Jahon emlash haftaligi: emlash foydaliligi ona nuqtai nazaridan

Chop etish versiyasi
27 Aprel 2017

Har yilning 24-30 aprel kunlari o'tkaziladigan Jahon immunizatsiya haftaligi arafasida, biz Lola Yo'ldosheva, qo'shiqchi, aktrisa va O'zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) Bolalar huquqlari bo'yicha  milliy chempioni bilan emlash masalalarini muhokama qildik.

1493014153_lola-and-children-for-3-questions-with-lola.jpg

-          Nima sababdan siz emlash targ’ibotchisi bo’lishga qaror qildingiz?

 

Qizim dunyoga kelganida menga shifokorim tavsiya etgan emlash kalendariga to’laligicha ishongan holda rioya etdim. O’g’lim tug’ilganida esa, men bu jadvalga gumon nazari bilan qaray boshladim. Menga ukol vositasidagi emlash to’g’risida mish-mishlar yetib keldi. Ayrim dugonalarim o’sha emlashlardan bosh tortayotgan edilar. Qo’rqinchli mish-mishlarga qaraganda, vaksina bilan autizm o’rtasida bog’liqlik bor emish. Meni sarosima va hayratlanish qamrab oldi.

Bu holatga tushgan yagona odam men emasligimni bilardim, shuning uchun ham ushbu noaniq masala yuzasidan to’g’ri ma’lumot olish maqsadida, mutaxassislar bilan suhbatlashdim. Natijada shuni angladimki, sizning farzandingiz bilan muloqot aloqa qilayotgan odamlar hamda farzandingiz tashrif buyuradigan joylar haqida ehtiyotkor bo’lishingiz ularning sog’lom bo’lishiga kafolat bera olmaydi. Agar, emlash farzandingizga kichik simptomlar bilan ta’sir etsa ham, bu haqiqatan shunga arziydi.

Autizm haqida xabardorlikni oshirish hozirda men mashg’ul bo’lgan vazifalardan biridir. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim “O’zgacha bo’lishdan qo’rqmang ”degan sarlavha ostida keltirilgan xabarlarga ko’zingiz tushgandir. Men ushbu tadbirda o’tgan yili o’z farzandlarim va do’stlarim – aktyor va qo’shiqchilar bilan birga ishtirok etgan edim. Autizmga taalluqli barcha nazariyalar ichida vaksinaning alaqadorligi eng ko’p ilmiy tadqiq etilgan masala hisoblanadi va kuchli ilmiy dalillar asosida bu aloqadorlik noto’g’ri ekanligi isbot qilingan. 

Ana shu barcha ma’lumotlarni to’plaganimdan so’ng, men o’g’il farzandim uchun emlash kalendariga qaytadan rioya eta boshladim, shuningdek boshqa ota-onalar orasida emlashning ahamiyati to’g’risida xabardorlikni targ’ib etishga qaror qildim.

 

-          Siz shu bilan birga, bolani ko’krak suti bilan emizish muhimligining ham targ’ibotchisisiz. Ko’krak suti bilan emizishning afzalliklaridan biri bu farzandingiz immunitetini mustahkamlashdir. Farzandingizni ko’krak suti bilan emizgan bo’lsangiz, uni emlash chindan ham zarurmi?

 

Ha, men bolani ko’krak suti bilan emizishning qat’iy targ’ibotchisiman. Ish jadvalimning band bo’lishiga qaramay, farzandlarimni qo’ldan kelganicha emizganman. Bolani 6 oylik bo’lguniga qadar faqat ko’krak suti bilan emizish muhimdir. So’ngra bola 2 yoshga kirgunicha uni munosib qo’shimcha ozuqalar bilan birgalikda, ko’krak suti bilan emizishni davom ettirish kerak. 

Savolingizga javoban: biz bilamizki, bolani ko’krak suti bilan emizish unga immunitet beradi. Ammo go’dakda uning onasida immunitet mavjud bo’lgan kasalliklarga nisbatangina antitelalar shakllanadi va bunday antitelalar farzandingiz 3 oydan 6 oygacha bo’lgan davr ichida faol holda saqlanadi. Aynan shu sababdan ham, shifokorlar go’dakning dastlabki bir necha oyligi davrida qator emlashlarni tavsiya etadilarki, bundan ko’zlangan maqsad – farzandingiz uzuqroq muddatga yaxshi himoyalangan bo’lishidir.

 

-          Milliy jadvaliga muvofiq farzandlarini emlashdan hanuzgacha ikkilanayotgan ota-onalarga qarata qanday maslahat bergan bo’lardingiz?


Mening har doim aniq amalga oshiradigan ishlarimdan biri o’z farzandlarimni Milliy emlash kalendariga muvofiq to’laligicha emlashdan o’tkazishimdir.

Har bir ota-ona o’z farzandi haqida qayg’uradi. Savollar va gumonlar bo’lishi tabiiy. Men sizlarga gumonlardan holi bo’lishni va shifokoringizdan emlash haqidagi gap-so’zlarning chin yoki yolg’on ekani haqida so’rang deb maslahat bergan bo’lar edim. Farzandingizni nimadan emlash kerakligini bilish uchun o’z shifokoringiz bilan gaplashing.

Emlash to’g’risidagi mish-mishlar sabab farzandingiz salomatligini xatarga qo’ymang. Vaksinalar xavfsiz va samaralidir. Farzandingizni ushbu himoya bilan ta’minlashingiz sizning ota-ona sifatidagi burchingizdir. Shaxsan men aminmanki, emlash har bir bola uchun umrining avvalidan boshlab salomat hayot kechirishi uchun imkoniyat taqdim etadi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 929


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar