Ayollar egallay olmaydigan kasbning o‘zi yo‘q. Texnologiyalar sohasining kelajagi ayollar qo‘lida.

Chop etish versiyasi
08 Mart 2017
3 3 Fotosuratlar

Shodiyabegim Baxtiyorzoda – TechWomen 2015 dasturining O‘zbekistonlik stipendiati. U ayollar uchun u qadar an’anaviy bo‘lmagan kasbni tanlagan muvaffaqiyatli ayolning yorqin namunasidir. Shodiyabegim yosh qizlar oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarida qat’iy bo‘lishlari hamda o‘zlariga ishonishlari uchun ularga o‘rnak bo‘ladi. 

Siz nima uchun texnika sohasini tanladingiz? Sizni aynan shu mutaxassislikni tanlashingizga nima turtki bo‘ldi? 

Mening texnika sohasini tanlashim to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq kechmagan, to‘g‘rirog‘i u sinov va xatolar natijasida ro‘y bergan. 
Bakalavr darajasini moliya sohasi bo‘yicha olganman, lekin ko‘p o‘tmay, men bu mutaxassislik bo‘yicha ishlay olmasligimni tushunganman. 2003-2005 yillarda O‘zbekistonda Internet tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi, dastlabki internet-kafelar paydo bo‘ldi. 2002 yilda men o‘zimga elektron pochta ochdim, ma’lumotlarni topish va o‘qishni o‘rgandim va menga sahifalar, internet-chat, ma’lumotlar dunyosi, shuningdek mamlakatlar va masofalar osha aloqa o‘rnatish imkoniyatlari yoqa boshladi. Shu narsa menga kompyuter texnologiyalarida biznes yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olishimga turtki bo‘lib xizmat qildi. Internetga bo‘lgan qiziqishim orqali men dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishni boshladim. 
Meni alohida bir rag‘bat yoki istiqbolimni yorqin tasavvur qilib harakatlantirar edi deb aytmagan bo‘lardim. Meni harakatlantirgan narsa qiziquvchanligim va bilimga intiluvchanligim bo‘ldi. Faoliyatim davomidayoq texnika sohasining alohida yo‘nalishlariga qiziqish paydo bo‘ldi., Hozirda men mavjud ish tajribam bilan qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatni davom ettirish va nimani o‘rganishim kerakligini aniq bilaman. Texnika sohasini tanlashimning sababi uning doimiy ravishda taraqqiy etib borishidir. Bu juda ham qiziqarli.Bilim olishning chegaralari yo‘q. Bilim va tajribam ortib borar ekan, men hali qanchadan-qancha narsalarni bilmasligimni tushunaman. Bu paradoks bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo holat aynan shunday. 

Ilm sohasida hozirgi mavqeingizga erishish yo‘lida ayol kishi bo‘lganingiz sababli qiyinchiliklarga duch kelganmisiz?

Balki men bunday to‘siqlarga duch kelgan bo‘lsam g‘am buni shuday ekanini tushunmagandirman. Balki, erkak kishi bo‘lganimda, ko‘pgina qiyinchiliklar oson va tezgina hal bo‘larmidi. Men qiyinchiliklarni ayol bo‘lganim sababli yuzaga kelishini tan olmaganman. Men ularni tajribasizligimga, bilimim yetishmasligiga, yetarli iqtidorim yo‘qligiga, dangasalikka yo‘ygan bo‘lardim, ammo hech ham ayol bo‘lganimga emas. Men ayol kishi o‘z ishida duch keladigan barcha qiyinchiliklarni inkor etmoqchi emasman. Shu bilan birga ayol uchun ishda mavqe qozonish murakkabroq kechishini ham tushunaman. Texnika sohasida ayollar soni oz, texnika sohasining boshqaruv vazifalarida esa undan ham oz. Mening “TechWomen” dasturida ishtirokim davomida bu eng qizg‘in muhokama qilingan mavzu bo‘lgan edi. Turli mamlakatlardan kelgan 99 ta ayol texnika sohasidagi o‘z tajribalari bilano‘rtoqlashganlar. Bu masalaga butun dunyoda alohida e’tibor qaratiladi. O‘ylaymanki, qanday holat bo‘lmasin, ayollar oldida turgan qiyinchiliklar haqida ular emas, balki ish beruvchilar bosh qotirishlari zarur. Bu juda keskin ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirishdan, xatolari ustida ishlashdan, noodatiy yechimlar izlashdan va ojiz tomonlarga e’tibor berishdan va kuchli tomonlarini ishga solishdan chalg‘itadi. 

Ilm yo‘nalishiga qiziqqan yosh qizlarga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz? 

Asosiy maslahatShuni tushunish kerakki, cheklov va to‘siqlar faqat tasavvurdagina bo‘ladi. Haqiqiy hayot esa imkoniyat va tanlovlarga to‘la! Kasblar shu qadar turfa xildirki, ular bugungi kungacha an’anaviy ravishda ayollar kasbi sifatida e’tirof qilib kelinayotgan kadrlar bo‘limi, hisob-kitob, shifokor va o‘qituvchi xodimlarning kasbi doirasidan ancha uzoqlarga kengaygan. Istagan kasb egasi bo‘lish mumkin, xohlagan ish haqida orzu qilish mumkin, erkaklarning qo‘lidan kelgan ishni qizlar ham eplaydi. Lekin bu ayollar o‘zlarini erkaklar kabi tutishlari kerakligini anglatmaydi. Qadimdan ayollarga xos bo‘lgan bardosh, qat’iyat, kichik narsalarga ham e’tibor va samarali muloqot signari xususiyatlar texnik jabhalarda ham qo‘llanilishi mumkin va ularga ehtiyoj hamisha mavjud. 
Ko‘pgina tadqiqotlarko‘rsatishicha, har qanday sohada ishchilar sonining yarmini ayollar tashkil qiladigan jamoa eng samarali hisoblanadi. Buning ustiga, texnika sohasi kadrlar masalasidagi eng “och” sohalar qatoriga kiradi. Shuning uchun aql va qiziqish sohibalariga men elektr injiniring, qayta tiklanuvchan energiya manbalari, dasturlash va katta ma’lumotlar hajmi haqida bilim olishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Ishonchim komilki, bu ularning kasb tanlashlariga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan. 5-10 yildan keyin esa ular talab juda ham yuqori bo‘lgan mutaxassis bo‘lib yetishadilar. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 900


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar