Bolalar uchun odil sudlov: Bolaning eng oliy manfaatlari uchun

Chop etish versiyasi
05 May 2017

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bola huquqlari qo’mitasining vitse-prezidenti, sudya Renate Vinter O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Sudya Renate Vinter O’zbekistonga Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya yanada kengroq tadbiq etilishini targ’ib qilish maqsadida tashrif buyurgan. U Markaz o’qitvuchilari hamda mamlakatning turli hududlaridan kelgan fuqoralik ishlari bo’yicha sudyalar va yuristlar oldida ma’ruza qildi.

DSC_5109.jpg

Ma’ruza BMT Bola huquqlari qo’mitasining O’zbekistonga taqdim etgan tavsiyalari hamda ularni amalga oshirish strategiyasiga bag’ishlangan bo’ldi. Xususan, sudya Renate Vinter qurolli nizolardagi bolalar hamda odam savdosi va bolalar pornografiyasidan jabrlangan bolalar huquqlarini ta’minlash mexanizmlarini yo’lga qo’yishning ahamiyatiga urg’u berdi. Shuningdek, u bolaning oliy manfaatlari doimiy ravishda e’tiborga olinishini ta’minlaydigan yuvenal adliya tizimini rivojlantirish masalalari xususida so’zladi.

Sudya Renate Vinter Bola Huquqlari to’g’risidagi Konventsiyaning asosiy tamoyillarini, ya’ni “bolaning oliy manfaatlari”, “diskriminatsiya qilmaslik”, “bolaning o’z fikri e’tiborga olinishi huquqi” hamda “yashash va rivojlanish huquqi” kabilarni izohladi. “Adliya tizimida qonunlarni mazkur tamoyillar asosida talqin qilish, ayniqsa bolaning oliy manfaatlarini aniqlashga harakat qiluvchi  prokurorlar, advokatlar va sudyalar bo’lishi lozim”, - deb ta’kidladi u. Ushbu munozara asosida yuvenal adliya masalasi oldingi o’ringa chiqarildi.

Sudya Renate Vinter mazkur tizimni kuchaytirish uchun prokurorlar, advokatlar va sudyalarni tayyorlash, ularning ixtisoslashuvini ta’minlash hamda ular o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. “Bu adliya tizimidan chiqarish choralari va ozodlikdan mahrum qilishning o’rnini bosuvchi alternativ choralar, jumladan, jamoatchilik ishi, mediatsiya, probatsiya (sinov) va maslahat berish kabi choralarni tadbiq etishga e’tibor qaratuvchi yondoshuvga etaklashi lozim,” - dedi sudya Renate Vinter.

DSC_5126.jpg

Davra suhbatining yakuniy bosqichida ishtirokchilar alohida e’tibor va puxta mushohadani talab etuvchi bir qator masalalar tilga olinganligini ta’kidladilar. Shuningdek, sudya Renate Vinter ham tinglovchilarni ushbu masalalarni hamkasblari bo’lmish advokatlar, prokurorlar va sudyalarga etkazishga, Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya tadbiq etilishini jadallashtirish uchun asosiy tamoyillar bo’yicha yanada ko’proq bilim egallashga chorladi.  

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 751


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar