Autizm to’g’risida nimalarni bilishimiz lozim

Chop etish versiyasi
02 Aprel 2017

Mana sakkiz yildirki 2 aprel kuni butun dunyo bo’ylab juda ko’p insonlar moviy rangli liboslar kiyadilar, mash’hur obidalarni moviy rangli yoritgichlar bilan yoritadilar hamda ijtimoiy tarmoqlar va bloglarda moviy rangdagi tasvirlarni o’rtoqlashadilar. Bularning barchasi #LightitUpBlue (Moviy rangda yoritaylik) kampaniyasi orqali omma e’tiborini autizm muammosiga jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi.  

DSC_0115 (2).jpg

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi bir ovozdan 2 aprel sanasini Jahon autizmdan xabardorlik kuni deb belgiladi. Bunda ko’zlangan maqsad autizm bilan yashayotgan insonlar jamiyatning ajralmas qismi sifatida to’laqonli va serma’no hayot kechira olishlari uchun ularning hayotlari sifatini oshirishga yordam berish lozimligini ta’kidlashdir.

Autism butun umr davom etuvchi nevrologic holat bo’lib, uni, bola jinsidan qat’iy nazar, erta bolalik davrida aniqlash mumkin. Ammo, statistik ma’lumotlarga qaraganda, autizm tash’hisi qo’yilgan o’g’il bolalarning soni bunday tash’hisli qiz bolalar sonidan ko’ra to’rt barobar yuqori ekan.

Autizmning asosiy belgilari: g’ayrioddiy ijtimoiy o’zaro muloqot, bilim olishda noan’anaviy usullardan foydalanish, muayyan mavzularga qattiq qiziqish, oddiy muloqotdagi qiyinchiliklar hamda sezgi organlari orqali olinuvchi ma’lumotlarni talqin qilishning o’ziga xos usuli.

Dunyoning barcha mintaqalarida autizm ko’rsatkichlari o’sib bormoqda. Ayni vaqtda bunday insonlarni tushunishning zaifligi mazkur insonlarni, ularning oilalari va hamjamiyatlarning hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham autizm to’g’risida ba’zi ma’lumotlardan xabardor bo’lish va bunday holatdagi bolalar hamda ularning ota-onalari hayotiga engillik va quvonch olib kelishi mumkin bo’lgan tavsiyalarga rioya qilish o’ta muhimdir:

  • Insonlar autizmli bolalar yonida bo’lganlarida o’zlarini g’alati his qilmasliklari kerak. Ular bunday bolalarga bir oz o’zgacha munosabatda bo’lishlari mumkin, ammo umuman g’ayrioddiy bo’lmasligi lozim.

  • Autizm faqat bitta ko’rinishga ega emas. Uning juda turli belgilari bo’lishi mumkin.

  • Autizmli bolalar mehribon bo’ladilar. O’zlari ham mehrga tashnalar. Ular juda ajoyib va shuning uchun ham ularga mehr ko’rsatgan insonlarga katta zavq va quvonch baxsh etadilar.

  • Bunday bolalar aqlli bo’ladilar. Ular iqtidorli, ijodkor va chuqur fikrlovchi bo’ladilar. Bu doim ham ko’zga tashlanmasligi mumkin, chunki ularning ongi boshqacha tarzda ishlaydi.

  • Agar bola g’ayrioddiy tovushlar chiqarayotgan bo’lsa, unga e’tibor qarating. U bunday qilishiga sabab nimagadir qattiq qiziqib ketganligida bo’lishi mumkin.

  • Agar siz autizmli bolani  do’konda uchratsangiz, u narsalarga juda yaqin kelib, ularni hidlab ko’rayotgan, ko’ylagining bir chetini chaynayotgan yoki joyida aylanayotgan bo’lishi mumkin. U o’zini bunday tutishiga sabab uning sarosimaga tushib qolganligi va atrofidagi narsalarning o’z tanasiga ko’rsatayotgan ta’sirni anglashga harakat qilayotganidadir.

  • Ota-onalarni ayblamang. Muhit ularning farzandiga o’ta kuchli ta’sir qilayotganligini tushunishga harakat qiling.

  • Autizmli bolalar va ularning ota-onalari sizning farzandlaringizni qanday qabul qilishlarini istasangiz, ularni ham shunday qabul qiling.

  • Tor fikrlamaslikka, keng bag’rli bo’lish, tushunish va yordam berishga harakat qiling hamda farzandlaringizni o’zgacha insonlarni ham odatiy qabul qilishga o’rgating.  

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 819


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar