Ko’pchilik sir saqlashni afzal ko’radigan mavzuda gaplashiladigan kun

Chop etish versiyasi
07 Aprel 2017

2017 yil 2 aprel kuni “Angelochek” (“Farishtacha”) klubining a’zolari, ya’ni autizmli bolalarning ota-onalari “Samarqand Darvoza” savdo-ko’ngilochar markazining yordamida kichik tadbir o’tkazdilar.

LRM_EXPORT_20170404_105406.jpg

Biz “o’zgacha bo’lsih” to’g’risida gapirar ekanmiz, buni ota-onalarda boshlashimiz kerak: ularning ba’zilari farzandlarining tash’hisini qabul qila olmaydilar, farzandlarining holatini jamiyatdan yashirishga harakat qiladilar. Ayni vaqtda, boshqa ota-onalar har bir fursatdan foydalangan holda autizm to’g’risida gapirishga hamda aholining ushbu boradagi xabardorligini oshirishga va shu yo’sinda farzandlarining hayotini yenglillashtirishga harakat qiladilar.

Shunday ota-onalardan biri Farhod Artikbaev mazkur klubning tashabbuskori hisoblanadi. U imkoniyati cheklanga bolalar va ularning ota-onalariga yordam berish borasida qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Aholining xabardorligini oshirish maqsadida Farhod autizmli bolalar fotosuratlarining ko’rgazmasini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Natijada fotoko’rgazma savdo markazining ikkinchi qavatidan joy oldi. Bundan ko’zlangan maqsad bunday bolalarning go’zalligini boshqalar ko’ra olishlariga imkon berishdir.

LRM_EXPORT_20170404_110130.jpg

Klub a’zolari farzandlari bilan bu erda to’plandilar. “Samarqand Davoza” ma’muriyati ulkan sovun sharlari tomoshasini, feys-art? Y’ani yuzga rasm chizish burchagini tashkil qilib berdi. Taklif qilingan animatorlar esa bolajonlarning sevilmi multfilmlari qahramonlari tusiga kirgan holda ularning zavqiga zavq qo’shdilar. Fotoko’rgazma oldidan joy olgan ulkan banner oldida tashrif buyurganlar ushbu ajoyib tadbirdan esdalik sifatida suratga tushishlari mumkin bo’ldi. Kelganlarning ba’zilari o’z hamjihatliklarining timsoli sifatida maxsus oq taxtada kaftlarining izlarini qoldirdilar.

LRM_EXPORT_20170404_110357.jpg

Ota-onalar va bolalardan ba’zilari bizga o’z hayotlari to’g’risida gapirib berdilar. Ulardan biri - Irina Karieva, mutaxassisligi bo’yicha defektolog-logoped, Valentin ismli 15 yoshli ko’rkam yigitchaning onasidir. U jamiyat xabardorligini oshirish ishlari olib borilayotganligidan juda ham mamnunligini ta’kidlar ekan, quyidagi fikrlarini biz bilan o’rtoqlashdi: “Men uchun farzandlarimizning kelajagi, jamiyatdagi hayoti, ijtimoiylashuvi muhimdir. Bunga qanday qilib erishish mumkin? Hamma bolalarimiz bir-birlaridan farqli, kimdir uyda, kimdir esa  maxsus maktablarda ta’lim oladi. Autizm bilan yashayotgan bolalarni o’qitishda yangi usul va uslublardan foydalangan holda ixtisoslashgan, professional va oliy toifali yondashish yetishmaydi. Maxsus tayyorgarlik ko’rgan o’qituvchi yoki volontyorlar ham yo’q. Bu bolalarimizning jismoniy tarbiyasiga ham taalluqli. Sport to’garaklarida ham bolalarimizga nisbatan professional individual yondashish yetishmasligi muammosi bilan to’qnashamiz. Bolalarimizning ko’pi iqtidorlidir, ayrimlarining esa noyob qobiliyatlari bor. Shuning uchun ularning imkoniyatlari iloji boricha yuzaga chiqishini istar edik”.

DSC_01451.jpg

Biz bu kabi hikoyalarni tinglar ekanmiz, bu bolalarning yuzlari va ko’zlaridagi ajoyib ifodalarni hisobga olmasa, ularni  “o’zgacha” qiladigan boshqa hech narsani ko’rmadik.

LRM_EXPORT_20170404_104528.jpg

Bolalarga mehr berish va ularni qabul qilish juda ham muhim ahamiyatga ega. Buni, eng avvalo, oilada amalga oshirish kerak. Oila autizmli farzandidan uyalmasligi va uni tarbiyalashdan, uning ravnaqiga sarmoya qilishdan va uni jamiyatga uyg’unlashuviga yordamlashishdan qo’rqmasligi kerak. Jamiyatning mehri va qabul qilishligi esa bunday bolalar uchun do’stona muhit va sharoitlarni yaratish, bu orqali ular o’z salohiyatlarini eng yuqori darajada rivojlantirishlariga ko’maklashish va boshqa barcha bolalar kabi o’z huquqlaridan foydalana olishlarini ta’minlash orqali ifodalanadi. 

Suratlar muallifi: Yevgeniy Sorochin

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 1022


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar