PRESS-RELIZ: Jahon emlash haftaligi 2017: Vaksinalar har bir bolaga yordam beradi

Chop etish versiyasi
24 Aprel 2017

Untitled.png

TOSHKENT, 2017 yil 24 aprel  – Aprel  oyining sơnggi haftasi Jahon  уemlash haftalgi sifatida nishonlanadi. Bundan kơzlangan maqsad bolalar va oilalarning hayotini saqlab qoluvchi va himoya  qiluvchi vaksinalarni targ’ib qilishdir. 2017 yil 24-30 aprel  kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF) va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) mamlakatda  eemlashni targ’ib qilishga bag’ishlangan kampaniyani amalga oshirishda Sog’liqni saqlash vazirligiga kơmaklashadilar.

Eemlash bolalar hayoti va kelajagini himoya ostiga olishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Shunga qaramasdan, dunyo bơyicha mavjud holat tahlil qilinganida 19,4 million chaqaloq hamma kerakli vaksinalarni qabul qilmayotganligi ma'lum bơldi. Hisob-kitoblarga kơra  emlash har yili 2-3 million inson hayotini saqlab qoladi. Ayni vaqtda, agar dunyo bơylab  emlash qamrovi kengaytiriladigan bơlsa, qơshimcha 1,5 million inson hayotini saqlab qolish mumkin bơladi.

“Harajat va foyda tahlillari olib borilganida shu narsa ma'lum bơldiki, vaksinalarga sarmoya  sifatida yơnaltirilgan har bir AQSh dollari 2020 yilga kelib 16 barobar foyda keltirishi mumkin  ekan va bu hisob-kitob aholi daromadi ơrta darajada bơlgan mamlakatlarga ham taalluqli,”- dedi  UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman. “Hukumat, hamkor tashkilotlar va hamjamiyatlar bilan birgalikda ishlar  ekan,  UNICEF   emlashga bơlgan talabni oshirish hamda bironta bola bundan chetda qolmasligi uchun yondoshuvlarni takomillashtirishni ơz oldiga maqsad qilib qơygan,”- deb ta'kidladi u.

Ơzbekiston 2015 yilda  yangi pnevmokokk vaksinasini qơllashni boshladi. Ushbu vaksina meningit, bekteremiya, ơrta otit, sinusit va bronxit infeksiyalaridan himoya qiladi. JSST ma'lumotlariga kơra, birgina 2015 yilning ơzida pnevmoniya  tufayli 922  mingga  yaqin besh yoshga tơlmagan bolalar hayotdan kơz  yumganlar va bu kơrsatkich mazkur yosh guruhidagi ja'mi ơlim holatlarining 15 foizini tashkil  etadi. Hozirgi kunda Ơzbekistondagi bolalar ushbu halokatli kasallikdan  yanada  yaxshi himoyalanganlar.

Shuningdek, Ơzbekiston poliomiyelit, qizamiq, bơg’ma va qoqshol kabi kasalliklarni ham muvaffaqqi tli ravishda bartaraf  etgan. Bunday natijaga  erishishda  emlash kampaniyalarining hissasi katta bơldi. 1996 yildan boshlab Ơzbekistonda yovvoyi virus orqali yuzaga kelgan poliomiyelit holatlari kuzatilmagan. 2002 yilda Ơzbekiston JSSTning poliomiyelitdan holi mamlakat sertifikatiga  ega bơldi.

“Muntazam ravishda  emlashni yơlga qơyish sog’liqni saqlashning birlamchi bơg’imi uchun tamal toshidir, demakki bu butun sog’liqni saqlash xizmatlarining poydevoridir. Bugungi kunda,  yangi vaksinalar ishlab chiqilganligi sabab, biz  yanada kơproq bolalarni halokatli va og’ir kechadigan kasalliklardan himoya  qilish imkoni yatiga  egamiz. Biroq vaksinalar mavjudligining ơzi unga muhtoj har bir bolaga ushbu vaksinalar etkazildi degani  emas. Shuning uchun ham JSST turli davlatlar hukumatlari va ơz hamkorlari bilan butun dunyo miqyosida vaksinalar qamrovini oshirish ustida ish olib bormoqda,” -  dedi JSSTning Ơzbekistondagi vakili, doktor Lian Kapens.

“2016 yilda Ơzbekiston emlash qamrovi bơyicha 99.7% kơrsatkichga  erishdi. Biz ushbu  yuqori qamrov kơrsatkichini saqlab qolish va vaksinalar xarid qilish uchun mablag’lar ta'minoti barqaror bơlishini ta'minlash uchun qơlimizdan kelgancha harakat qilamiz,” - dedi  Sog’liqni saqlash vazirligi  emlash bơyicha kengaytirilgan dastur menejeri, doktor Dilorom Tursunova. “2014 yil iyun oyida sog’liqni saqlash tizimi rotavirus vaksinasini qơllashni boshladi. Natijada, Virusologiya  ilmiy-tekshirish instituti tomonidan ơtkazilgan tadqiqot xulosalariga kơra ơtkir diareya bilan kasallanish kơrsatkichlari 30 foiz kamaydi,” – deb qơshimcha qildi u. 

Jahon  emlash haftaligidan kơzlangan asosiy maqsad bolalar salomatligini ta'minlash va 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga  erishish ahdlariga sodiqligimizni yana bir bor ta'kidlashdan iborat.

Qơshimcha ma'lumot uchun murojaat qilishingiz mumkin:

Sog’liqni saqlash vazirligi: doktor Dilorom Tursunova,

Emlash bơyicha kengaytirilgan dastur menejeri

Теlefon: +99871 239 47 21

El.pochta: dilorom.tursunova@minzdrav.uz

JSST: Kamola Safaeva,

Vaksinalar orqali oldi olinuvchi kasalliklar va  emlash bơyicha maslahatchi

Telefon: +998 71 281 51 72/73/74

El.pochta: safaevak@who.int

UNICEF: Nargiza  gamberdieva,

Jamoatchilik bilan aloqalar bơyicha maslahatchi

Теlefon: + 998 93 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 185


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar