Ona nigohida: farzandingiz OIV bilan yashayotganda

Chop etish versiyasi
06 Mart 2017
1 1 Fotosuratlar

Shohista 18 yoshli Zohidning onasi (ismlar o’zgartirilgan). Zohid bolaligida baxtsiz hodisaga uchrashi oqibatida mana 11 yildirki OIV bilan yashab kelmoqda. Farzandining tashxisidan xabar topgach, Shohista farzandi o’zining endilikdagi hayotiga ko’nikishi uchun buni unga tushuntirishni keyinga qoldirmaslikka qaror qildi. U o’glini yoshlarning o’zaro yordam guruhiga olib keldi. Bu erda shunday tashxisga ega bo’lgan bolalar o’zaro muloqot qiladilar va boshqa o’smirlarg bu holatni qabul qilishlda ko’maklashadilar. Shohistaning bu ishi ijobiy natijalarga olib keldi – Zohid yaxshi o’qish bilan birga, endilikda OIV holatidan xabar topgan bolalar bilan  o’z tajribasini o’rtoqlashish orqali ularga yordam berishga harakat qilmoqda.

Sizning firkringizcha, disrkiminatsiyaning sababi nimada? O’zingiz hech bunday holatlarga guvoh bo’lganmisiz?

Mening fikrimcha, diskriminatsiyaga axborot yetkazishda qo’llanilgan uslub sabab bo’ladi. OIV tashxisi xususida so’z ketganida aksariyat odamlarning ko’z o’ngida behayolik va giyohvand moddalarga ruju’ qo’yish bilan bog’liq bo’lgan holatlar keladi va buning natijasida, jamiyatda aynan shunday tushunchalar o’rnashib qolganligi tufayli, ular bunday holatdagi insonlarga yorliqlarni qadashga tayyorlar. Ushbu tashxis bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlardan xabardor bo’lish imkoniyatlari kengaytirilishi va etkazilayotgan ma’lumotlardagi urg’ular to’g’ri qoyilishi lozim. Shunda odamlar o’z tashxisini oshkor qilgan insonlarga nisbatan boshqacha ko’z bilan qaramagan bo’larmidi. Chunki OIV insonlarga, jumladan bolalarga qandaydir xatolar tufayli yuqib qo’lgan holatlar ham bor. Bizning holatimiz bunga yorqin misol bo’la oladi. Shunga qaramasdan bunday insonlar butun hayotlari davomida o’z tashxislarini yashirib yashashlariga to’g’ri keladi. Bu esa juda og’ir yuk va insonga bu juda ham og’rlik qiladi. Bunday bo’lishi adolatdan emas, albatta. Notanish insonlar holatimizni to’gri tushunishlari va yordam berishlaridan qanchalik quvongan bo’lsak, ba’zi yaqinlarimizdan ko’rsatilgan salbiy munosabatdan shunchalik hayratlandik. Bu masalaning tavsilotlariga to’xtamoqchi emasman, lekin shuni aytmoqchimanki, bunday tashxisga ega bo’lganlarni ba’zi insonlar tushunolmasligiga sabab – ular bu borada to’liq yoki ishonchli ma’lumotlarga ega emasliklaridadir. Shuning uchun insonlarga ushbu kasallikni tushuntirishda boshqacharoq, bu qadar qoralamaydigan yondoshuv qo’llanilsa, balki maqsadga muvofiq bo’lar.

Sizning fikringizcha, ota-onalar farzandlarida diskriminatsiyaga asoslangan xulq-atvor paydo bo’lishining oldini olishlari uchun ularni qanday tarbiyalashlari kerak?

Menda buning tayyor formulasi yoki andozasi yoq. Men oddiy onaman. Lekin, mening fikrimcha, bolalar turli-tumanlik mavjud bo’lgan muhitda ulg’aysalar va yaxshi ta’lim olsalar, kelajakda boshqalarga kamroq qoralovchi nazar bilan qaraydigan bo’ladilar. Shuningdek,  ota-onalar ham doimiy ravishda o’z dunyoqarashlarini kengaytirish ustida ish olib borishlari va boshqa insonlarni ular qanday bo’lsalar, shundayliklaricha qabul qilishlari va ularga ko’maklashish borasida yaxshi namuna ko’rsatishlari o’ta muhim ahamiyatga ega deb o’ylayman. Bunday ota-onalarning farzandlari ulg’ayganlarida boshqalarni diskriminatsiya qilish ehtimoli kam bo’ladi.

Farzandi OIV tashxis bilan yashayotgan boshqa ota-onalarga nimalarni aytgan bo’lardingiz?

Men ota-onalarga ko’maklashish guruhi a’zosiman va bu menga katta yordam bermoqda. Boshqa ota-onalar ko’pincha meni ijobiy firklashim va farzandim bilan o’rtamizda ishonchli muloqotni yo’lga qo’yolganim uchun maqtaydilar. Ota-onalarga hech qachon tushkunlikka tushmaslikni maslahat bergan bo’lardim, chunki tushkunlikka tushish hech kimga yordam bermaydi. Shuni doimo yodingizda tutinki, bu muammo faqat sizning boshingizga tushgan emas. Bizning holatimizda buni anglashimiz katta ahamiyatga ega.

Siz bunday holatni boshidan kechirayotgan boshqa insonni uchratganingizda o’z hamsuhbatingizni topgan bolasiz, u bilan dardlasha olasiz va bunda ancha engil tortasiz. Eng avvalo, o’z farzandinlaringizga yaqinroq bo’ling. Ularni ayblamang. Tashxislarini ulardan yashirmang. Ular bundan qancha erta xabar topsalar, buni anglashlari va qabul qilishlari shunchalik oson bo’ladi. Ushbu mavzuni chetlab o’tishga harakat qilmaslik kerak. Farzandingiz bilan siz bir-biringiz uchun eng yaqin va eng ishonchli do’stga aylanishingiz lozim, toki farzandingiz istalgan narsani sizga ayta oladigan, maslahatlasha oladigan bo’lsin. Ular bizning farzandlarimiz. Ular yurishni, gapirishni, o’qishni o’rganayotganlarida bizning yordamimizga muhtojlar. Shu singari ular o’z tashxislari bilan yashashga ham o’rganmoqdalar. Boshimizdan kechirgan qiyinchiliklarmizga qaramasdan, zaruriy muolajalarni muntazam ravishda olganligi sabab o’g’lim bugungi kunda to’laqonli hayot kechira olayotganligidan xursandman. U ta’lim olishi, do’stlashishi, kelajak hayoti bilan bog’liq rejalar ham tuzish imkoniga ega. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 391


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar