O’zbekistondagi mash’hur insonlar 2017 yil 24-30 aprel kunlari o’tkaziladigan Jahon emlash haftaligi kampaniyasida ishtirok etmoqdalar

Chop etish versiyasi
24 Aprel 2017

“Men ikki farzandning onasiman. Men ularning bugungi kuni va kelajagiga befarq emasman,” - deydi Lola Yo’ldosheva – mash’hur qo’shiqchi va bola huquqlari bo’yicha UNICEFning O’zbekistondagi chempioni. “Ota-ona sifatida farzandlarimizni himoya qilishga mas’ulmiz. Shahsan o’zim, emlash har bir bolaga sog’lom hayot kechirish imkonini berishiga ishonaman”.

0L2A5329.jpg

Lola singari kabi yana uch mash’hur insonlar: aktyor Boris Gafurov, tadbirkor Zafar Hoshimov va teleboshlovchi Baxtiyor To’raxonov emlashning muhimligini ilgaru surish uchun ushbu harakatni qo’llab-quvvatlashlarini bildirdilar. Ularni birlashtirgan narsa esa – o’z farzandlarining va O’zbekistondagi barcha o’gil-qizlarning kelajagiga befarq emasliklaridir.

24-30 aprel kunlari nishonlanuvchi Jahon emlash haftaligi boshlanishi arafasida Lola, Boris va Zafar emlashning ahamiyati borasida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashish uchun UNICEF ofisiga tashrif buyurdilar. UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann emlashni targ’ib qilish ishiga qo’shayotgan hissalari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi. Jahon emlash haftaligiga bag’ishlangan global axborot kampaniyasi O’zbekiston Respublikasi So’gliqni saqlash vazirligi tomonidan UNICEF ko’magida boshlab yuborildi. Ushbu mash’hur insonlar bilan bo’lgan suhbatda Sog’liqni saqlash vazirligi Emlash bo’yicha kengaytirilgan dasturning milliy menejeri Dilorom Tursunova ham ishtirok etdilar.

0L2A5441.jpg

“Emlashning ahamiyatiga e’tiborsiz bo’lmasligimiz kerak. U har yili 2-3 million insonning hayotini saqlab qoladi. Ayni vaqtda, agar jahon miqyosida emlash qamrovi takomillashtiriladigan bo’lsa, yana 1,5 million bolaning hayotini saqlab qolish mumkin bo’ladi,” - deydi Sasha Graumann. “UNICEF emlashga bo’lgan talabni yanada oshirish hamda bunday yordamni har bir bolaga etkazish yo’lida O’zbekiston Hukumati bilan, hamkor tashkilot va idoralar bilan hamda hamjamiyatlar bilan hamkorlikini davom ettiradi. Ayni vaqtda, vaktsinalar har bir bolaga etkazilishini ta’minlash uchun butun dunyodagi mash’hur insonlar UNICEFni qo’llab-quvvatlashlari katta ahamiyatga ega bo’ladi.”

Emlash qamrovi bo’yicha O’zbekiston 99,7% ko’rsatkichga ega bolsada, hozir ham hayotbaxsh vaktsinalardan mahrum bo’layotgan bolalar mavjud. Bunga ularning ota-onalari bexabarligi yoki vaktsinalarning zararli ta’sirlari to’g’risidagi ba’zi uydurmalar sabab bo’lmoqda.

“Ba’zan oliy ma’lumotli insonlar ham vaktsinalar to’g’risida ishonchli ma’lumotni qayerdan qidirishni bilmaydilar. Eng ishonchli axborot manba’i oilamiz shifokori ekanligini unutib qo’yamiz. Vaholanki, u farzandimiz uchun aynan qaysi vaktsina va qay vaqtda zarur ekanligini aniq biladi. O’z shifokoringizga ishoning,” - deydi Boris Gafurov.

0L2A5348.jpg

“2014 yilning iyun oyida sog’liqni saqlash tizimi Rotariks vaktsinasini qo’llashni boshladi. Natijada, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari o’sha yili o’tkir diyareya bilan kasallanish holatlari 30 foizga kamayganligini ko’rsatdi,” - deydi Dilorom Tursunova O’zbekiston emlash borasida yaqinda erishgan yutuqlar bilan o’rtoqlashar ekan. “Biz emlash qamrovini yuqori darajada ushlab qolish va vaktsinalarni xarid qilish uchun etarlicha mablag’larni hozirlash uchun imkon qadar harakat qilamiz,” - deydi u so’zining davomida.

0L2A5212.jpg

Bolalar o’z hayotlarini boshlashda adolatli imkoniyatlarga ega bo’lishlari lozim. Ularni kasalliklarga qarshi emlatish barqaror va porloq kelajaklari sari qo’yilajak ilk qadamlardandir.

“Mening ikki qiz nabiralarim bor va ular sog’lom ulg’ayishlarini istayman. Men vaktsinalar ularni havfli kasalliklardan himoya qilishlarini bilaman,” - deydi Zafar Hoshimov. “Vakstinalar foyda beradi!”

0L2A5437.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 599


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar