Amaldagi hamkorlik: UNICEF va Ucell O’zbekistonning chekka hududlarida joylashgan maktablarda qurilish ishlarni boshlamoqda

Chop etish versiyasi
29 May 2017
5 5 Fotosuratlar

Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyada qayd etilganidek, har bir bola toza suv va asosiy sanitariya sharoitlaridan foydalanish huquqiga ega. UNICEFning suv, sanitariya va gigiyena masalalari (WASH) bo’yicha olib borayotgan ishlarining maqsadi barcha bolalar ana shu huquqdan foydalanishlarini va hech bir bola bu imkoniyatdan chetda qolib ketmasligini ta’minlashdir.

UNICEF O’zbekistonda barcha o’g’il va qiz bolalarning, ayniqsa ijtimoiy jihatdan yetarli ta’minlanmaganlarning, toza suv va sanitariyaga bo’lgan huquqlaridan foydalanishlarini ta’minlash uchun  xususiy sector, jumladan korporativ birlashmalar bilan hamkorlik qiladi.

O’zbekistondagi UNICEF va “Telia Company” telekommunikatsiya gruppasining qismi bo’lmish “COSCOM” (“Ucell” savdo belgisi) o’rtasida 2016 yil noyabr oyida hamkorlik bitimi imzolangan bo’lib, unga muvofiq, Jizzah, Qashqadaryo, Xorazm, Surhondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasining chekka hududlarida joylashgan 30 ta maktabda suv va sanitariya holatlarini yaxshilash ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.

“Ucell ko’magi bilan biz 17ta maktab uchun suv va sanitariya inshootlarining loyiha hujjatlarini yakuniga yetkazdik hamda eng kam ta’minlangan uchta maktabda qurilish ishlarni boshlab yubordik,” - dedi UNICEF WASH loyihasi xodimi Hilola Aslanova. “Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumani Ko’kcha qishlog’ida joylashgan 46-sonli maktabda 250 o’quvchi va xodimlar, shuningdek 1000 ga yaqin qishloq aholisi foydalana oladigan 300 metr uzunlikdagi suv ta’minoti tizimini qurmoqdamiz,”- deb qo’shimcha qildi u.

Xorazm viloyati Chalish qishlog’idagi 46-sonli maktabda, shuningdek Qashqadaryo viloyati Qo’shchinor qishlog’idagi 70-sonli maktabda ikkita hojatxona qurish ishlari ham davom etmoqda. Yozgi ta’til kunlari davomida qurib bitirish kutilayotgan ushbu ob’ektlardan tegishli ravishda 180 ta va 250 ta o’quvchilar foydalanish imkoniga ega bo’ladilar. Balog’at yoshidagi qiz bolalar uchun bu juda muhimdir, sababi, yangi bino etilayotgan mazkur qurilmalar ularga darslarni qoldirmaslik uchun qo’shimcha sharoit yaratadi.

“Toza suv, asosiy hojatxonalar va gigiena bolalarning salomatligi va rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo bo’yicha, maqbul sanitariya sharoitiga ega bo’lmagan odamlar soni 2.4 milliardni, shuningdek, toza suv manbalaridam mahrum bo’lgan odamlar soni 663 millionni tashkil etmoqda,”- dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sascha Graumann. Uning yana aytishicha: “Tozalik va suv ta’minoti inshootlarini bino etish orqali, UNICEF hukumatning, bolalarning diareya kabi kasalliklardan himoya etilishini, shuningdek ota-onalar va murabbiylar uyda va maktabda qo’llarni sovun bilan yuvishdek hayotni saqlashga xizmat qiladigan ko’nikmani targ’ib etishlarini ta’minlashga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Mazkur tashabbus umumjahon barqaror rivojlanish maqsadlarga erishishga ham yordam beradi.”

Ushbu moliyaviy yordamga qo’shimcha ravishda, Ucell o’zining internet abonentlariga www.unicef.uz sahifasiga bepul ulanish, shuningdek muhim hisoblanadigan masalalar yuzasidan xabardorlikni oshirish uchun ahamiyatli sanalar, jumladan 15-oktyabr – Jahon qo’l yuvish kuni to’g’risidagi SMS xabarlarni yuborish imkoinyatini o’z ichiqa olgan telekommunikatsiya yordamini ham taqdim etmoqda.   

“Biz farzandlarimizga eng yaxshi narsalarni ulashishni istaydigan, barcha kishilar tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlarni birlashtirishga o’z hissamizni qo’shishdan chindan ham mamnunmiz. Dunyo fuqarolari hisoblanar ekanmiz, o’zimiz yashaydigan sharoitlar uchun mas’uliyat his etamiz va aynan shu o’rinda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori muhim vazifani bajarishi hamda o’zgarishlarni ijobiy tomonga yo’naltirishga ta’sir o’tkazishi mumkin. Har birimiz, qanday maqomda, korporativ yoki shaxsiy darajada ekanimizdan qat’iy nazar, farzandlarimiz yashayotgan va voyaga yetayotgan dunyo uchun mas’ulmiz. Men UNICEFga hamkorlik qilish imkoniyatini taqdim etganligi uchun minnatdorchiligimni izhor etib, O’zbekiston va butun dunyo bolalariga salomat va baxtli bo’lishlarini tilayman,” - deydi Ucellning Bosh ijrochi direktori Tonu Grunberg.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 234


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar