Ijtimoiy jihatdan yetarli ta’minlanmagan aholini yaxshiroq himoya qilish kafolati sifatida malakali ijtimoiy soha xodimlarini rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish

Chop etish versiyasi
03 Mart 2017
4 4 Fotosuratlar

O’zbekistonning Rivojlanish uchun chora-tadbirlar strategiyasi va oxirgi paytlarda olib borilayotgan  boshqa islohotlarda qayd etilgan, ijtimoiy jihatdan yetarli ta’minlanmagan aholini muhofaza qilishga diqqat-e’tiborning jam etilishi munosabati bilan, mamlakat uchun maqsadli ijtimoiy xizmatlarni ko’rsata oladigan ko’proq ijtimoiy soha xodimlari kerak bo’ladi. Yaqinda qabul qilingan “Ijtimoiy xizmatlar to’g’risida”gi Qonun ham ijtimoiy soha xodimlariga bo’lgan talabni oshishiga o’z xissasini qo’shadi.

UNICEFning O’zbekistondagi vakili Sascha Graumann O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurib, Universitet rektori professor Avaz Marahimov bilan uchrashdi. Mamlakatda olib borilayotgan isloholtlar munosabati bilan, ular O’zbekistonda ijtimoiy soha mutaxassisligini rivojlantirish imkoniyatlari to’g’risida suhbatlashishdi.

“Bolani himoya qilish yo’nalishida faoliyat yuritadidgan mutaxassislar sifatli xizmaltlar ko’rsata olishlari va umumjahon me’yorlariga mos kela oladigan bo’lishlari kerak. Shu maqsad bilan ijtimoiy sohani yosh avlod orasida kasb sifatida targ’ib etish ma’nosida biz uchun bajarishimiz zarur bo’lgan ulkan vazifalar mavjud. Ularga mazkur kasbning amaliy jihatdan malakaviy talablariga javob berishlariga sharoit yaratib beradigan, keng qamrovli o’quv dasturlari kerak bo’ladi,” ddi Sascha Graumann.

Professor Avaz Marahimov va Sasha Graumann shu jumladan O’zbekiston Milliy universiteti qoshida maxsus ijtimoiy soha vazifalari kafedrasini joriy qilish muhimligi to’g’risida ham kelishib oldilar. Bu mamlakatda ijtimoiy soha yo’nalishi bo’yicha beriladigan ta’limni takomillashtirishga yordam beradi.

UNICEF ijtimoiy soha yo’nalishida faoliyat yuritadigan nufuzli xalqaro universitetlar bilan aloqa o’rnatilishida ko’mak berishga shay ekanligini e’tirof etdi. Xalqaro universitetlar bilan aloqa o’rnatilishi Milliy universitet uchun ijtimoiy soha yo’nalishidagi ta’limning, mazkur sohaning xalqaro darajada rivojlanib borishiga hamohang tarzda, berib borilishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, UNICEF O’zbekiston Milliy universitetiga ijtimoiy soha yo’nalishidagi ta’lim me’yorlarini ishlab chiqish, o’quv dasturlari va dars jadvallarini tayyorlash hamda ijtimoiy soha yo’nalishidagi muallimlarning zamonaviy uslub va texnologiyalarni qo’llay bilishlari bo’yicha salohiyatlarini o’stirish uchun, o’z texnik ko’magini taklif etdi.

Universitet rektori hozirda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy soha xodimlari uchun ish faoliyatini davom ettirgan holda o’quv-tayyorlov kurslarining o’tkazilishi imkoniyatini muhokama qilishni taklif etdi. Bu va boshqa tashabbuslar tafsilotlari bilan kelasi uchrashuvlar davomida muhokama etiladigan bo’ldi.

“UNICEF va biz hamfikr ekanligimizdan va ko’pchilik masalalar to’g’risida kelishib olganimizdan mamnunmiz. Shu sababdan ham hamkorligimizning kelasi bosqichlarini amalga oshirishni va uning natijalar berishini intiqlik bilan kutib qolamiz”, dedi uchrashuvni yakunlar ekan, professor Avaz Marahimov.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 20


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar