O’zbekistondagi birinchi dirijyor ayolning hayot maktablari

Chop etish versiyasi
13 Mart 2017
1 1 Fotosuratlar

Dilbar Addurahmonovani birinchi bor ko'rganingizdayoq, u sizni hayratda qoldiradi. Bu kuchli ayol, xalq artisti, davlat mukofoti sohibasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat akademik katta teatri simfonik orkestri dirijyori va o’qituvchi sifatida an’anaviy erkaklar kasbi hisoblangan sohada yuqori professional darajaga erishib,  shu tarzda barcha stereotiplarni yo’qqa chiqardi. U o’z kasbiga sodiq bo’lib, 80 yoshga kirgan bo’lsada, teatrda eng katta xodim sifatida hali ham o’z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Siz qanday qilib o’z kasbingizni tanlagansiz?

Insonlar qanday qilib o’z kasblarini tanlashlari juda muhim masaladir. Bolalar ko’pincha o’z ota-onalariga taqlid qiladilar: ta'lim olishda, xulq-atvorlarida, keyinchalik esa o’z farzandlarini tarbiyalashda ham. Men opera qo’shiqchilari oilasida tarbiya ko’rganman. Mening otam yakkaxon qo'shiqchi sifatida Stalin mukofoti sohibi bo'lgan. Men tug’ilgan paytda otam onam Moskva konservatoriyasida ta’lim olishar edi. Mashhur Botir Zokirov mendan to’rt kun oldin tug'ilgan, va ota-onalarimizning ustozi Muhiddin Qoriyoqubov ismlarimizni tanlab berib, biz ikkimizni kelajakda jamiyat uchun foydali fuqarolar bo'lib yetishishimizni tilagan. Umid qilamanki, men uning istagini ro’yobga chiqara oldim.

Bola o'sayotgan atrof-muhit uning kelajagiga katta ta’sir o’tkazadi. Men ayollarni ayblab quyidagi so’zlarni aytgan erkakni eslayman: “Ayollar oliy ta'lim olib, keyin ishlamaydilar, natijada davlat ularga behuda ravishda pullarni sarflamoqda.” Bunday holatlarda men har doim shuni ta’kidlaymanki, yosh ayollar ta'limiga sarmoyalar qilish hech qachon behuda bo’lmaydi. Sababi- ayollar nima kasb tanlashlaridan qat’iy nazar, kelajak avlodni tarbiyalaydigan onalar bo’lib yetishadilar. Yaxshi tarbiya olgan yosh avlod doimo har qanday qilingan sarmoyalarning ulkan natijasi hisoblanadi.

Siz o'z yo'lingizda qanday to'siqlarni uchratgansiz? Ushbu to’siqlar sizning ayol bo’lganingiz bilan bog’liq bo’lganmi?

Mening davrimda davlatimizda bitta ham ayol dirijyor bo'lmagan. Har doim birinchilar qatorida bo’lib, biron faoliyat sohasida natijaga erishmoq murakkabdir. Vaqt o’tish sur’ati, ayollar emansipatsiyasi va ularni qo’llab-quvvatlashni nazarga olgan holda, bugungi kunda ayollarga har qanday kasb uchun yo’llar ochiq.  Aslini olganda, ayollar o'z vakolatlari, samaradorligi va malakalarini doimiy ravishda isbotlab kelmoqdalar. Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi teatrda ikki dirijyor ayol ishlaydi – men va mening Qoraqolpog’stonlik hamkasbim.

Yosh ayollarga qanday aytadigan tilaklaringiz bor?

Murakkab ko’nikmalarga ega bo’lishda insonga yaxshi ustoz kerak. Shuning uchun men yosh ayollarga murojaatim quyidagicha: Biron narsani o'rganishdan, izlanishdan va yordam so’rashdan aslo qo’rqmang, va shu tariqa o’zingizning qat'iyligingiz va professional mahoratingiz bilan tushunmovchilik va ishonchsizlik devorlarini yiqitishga intiling. Erkakmi yoki ayolmi, buning ahamiyati yo’q, chunki oxir-oqibatda odamlar ko’ngil ichidagini, ya’ni insonning qadr-qiymatini anglab tushunishadi. Masalan, men ham erkaklar kasbi hisoblangan dirijyorlikda faoliyat qilishga intildim. Bu meni yo’limdan to’xtatmadi va bugun, man professorman, hamda qizlarga uztozlik qilmoqdaman.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 1247


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar