1 1 Fotosuratlar

Butun dunyo 1-mart kunini Tahqirlanish Yo’q Kuni deb nishonlaydi va bu tahqirlash muammosini, u qanday qilib va qayerda sodir bo’lmasin, hal qilish uchun imkoniyatlarni ishga soladigan paytdir. Bu tahqirlanishga qarshi kurashish hamda barchani munosib tarzda to’liq va samarali hayot kechirishga bo’lgan huquqlarini tarannum etish uchun birlashadigan qulay fursatdir. Hech kimsa uning genderi, genderga o’xshashligi, irqi, yoshi, imkoniyati cheklanganligi, etnik kelib chiqishi, dini yoki tili, salomatlik holati yoki boshqa biron sabablargd  ko’ra tahqirlanishi mumkin emas.

“O’ylashimcha eng muhim narsa bu to’g’ri ma’lumotga ega bo’lishdir. Ko’p holatlarda so’z OITS haqida ketganda, ko’pchilik hali-hanuz OIVning o’tishi, bu kishiga tegib ketsa ham yoki bir ruchkadan foydalanilsa ham sodir bo’ladi, deb o’ylaydi. Bu kabi holatlarda men doimo muhokamalarga qo’shilib, u yerdagi odamlarga to’g’ri dalillarni yetkazishga harakat qilaman, chunki odatda aynan notog’ri ma’lumotlar odamlarni bir birlaridan ajratib yuborishga sabab bo’ladi,”- deydi OIV bilan yashab kelayotgan Zarina (16 yosh, asl ismi o’zgacha).

Tahqirlanish barcha yerda sodir bo’lishi mumkin: sog’liqni saqlash muassasasida, ish joyida, maktabda, uyda yoki jamoatchilik orasida. Tahqirlanish natijasida nafaqat bir odam yoki bir necha kishi ozor chekadi, undan barchaga ziyon yetadi.

Kishilarni irqlari sababli tahqirlash ularning shaxsiyatlariga ozor beradi va ijtimoiiy jipslikka putur yetkazadi. Qiz va ayollarning ta’lim olishga bo’lgan imkoniyatlarini chegaralash ularning shaxsiyatlariga ozor beribgina qolmay, balki jamiyatlarning yanada kuchli bo’lgan kadrlar salohiyatidan foydalana olmasliklariga olib keladi. OIV bilan yashab kelayotgan odamlarni stigmatizatsiya qilish, ularning tekshiruvlardan o’tishga va hayot uchun muhim bo’lgan tibbiy muolajalarni olishga umidsizlantiradi, natijada esa OITS epidemiyasini tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga to’sqinlik qiladi.

“Men OIV bilan yashab kelayotganimga 10 yil bo’ldi,”-, deydi Maksuda (15 yosh, asl ismi o’zgacha). “Men bu haqda biron kimsaga aytishdan qo’rqaman, chunki agar odamlar bilib qolishsa, ularning menga bo’lgan munosabatlarining o’zgarishi ehtimoli katta. Men faollardanman va ‘Tahqirlanish Yo’q’ mavzusiidagi tadbir doirasida o’z maktabimda taqdimot o’tkazdim. Men o’z sinfdoshlarimga va o’qituvchilarimga OIV kishilarga tasodif tufayli o’tishi mumkin bo’lgan holatlar to’g’risida hamda qanday qilib kishilar bu bilan ko’p yillar davomida yashab kelishlari haqida aytib berdim. O’sha darsning yakunida hatto o’qituvchilarim ham men ularga aytib bergan narsalarim to’g’risida avvallari ko’p ham ma’lumotga ega bo’lmaganlarini e’tirof etdilar. Shuning uchun, o’ylashimcha, bilimning yetishmasligi bu tahqirlanish vujudga kelishiga sabab bo’ladigan katta bir omil hisoblanadi. Biz qilishimiz mumkin bo’lgan eng oz narsaogohlikni oshirish va ma’lumotlarni tarqatishdir”.

Tahqirlanishni bartaraf etish va mavjud holatni qabul qilishlikni rag’batlantirish uchun barchamiz choralar ko’rishimiz mumkin: biron narsa noto’gri bo’lsa, yoki biron kishiga nisbatan adolatsiz munosabat ko’rsatilayotgan bo’lsa o’rnimizdan turib, bu haqda aytishimiz, ogohlikni oshirishimiz, tahqirlangan kishilarni qo’llab-quvvatlashimiz, turfa xillilikni va uning foydalari haqidagi ma’lumotlarni ilgari surishimiz zarur.

Tahqirlanish Yo’q Kuni tahqirlanishning har-qanday ko’rinishlariga barham berish uchun o’z hissamizni qo’shish imkoniyatidir. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 22


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar