BMTning Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi Vitse-prezidenti ijtimoiy jihatdan zaif bolalarning farovonligi masalalarini ilgari surish uchun O’zbekistonga tashrif buyurdi

Chop etish versiyasi
01 May 2017

BMTning Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasining Vitse-prezidenti Renate Vinter 2017 yil 1-5 may kunlari O’zbekistonga o’z tashrifini amalga oshirmoqda. U O’zbekiston hukumati va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirokida bo’lib o’tayotgan bir qator uchrashuvlarda qatnashmoqda. Sudya Vinter BMT Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi tomonidan O’zbekiston uchun bildirilgan muhim tavsiyalarning amalga oshirilishiga da’vat etmoqda. 

“Renate Vinterning O’zbekistonga tashrifi ayni muddaodir,”- dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “O’zbekistonda bugungi kunda islohotlar olib borilayotgan ekan, ularda bolalar masalalari e’tiborga olinishi hamda hukumatning sa’y-harakatlarida BMT Bolalar huquqlari bo’yicha qo’mitaning tavsiyalari o’z aksini topishini istar edik.”

4.JPG

O’zining Inson huquqlari bo’yicha Milliy Markaz Direktori Akmal Saidov bilan bo’lib o’tgan uchrashuvi chog’ida, Sudya Renate Winter honim, qaror qabul qilish uchun ajratib olingan va ishonchli bo’lgan ma’lumotlardan foydalanishdagi mavjud muammolar haqida to’xtaldi. “Bu ko’pgina mamlakatlar yuz tutgan masala bo’lib, usbu yo’nalishda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish – bu qilinishi kerak bo’lgan ishlarning faqatgina boshlanishi hisoblanadi. Dastlab, o’lingan ma’lumotlar qay darajada ishonchli ekanligini bilish uchun, ular ko’rib chiqilishi zarur”, dedi u.

Sudya Vinter yopiq turdagi muassasalardagi voyaga etmaganlarning sharoitlarini va ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish maqsadida monitoring olib borish vositalarini ishlab chiqishni maslahat berdi. Ushbu muassasalarda bola uchun do’stona bo’lgan muhitni yaratish yuzasidan tavsiyalarini bildirdi. “Bola uchun do’stona muhitni yaratish, ichki tartib-qoidalarni tuzishda, xodimlarni o’qitishda ijobiy yondashuvlardan foydalanish juda ham muhim hisoblanadi,”- dedi u.  

3.JPG

Sudya Vinter Bola huquqlari bo’yicha qo’mitaning bergan tavsiyalaridan biri bo’lmish, Bolalar Ombudsmanini tayinlash muhimligiga urg’u berib o’tdi. Bu masala mamlakat uchun kata ahamiyat kasb etgani sabab, bu yo’nalishda u o’z ko’magini ko’rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Bolalar uchun maxsus Ombudsman tayinlashga doir qonun loyihasini ishlab chiqish maqsadida, ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Bolalar uchun Ombudsman tayinlash masalasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) Ulug’bek Muhammadiyev bilan bo’lib o’tqan uchrashuvda hammuhokama qilindi. UNICEFning O’zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann Ombudsman faoliyatiga UNICEF o’z yordamini berishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqladi. “UNICEF Ombudsmanning bolalar uchun ixtisoslashgan yopiq turdagi muassasalar faoliyatini monitoring qilishni mukammallashtirishga o’z hissasini qo’shadi. Biz voyaga etmaganlarning ehtiyojlarini tushunishimiz hamda Ombudsmanning bolalar ishlarini monitoring qilish va baholashidagi salohiyatini yanada rivojlantirishimiz zarur,”- dedi u.

2.jpg

Bolalarning mulkka bo’lgan huquqlari mavzusida o’tkazilgan davra suhbatida sudya Vinter shunday dedi:“Bola uchun eng muhim bo’lgan manfaatlar, jumladan, uning qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etishi, bolaning mulkka bo’lgan huquqi yuzasidan qaror qabul qilinayotgan vaqtda e’tirborga olinishi kerak. Bolaning mulkka bo’lgan huquqi – uning rivojlanishga bo’lgan huquqining ajralmas qismidir.”

5.jpg

Parlament a’zolari, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz va vazirliklarning vakillari, huquq-tartibot organlari, viloyat rahbarlari, shuningdek nodavlat tashkilotlari muassasalarga joylashtirilgan bolalarga e’tiborni jamlagan holda, bolaning mulkka bo’lgan huquqini himoya qilishda, hukumat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining tutgan o’rnini aniqlab olish maqsadida, muhokamalarda ishtirok etdilar. 

6.jpg

Sudya Vinter Sierra Leone davlati Maxsus sudida xalqaro sudya va prezident, shuningdek Kosovo davlatida xalqaro sudya vazifalarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u Yoshlar va oila masalalari bo’yicha sudlar va magistratlar xalqaro assotsiatsiyasining prezidenti bo’lib ishlagan. Sudya Vinter Yevropa Hamjamiyati qonun islohotlari yo’nalishida hamda bir qator mamlakatlarning adliya organlarida ishlab, ko’p yillik tajriba orttirgan. 2013 yil u BMT Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasining a’zosi bo’ldi va hozirda BMTning mazkur qo’mitasi Vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.  

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 60


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar