PRESS-RELIZ: Bolalar uchun odil sudlov borasida xalqaro standardlarga bag’ishlangan davra suhbati: adliya tizimini bolaga moslashgan bo’lishini ta’minlash yo’llari

Chop etish versiyasi
04 May 2017

Xalqaro va milliy ekspertlar voyaga etmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bo’gliq bo’lgan masalalarni muhokama qildilar

TOSHKENT, 4 May 2017 yil – O’zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi tadqiqot markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar Jamg’armasi (UNICEF) xorijiy mamlakatlarda va O’zbekistonda balog’atga etmagan bolalar uchun odil sudlov borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish uchun davra suhbati tashkil qildilar.

Davra suhbatida turli xil davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. BMT Bolar Huquqlari Qomitasining Vitse Prezidenti sudya Renate Vinter ham ushbu davra suhbatida qatnashdi. U mavzuga oid islohotlar va ijobiy amalyotlar xususida gapirar ekan, xorijiy mamlakatlarda milliy qonunchilikni bolalar uchun odil sudlov bo’yicha xalqaro standartlarga moslashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdi.

“O’zbekiston qonun ustuvorligini ta’minlash yo’lida juda muhim islohotlarni amalga oshirmoqda va fuqarolar, jumladan, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilishini ta’minlash ushbu islohotlar jarayoning ajralmas qismidir,” - dedi Sudyalar oliy kengashi raisining o’rinbosari va Kengash huzuridagi Odil sudlov muammolarini o’rganish tadqiqot markazi direktori Dilshod Oripov. “Biz BMT Bola huquqlari qo’mitasi (BHQ) tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarga asosan milliy adliya tizimi faoliyatini takomillashtirish yo’lidagi ishlarni davom ettiramiz,” - dedi u so’zining davomida.

Sudya Renate Vinter xonim BHQning O’zbekiston yuvenal adliya tizimi bo’yicha bergan tavsiyalaridan o’rin olgan bir qator masalalarni mufassal bayon qilib berdi. Jumladan, u qonun bilan ziddiyatli holatda bo’lgan bolalarga nisbatan muqobil choralarni qo’llash hamda bolalar masalalari bo’yicha alohida sudlar tashkil etish xususida so’zladi.

“Yuvenal adliya bo’yicha alohida qonunchilikni shakllantirish hamda qonun bilan ziddiyatli holatdagi bolalar, jabrlangan bolalar va guvoh bolalarga do’stona munosabatdagi odil sudlov yondoshuvlari qo’llanilishini ta’minlash juda muhim ahamiyatga ega,” - dedi u.

Qonun ustuvorligi bo’yicha qonunchilikdagi va davlat siyosatida belgilangan asosiy yonalishlarni aniq harakatlarga tadbiq etish jarayonida bola huquqlari va bolalar uchun odil sudlov bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham e’tiborga olish juda muhimdir. Shuning uchun ham oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan bo’lg’usi adliya tizimi mutaxassislari hamda malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan mutaxassislar, jumladan, sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, advokatlar bolalar bilan bog’liq bo’lgan ishlarni qanday olib borishga oid bilim va ko’nikmalarni yanada yaxshilashi lozim. O’zbekistondagi sudlarning ixtisoslashtirilishi uzoq muddatli istiqbolda yuvenal ishlar bo’yicha alohida sudlar tashkil etilishiga hamda qonun bilan ziddiyatli holatdagi bolalar masalalari bilan shug’ullanuvchi adliya mutaxassislarining ixtisoslanishiga olib kelishi mumkin.

“Bolalar, kattalar kabi, adliya tizimi bilan bir talay sabablarga ko’ra muloqotga kirishishlari mumkin. Ammo, bolalar bunda salbiy holatlarni boshdan kechirmasliklari uchun adliya tizimi ularning ehtiyojlari, zaif jihatlari, holatlari va yoshlarini inobatga olgan holda moslashtirilgan bo’lishi lozim,”- dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Afshin Parsi. “Hammamizga ma’lumki, bolalarning kichik yoshda adliya tizimi bilan muloqotga kirishishlari ularning adolat va qonun ustuvorligiga bo’lgan ishonchlariga ta’sir ko’rsatadi,” - dedi u so’zining davomida.

Milliy qonunchilik va adliya tizimidagi amaliyotlarning bolalar uchun odil sudlov borasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini aniqlashga bag’ishlangan va yaqinda nashr etilgan hisobot O’zbekiston bolalarning odil sudlovdan foydalana olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qonunlar va amaliyotlarni takomillashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirayotganligi va bolalar adliyasiga to’liq ixtisoslashgan tizimni yo’lga qo’yishda davom etish ahdiga sodiq ekanligini ko’rsatadi.

Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi tadqiqot markazi bo’lim boshlig’i Rahimqul Toshboev qonun bilan ziddiyatli holatdagi bolalar, jabrlangan bolalar va guvoh bolalar masalalari bo’yicha milliy qonunlarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha taklif etilgan tavsiyalar bilan davra suhbati ishtirokchilarini tanishtirdi. Qonunchilikka kiritilishi tavsiya etilayotgan ushbu yangiliklarda jablarngan bolalar va jinoyatga guvoh bo’lgan bolalar adliya jarayonida takroriy jabrlanishga duch kelmasliklari uchun ularni himoya qilish uchun qo’shimcha qonuniniy himoyalar nazarda tutulgan.

Davra suhbati taklif etilayotgan islohotning O’zbekistonda bolalar uchun odil sudlov tizimini yanada kuchaytirish uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi va dolzarbligi mavzusida fikr almashuv bilan yakunlandi.

 

Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi mutaxassislarga murojaat qiling:

  • Sherzod Yuldashev, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi tadqiqot markazi

Telefon: +99871 2390293                       e-mail: yusher@ro.ru

  • Safinas Ahayeva, UNICEF

Telefon: +99871 2339512                       e-mail: sahaeva@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 738


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar