Har doim va har qanday muhitda bola havfsizligin ta’minlash

Chop etish versiyasi
18 May 2017

Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyaninig Bola savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasi bo’yicha fakultativ protokoliga bag’ishlangan davra suhbati Toshkentda bo’lib o’tdi. Mazkur suhbatda UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, bola huquqlari va inson savdosi muammolari bilan shug’ullanuvchi davlat idoralari, vazirliklar hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ‘Mahalla’ jamg’armasi vakillari ishtirok etdilar.

DSC_6005.JPG

“UNICEF O’zbekiston hukumatining Bola savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasi bo’yicha fakultativ protokolni tadbiq etish borasidagi sa’y-harakatlarini, xususan Ichki ishlar vazirligi huzurida inson savdosiga qarshi kurashish bo’linmasi tashkil etilishi hamda reabilitatsiya markazining ochilganligini qutlaydi. Shu bilan birga bu boradagi ishlar qamrovini kengaytirish ehtiyoji mavjud,” - dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

DSC_6033.JPG

Uchrashuv ishtirokchilari O’zbekistonda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan masalalarni muhokama qildilar. Bularjumlasiga quyidagilar kiradi: ma’lumot yig’ishni takomillashtirish; bolalar kontrabandasi tushunchasiga aniq ta’rif berish lozimligi; qarorlarni hayotga tadbiq etishni kuchaytirish uchun amalga oshirilayotgan faoliyatlarni barcha bosqichlarda muvofiqlashtirishni yaxshilash; profilaktik choralar bo’yicha hamjamiyatlar bilimini oshirish; surshtiruv ishlarini bolalarga do’stona munosabatda amalga oshirilishini ta’minlash; ijtimoiy xizmatlarning tiklanish va reabilitatsiyaga ko’maklashish yo’nalishlaridagi faoliyatlarini yo’lga qo’yish; shuningdek huquqiy kompensatsiyalar va jabrlanganlar uchun fondlar ajratilsh.

BMT Bola huquqlari bo’yicha qomitasi Vitse-prezidenti sudya Renate Vinter yuqorida tilga olingan masalalarning ba’zilari bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. U bolalar kontrabandasi tushunchasiga huquqiy ta’rif berilishi hamda bolalarni boqib olinishiga ko’maklashish niqobi ostida ish ko’rib, aslida bolalar kontrabandasi bilan shug’ullanayotgan kompaniyalarning tashkiliy jinoyatchilig faoliyatini jinoyatlar qatoriga kiritish kabi masalalar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib berdi.  

DSC_6162.jpg

Renate Vinter xonim ekstraterritorial yurisdiktsiyani qo’llab-quvvatlash, xalqaro miqyosda bolalarni boqib olinishi masalalarida muloqot va shaffoflikni takomillashtirish hamda chegara qo’shinlari xodimlarini bolalar kontrabandasi bilan shug’ullanuvchi insonlar qo’liga tushib qolgan bolalarni aniqlay olishga o’rgatish borasida xalqaro hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tdi. Shuningdek u, jabrlangan bolalarga stigmatizatsiyani engib o’tishda yordam beruvchi, bolalarga do’stona munosabatda ish olib boruvchi xizmatlarni yo’lga qo’yish hamda sud muhokamalari jarayoni va repatriatsiya davrida bolalarning himoyasini kafolatlay olish imkoniyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. “Biz repatriatsiya qilish imkoni mavjud bo’lgan hollarda bolalarning himoyasini ta’minlashimiz zarur. Himoya sud zalida yakunlanmaydi. U faqat qaerda bo’lishidan qat’iy nazar bola havfsiz muhit bilan ta’minlanganidagina yakunlanadi,” - dedi sudya Renate Vinter.

Ishtirokchilar echimi topilishi lozim bo’lgan masalalarni tilga oldilar hamda bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va pornografiyasi muammolari bo’yicha O’zbekistonda olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish va takomillashtirish katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Qonunchilikka nafaqat bolalar kontrabandasi va savdosi, shuningdek bolalar pornografiyasiga berilgan ta’riflarni ham kiritish lozimligi alogida ta’kidlandi. O’z navbatida fuqarolik jamiyati tashkilotlari davlat idoralari bilan tizimli ravishda hamkorlik qilish va xalqaro miqyosda tajriba almashish muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirdilar. 

DSC_6041.JPG

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 798


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar