Bolalar huquqlari bo’yicha hisobot: sa’y-harakatlarni yanada yaxshilas uchun imkoniyat

Chop etish versiyasi
08 May 2017
4 4 Fotosuratlar

O’zbekiston Respublikasi Bola huquqlari to’g’risidagi konventsyia (BHK)ni 1994 yilda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi kunda O’zbekiston BMT Bola Huquqlari Qo’mitasi (BHQ)ga taqdim etish uchun uchun o’zining navbatdagi beshinchi hisobotini tayyorlamoqda.

Hisobotni tayyorlash jarayonida Inson Huquqlari Milliy Markazi va UNICEF hisobotlar tayyorlash tartibi bo’yicha seminar tashkil qildilar. Mazkur tadbirda O’zbekistonning davlat tashkilotlari va mamlakatdagi fuqarolik jamiyati tashkilotlari (FJT) ishtirok etdilar. Seminar BMT BHQ Vitse-Presidenti, Sudya Renate Vinter ko’magida olib borildi. Sudya Renate Vinter O’zbekistonga bola huquqlarini targ’ib etish hamda BMT BHQga Davlat hisoboti va Alternativ Hisobotni tayyorlash bo’yicha o’z mutaxassis maslahatlari bilan o’rtoqlashish uchun tashrif buyurgan. 

“Hisobot O’zbekiston va BHKni qabul qilgan barcha mamlakatlarga muhim ma’lumotlarni yig’ish hamda Bola huquqlari to’g’risidagi konventsyiada muvofiq nimalar amalga oshirilgani va qanday ishlar hali amalga oshirilmaganligi xususida ma’lumot taqdim etish imkonini beradi,”- deydi sudya Renate Vinter. “Buni amalga oshirish uchun mamlakatda bolalarning holati bo’yicha mufassal ma’lumot taqdim etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, mamlakat bo’yicha hisobot tayyorlashda faoliyatning yaxshi muvofiqlashtirilishi hamda vazifalarning aniq belgilangan bo’lishini talab etadi,”- dedi u so’zining davomida.

Sudya Renate Vinterning ta’kidlashicha, mamlakatlar bunday hisobotlarni tayyorlashlarida duch keladigan umumiy muammolardan biri – davlat organlari va FJTlardan qay birlari ma’lumotlarni yig’ishga, qay birlari esa BHK tadbiq etilishini kuzatish va baholab borishga mas’ul bo’lishini belgilab olishdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Inson huquqlari milliy markazi vakillari mazkur Hisobotning muhim ahamiyatga ega ekanligi xususidagi fikrlarga qo’shilgan holda, bevosita ma’lumot yig’ish jarayonida duch kelinadigan muammolarni muhokama qildilar. Anjuman ishtirokchilari Qo’mita tomonidan turli jabhalar bo’yicha qo’yilgan savollarga mukammal javoblar tayyorlash uchun o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirgan holda harakat qilishga kelishib oldilar. BHQ tomonidan berilgan savollar quyudagi jabhalarni qamrab olgan: BHKni tadbiq etishga oid umumiy chora-tadbirlar, fuqarolik huquqlari va erkinliklar, oila muhiti va alternative parvarish, sog’liqni saqlashning asosiy sharoitlari va ijtimoiy muhofaza.

Sudya Renate Vinter so’nggi 10 yil mobaynida O’zbekistonda olib borilgan islohotlar va erishilgan yutuqlarni mamnuniyat bilan tilga olgan holda, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun qo’shimcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Bu borada Vinter xonim yuqori sifatli hisobot tayyorlanishi Qo’mita o’z tavsiyalari orqali O’zbekistonni bundan keyin ham qo’llab-quvvatlashi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirdi. Ushbu seminar barcha ishtirokchilar uchun foydali maslahatlar olish imkoni bo’lishi bilan bir qatorda O’zbekistonda bola huquqlarini kafolatlash yo’lidagi o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 1005


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar