Denis Istomin: bola hayotda muvaffaqiyatli bo’lishining omillari

Chop etish versiyasi
06 Aprel 2017

Denis Istomin - O’zbekistodagi eng mash’hur sportchilardan biri. U bolaligidan sport bilan jiddiy shug’ullanganib keladi.  Alohida e’tiborga molik narsa shuki, o’sha vaqtdan boshlab va hozirgi kunga qadar Denisning shaxsiy murabbiysi o’z onasi – Klavdiya Istominadir. Tabiiyki, ona mehri va professional sport murabbiyligidan iborat bo’lmish ushbu to’plam o’z natijasini berdi. Bugungi kunda Denis o’z muvaffaqqiyatlari bilan katta e’tibor qozongan sportchidir. U bolaning rivojlanishi va muvaffaqiyatlarga erishishida ota-ona naqadar muhim o’rin tutishiga oid mavzuda o’z qarashlarini biz bilan o’rtoqlashdi. 

DSC_9027.jpg

Sizni katta tennisga nima olib keldi? Bolaligingizda dunyoga mash’hur tennischi bo’lishni orzu qilganmidingiz?

Onam - tennis bo’yicha murabbiy. Men kichkinaligimda ham u ushbu sohada ishlar edi. Bir vaqtning o’zida meni ham e’tiborsiz qoldirmaslik uchun o’zi bilan ishga olib ketardi. Shu tariqa menga men ham to’rt yoshimda tennis o’ynay boshladim va bunga kirishib ketdim. Albatta, o’sha kezlarda kelajakda hayotimni sport bilan bog’lash to’g’risida o’ylamaganman. Menga bor-yo’g’i o’yinlar o’ynash yoqardi. Bolalar sportni va umuman o’yinlarni yaxshi ko’radilar. Lekin tennis kortida juda ko’p vaqt o’tkazganimdan keyin, qandaydir natijalarga erisha boshlagach va bir-ikkita musobaqalarda g’alaba qozonganimdan so’ng bu sport turi bilan jiddiy shug’ullana boshladim. Balki hamma narsa iqtidorga bog’liqdir, erta bolallagimdayoq sport bilan shug’ullana boshlaganim kelajakda menga katta yordam berganligini inkor qilib bo’lmaydi. Bola sport bilan shug’ullanishni qanchalik erta boshlasa, muvaffaqqiyatlarga tezroq erishadi.

Ishonchim komilki, bolaga hayotining ilk yillaridan boshlab jiddiy e’tibor qaratish uning istalgan sohada ravnaq topishiga yo’l ochib beradi. Bola biron narsani o’rganishni qanchalik kech boshlasa, natijaga erishishi shunchalik qiyin bo’ladi.

Sizning sportdagi muvaffaqqiyatlarga erishishingizda onangizning roli qanday bo’lgan?

Barcha muvaffaqiyatlarga onam tufayli erishganman. U boshqa ishlari yoki rejalari bo’lishligiga qaramasdan doimo yonimda bo’lib, meni qo’llab-quvvatlab turdi. Tennis o’ynamagan vaqtlarimda ham u menga dalda berib, yonimda bo’ldi. Faqat onalar emas, otalar ham o’z farzandlarini doimo qollab-quvvatlashlari va ular tanlagan yo’nalishda maslahat berib turishlari lozim deb o’ylayman. 

DSC_9008.jpg

Sizga havas qilib, yo’lingizdan borishni istayotgan bolalarga nima degan bo’lar edingiz?

Yoshlarga nima deyishim mumkin? Albatta, professional sport bilan shug’ullanish o’ziga xos serxarajat mashg’ulot. Bunda sport federatsiyasi ham yordam beradi.  Biroq ota-onaning yordami juda katta ahamiyatga ega. Bu bolaga ko’zlagan maqsadidan chalg’imaslik va tirishqoq bo’lishda yordam beradi.

Hozirgi kunda sport bilan ham o’g’il bolalar, ham qizlar shug’ullanishi mumkin. Eng asosiysi – o’z kuchingizga ishonish. Tennis individual sport turidir, ya’ni maydonda faqat siz bo’lasiz.  Faqat o’zingiz qaror qabul qilishingiz va kim bo’lishni tanlashingiz mumkin. Raqibi kim bo’lishidan qat’iy nazar inson o’ziga ishonishi,  o’zining rivojlanishiga katta e’tibor qaratishi lozim. Kamolotning cheki yo’q. Har qanday ishda ham o’z ustingizda doimiy ravishda ishlang, o’z kuchingizga, iqtidoringizga ishoning. Shundagina oldingizga qo’ygan maqsadga erisha olasiz. 

DSC_9032.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 187


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar