Bolalar uchun adliya: bolaning eng oliy manfaatlari uchun

Chop etish versiyasi
15 May 2017

“Bolalar uchun adliya deganida muhokamadagi ishning natijasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bola doimo yutib chiqishi, natijaning bola manfatiga mos bo’lishi tushuniladi. Har qanday faoliyat bolaning eng oliy manfaatlari uchun amalga oshiriladi.” Ana shu so’zlar bilan Bola huquqlari qo’mitasi Vitse-prezidenti, sudyaRenata Vinter yuvenal adliya tizimida ish olib borayotgan insonlarning vazifalariga ta’rif berdi va ularni bolalarning porloq kelajagi uchun birgalikda ish olib borishga da’vat etdi.

DSC_5382.jpg

Sudya Renata Vinter bolalar uchun adliya sohasida xalqaro standartlarni muhokama qilishga bag’ishlagan davra suhbatida turli davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari vakillari oldida so’zga chiqdi. Ushbu tadbir O’zbekiston Sudyalar oliy kengashi huzuridagi tadqiqot markazi va UNICEF tashkiloti tomonidan tashkil qilindi. O’zbekistonning adliya tizimida islohotlar olib borilayotgan pallada Renata Vinter xonim bolalar uchun adliya borasida xalqaro tajriba bilan o’rtoqlashish uchun taklif qilingan.

“Bolaga etarlicha e’tibor berishga hech kimning vaqti bo’lmagan. Agar vaqti bo’lganida, bola qonun bilan ziddiyatga uchramagan bo’lar edi! Ota-onalar juda band bo’lganlar va o’qituvchilarning ham vaqti bo’lmagan. Aynan shunday holatda bola uchun qandaydir ijobiy ishni amalga oshirishingiz mumkin. Agar bola qonun bilan ziddiyatga kirishgan bo’lsa, demak buning o’z sabablari bor. Bu sabablar doim ham ko’zga yaqqol tashlanmaydi, lekin ularni tushunish lozim va buning sabablarini aniqlab olish shart,” - dedi sudya Renata Vinter. U har bir bolaning ishini to’liq anglab etish, uning kelib chiqishi, ehtiyojlari va oliy manfaatlarini aniqlash uchun etarlicha vaqt ajratish muhimligini ta’kidladi.

DSC_5482.jpg

Sudya Renata Vinter shuningdek ichki ishlar idoralari, tergovchilar, prokurorlar, sudyalar hamda ijtimoiy xizmat xodimlarining ixtisoslashuvi muhim ekanligini aytar ekan, shundagina ular qonun bilan ziddiyatga kirgan bolalarning ishlariga to’g’ri yondoshishlar ta’minlanishini bildirdi. “Politsiya xodimi davlatning birinchi bo’lib bola bilan muloqotga kirishayotgan vakili hisoblanadi. U har bir bola uchun birinchi qadam vazifasini bajara olishi uchun maxsus tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishi lozim. Maxsus tayyorgarlikdan o’tmagan tergovchilar esa, shunday xatolarga yo’l qo’yishlari mumkinki, buning natijasida bolalar davlat bilan hech qanday munosabatga kirishishni istamay qolishlari mumkin. Sudya ruhiy nuqtai-nazardan bola bilan qanday muloqotga kirishish va qanday hollarda mutaxassisning yordamisiz bola ishi bo’yicha qaror qabul qilishdan o’zini tiyishi lozimligini bilishi shart.”

Davra suhbati isthirokchilari bolalar tomonidan huquqbuzarliklar amalga oshirilishining oldini olish uchun oila, hamjamiyatlar va mutaxassislar hamjihatlikda ish olib borishlari lozim degan fikrga keldilar. Ota-onalar, o’qituvchilar va qo’shnilar ham bolalarni e’tiborlaridan chetda qoldirmasliklari va ular xatarli holatga tushib qolguday bo’lsalar, bundan xabardor bo’lishlari lozim. Ijtimoiy xizmat xodimlari ularni himoya qilishga tayyor bo’lishlari kerak. Prokurorlar, advokatlar va sudyalar hamkorlar sifatida birgalikda ish ko’rishlari zarur. Ular maxsus va alternativ uslublardan foydalanishlari mumkin. Bundaylar jumlasiga, sud muhokamasi va jazolashni mediatsiya bilan almashtirish kabilar kiradi. Bu yo’l bilan bolaning stigmatizatsiyaga uchrashining oldi olinadi. Bunday choralar bola o’zining odatiy hayotiga qaytganida uni davom ettira olishi uchun zarur bo’lgan muhitni ta’minlab beradi.

DSC_5541.jpg

Ushbu masalalar yuvenal adliya tizimining bolalar ehtiyojlariga alohida munosabatda bolishi, ularning huquqlarini kafolatlash va bolalar adilya tizimiga yutqazmasliklarini ta’minlash maqsadida muhokama qilindi. “Bizga ma’lumki, bolalarning kichik yoshlarda adliya tizimi bilan muloqotda bo’lish tajribasi ularninig qonun ustivorligiga bo’lgan ishonchiga ta’sir qiladi,” - dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Afshin Parsi. “Adliya tizimi bolalarning ehtiyojlari, ularning zaif jihatlari, sharoitlari va yoshlariga moslashtirilgan bo’lishi lozim,” deb ta’kidladi u. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 49


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar