Jahon emlash haftaligi: Vaksinalar foyda beradi

Chop etish versiyasi
28 Aprel 2017

Har yili aprel oyining oso’nggi haftasida jahon emlash haftaligi o’tkaziladi. Bu tadbir bolalarni va oilalarni himoya qilish uchun emlashni targ’ib qilishga qaratilgan.

2017 yilning 24-30 aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF), Sog’liqni saqlash vazirligi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan birgalikda  #VaccinesWork (Vaksinalar foyda beradi) xeshtegi bilan axborot kampaniyasini o’tkazadi.

Xalqaro tashkilotlarning xabariga ko’ra, dunyodagi 9.4 milliondan ziyod go’daklar asosiy vaksinalar bilan emlanmaydi. Emlash hisobiga yiliga taxminan 2-3 million o’lim holatlarining oldini olinadi. Shu bilan birga dunyo miqyosida emlash qamrovining yaxshilash natijasida kamida 1.5 million o’lim holatlarining oldini olishi  mumkin.

Sog’liqni saqlash vazirligining samarali ish olib borishi, shuningdek UNICEF va JSST kabi, xalqaro tashkilotlarning ko’magi bilan O’zbekistonda deyarli barcha bolalar emlangan.

Mamlakatda sil, poliomielit, bo’g’ma, virusli gepatit B, ko’kyo’tal, qoqshol, qizamiq, qizilcha, epidemik tepki, XIB-infeksiyasi, rotavirus va pnevmokokk infeksiyalarning oldini olish maqsadida emlash amalga oshiriladi.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 2015 yilda butun dunyoda pnevmoniya kasalligi besh yoshgacha bo’lgan taxminan 922 mingta bolalarning hayotiga zomin bo’lgan. Bu esa ushbu yosh guruhidagi o’lim sonining 15 % ni tashkil etadi. O’zbekiston bolalari bu halokatli kasallikdan himoyalanganlar. 

Emlash sohasida olib borilayotgan ishlar natijasida O’zbekistonda poliomielit, qizamiq, bo’g’ma, qoqshol kabi o’tkir kasalliklar butunlay bartaraf etilgan. 1996 yildan beri respublikada virusning yovoyyi shtammi keltirib chiqaradigan poliomielit bilan kasallanish holatlari ro’yxatga olinmagan. 2002 yilda O’zbekistonga JSST tomonidan poliomiyelit barham topgan mamlakat sifatida e’lon qilingan.

Bugungi kunda davlat sog’liqni saqlash tizimining ustuvor yo’nalishlari erishilgan marallarni qo’ldan boy bermaslik hamda rejali emlashni yanada faollashtirishni o’z ichiga oladi. Vaksinalarni sotib olish to’liq ravishda davlat tomonidan moliyalashtiriliga alohida e’tibor qaratilmoqda. Vaksinalrning sifatini saqlagan holda tashish va saqlash uchu sovuqlik zanjirini mukammallashtiris bo’yicha ham ish olib borilmoqda. 

2222_rd-01.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 796


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar