Gulsara Rajabova: San’at – dardga shifo manbai

Chop etish versiyasi
13 Mart 2017
3 3 Fotosuratlar

Gulsara Rajabova o‘z hayotini san’atga bag‘ishladi. U o‘z amakisi mashhur haykaltarosh Qosim Miraxmedov misolida nogironlik san’atkorni ijoddan to‘xtata olmasligini ko’rib tushungan.  U bolaligida amakisining mehnat qilishini kuzatib bordi, keyinchalik esa o’zi ham iqtidorli haykaltarosh bo‘lib yetishdi. Gulsara opa O‘zbekiston Badiiy akademiyasining fahriy a’zosidir.   Ko‘plab odamlar Gulsara opani nafaqat oltin qo‘llari uchun, balki rahmdil qalb egasi sifatida hurmat qiladi. U oilada 9 farzand – tug’ishgan jigarlaridan tashqari yana asrab olingan bolalar bilan birga voyaga yetdi. Gulsara opa hozirgi kunda nogironligi bo’lgan bolalarga hunar o’rgatar ekan, o‘z bolaligini tenglik amalda qanday bo’lishini o‘rgangan vaqtim deb tavsiflaydi. 

Siz hozirda mashg‘ul bo‘lgan ishingizni qanday boshlagan edingiz? 

Bir vaqtlar meni nogironligi bo’lgan bolalar ishtirokida o‘tkazilgan “Jilodor ranglar dunyosi” deb nomlangan xalqaro san’at musobaqasining hakamlar hay’atiga taklif qilishgan edi. Men u bolalarning ishlaridan va rasm solishga sarf etayotgan kuch va harakatlaridan juda hayratlanganman. Men oyoqlari bilan, tishlari bilan rasm chizayotgan odamlarga hakam sifatida baho berishda mutloqo o‘zimni yo‘qotib qo‘yganman. Musobaqa ishtirokchilariga baho berar ekanman, his-tuyg‘ularimga ta’sir o‘tkazgan juda ham qiyin holatni boshimdan kechirganman. Bunday kuchli taassurotlar ostida ekanimda, amakimning gaplarini esga oldim. U vafot etishidan oldin menga “hayotda o‘z izingni qoldirishing kerak” deb aytgan edi.  Shu yosin menda nogironligi bo’lgan bolalar uchun san’at markazi ochish fikri paydo bo’ldi . Menda, albatta, qo‘rquv bor edi, chunki bu kabi narsalarni avval tashkil qilmaganman. Amakim: “agar yaxshilik qilaman desang, Xudo senga yordam beradi,”- degan edi va men haqiqatan ham mo‘jizaviy holatga guvoh bo‘ldim. Kutilmaganda muammolar o‘z yechimini topa boshladi. Menga “SANVIKT” san’at markazi direktorlik lavozimi taklif etildi, nomi o‘zbekcha “san’at” so‘zidan va “vikt” inglizcha “victory” ya’ni “g’alaba” so‘zidan olingan. Shundan beri biz “g‘alaba bu san’atdir” shiori ostida o‘z faoliyatimizni yuritib kelmoqdamiz. Biz bolalarga o‘zimizdagi barcha narsani - bilim, vaqt, iqtidorimizni baxshida qilamiz. Markazimizda ta’lim olgan bolalarning ko‘pchiligi  hayotda o‘z yo‘llarini topishgan. Biri universitetda dars bermoqda, boshqasi esa rassom

Yo‘lingizda qanday to‘siqlarni uchratgansiz? Ushbu to‘siqlarning ayrimlarining bo‘lsa ham yuzaga kelishi, siz ayol kishi bo‘lganingiz bilan bog‘liq bo‘lganmi? 

Biron narsaga erishish men uchun hech qachon oson bo‘lmagan, shu sabab, men doimo o‘z yo‘limni chakalkzor oralab bosib o‘tganman.  San’at sohasida ishlash nuqtai-nazaridan, men haykallar yasashni boshlaganimda, sinfdagi yagona qiz bo‘lganman. Bu hammaga g‘alati tuyular edi. Lekin munosib xulq-atvor va ijodim bilan barcha meni va mening fikrimni hurmat qilishiga   erishganman. 
Men san’at orqalidavolash markazini boshqarishimdako‘p to‘siqlarga duch kelganman, lekin bunga ayol bo‘lganim sabab deb aytmagan bo‘lar edim. Mablag‘topish masalasida tajribasizligim, san’at odami bo‘lib bunga  umuman moslasha ololmasligim, hissiyotlarga berilganligim, muloqot qilish malakasining yetishmasligi – mening yo‘limda turgan to‘g‘anoqlar bo‘lgan. 
Hozir shunga ishonchim komilki, o‘z maqsadingni aniqlab olganigdan so‘ng, hayot senga barcha narsani o‘rgatadi va boshqalarga yordam berishni niyat qilsang, Xudo senga madadkor bo‘ladi.

Boshqalarga qanday xabar-yo‘riq yuborgan bo‘lardingiz?

Nafaqat o’zim, balki butun san’at markazimiz nomidan aytmoqchi bolgan gapim bitta -    yaxshilik qilishga shoshiling. Odamlar mendan hali ham, nima uchun o‘z san’at asarlarim uchun ko‘proq vaqt sarflamasligim haqida so‘rashadi. Menda albatta juda ham ko‘p g‘oyalar va ishtiyoq mavjud, asarlarim mening mehnatim mevasi.  Shu kabi, biz san’atga o‘rgatayotgan bolalar yaratgan asarlar u mevadan ham  shirinroqdir. Bu bolalar mening shox asarlarimdir. Markazimizda ta’lim olgan rassom, haykaltarosh, kiyimlar dizayneri, naqqosh yoki boshqa kasb egalari bo‘lib yetishadilar.  Ularning ijodda va shaxsiy hayotda erishgan yutuqlari –menga shu qadar xursandchilik keltiradiki, bu hissiyotlatlarni xatto o‘z san’at asarlarim ustida ishlaganimda kechirmagan  bo‘lar edim. Nogironligi bo’lgan insonlarga, xuxussan bolalarga kuch va mablag‘ sarf qilish, ularni o‘zlariga ishongan, o‘z qobiliyatlarini namoyish eta oladigan, hayotda o‘z yo‘llarini topa oladigan hollarida ko‘rish kishiga olam-olam huzur bag‘ishlaydi. Men o‘z ishimni sevaman, bu mening hayotdagi izimdir. Kim bo‘lishingizdan qat’iy nazar, yaxshilik qilishga shoshiling. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 265


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar