O'zbekistondagi taniqli insonlar tasdiqlaydilar - erta lahzalar muhimdir

Chop etish versiyasi
01 Iyun 2017

"Bolalar diqqat markazida" turkumidagi yangi  "Erta lahzalar muhimdir: Bola tarbiyasida erkaklarning roli” deb nomlangan maxsus dastur  1 iyun - Xalqaro bolalar kunida soat 20:00 da MY5 telekanalida namoyish etiladi.

DSC_0095.JPG

Bolaning erta yoshdagi rivojlanishi masalalari bo’yicha global kampaniya doirasida, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) va UNICEF mashhur insonlar bilan uchrashuv o’tkazib, nima uchun bolalikning ilk yillari muhimligi hamda bola tarbiyasida erkaklarning roli to’g’risida suhbat o’tkazdilar.

“Bola hayotidagi dastlabki uch yil juda ham muhim hisoblanadi. Bu yillar bolalarning bo’lajak salomatligi, o’sib-ulg’ayishlari, rivojlanishlari, maktab, oila va mahalla, shuningdek umuman olganda, hayot saboqlarini o’zlashtirishlarida poydevor vazifasini bajaradi”, - deydi Sasha Graumann, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.

DSC_0121.JPG

Sasha Graumann yana shuni ham ta’kidladiki, go’dak miyasi hujayralari bir soniyada 1000 ta yangi aloqalarni shakllantirishi mumkin. Farzandlarining, eng yosh paytida, ayniqsa dastlabki 1000 kun ichida, miya rivojlanishini shakllantirish uchun ota-onalar noyob imkoniyatga ega bo’ladilar. Ota-onalar o’z farzandlari bilan ularni erkalash, kitob o’qib berish, quchoqlash, suhbatlashish, qo’shiq aytib berish kabi oddiy yo’llar orqali munosabatga kirishar ekanlar, miyadagi ushbu aloqalar yanada samarali tarzda shakllanib boradi.

Sayr davomidagi suhbat, insonlarning hikoyalari, ekspert fikri, aholi fikrini bilish singari interaktiv komponentlar yig’indisi bo’lmish ushbu teledastur taniqli insonlar, ta’lim sohasidagi mutaxasislar va oddiy fuqarolarning bola tarbiyasidagi erkaklar roli to’g’risidagi nuqtai-nazarlarini ham bayon etadi.

Nafaqat sportdagi chempion, balki 4 va 2 yoshdagi ikki qizning otasi sifatidagi chempion bo’lmish Aleksandr Yaxin to’g’risida hikoya qilar ekan, Sasha Graumann bu oila ota-onaning ikkisi ham farzandlar o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam berishini ko’rsatadigan yaqqol misol ekanligini ta’kidladi. Bunga ota-onalar o’ziga xos yo’sinda farzandlarining jismoniy, kognitiv, ruhiy va ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirib boradilar va bu narsa kelgusida bolalarga foyda beradi.

screen2.jpg

скрин.jpg

Taniqli jurnalist Baxtiyor Turaxanov bu nuqtai nazarni to’ldirdi: “U yoki bu sabablarga ko’ra oilada ota bo’lmasa, bolaga uning bobosi, akasi, amakisi yoki tog'asi ko'proq vaqt ajratishi mumkin.»

"Korzinka.uz" supermarketlari tarmog’i rahbari Zafar Xoshimov shunday deydi: "Ota-onalar ko'pincha oila farovonligi uchun mehnat bilan band bo'ladilar. Bola bilan o’tkazilgan vaqtning faqat miqdori emas, balki uning sifati ham muhimdir."

Tok-shouda shuningdek iste'dodli aktrisa va ishlovchi ona Rayhon Ulasenova, mashhur aktyor Yigitali Mamadaliev ham o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar. 

Teledastur boshlovchilari Aziza Nizamova va Amirxon dasturni tomosha qilgach, ko'pgina tomoshabinlar erta bolalikdagi rivojlanishning muhimligi va bola tarbiyasida otaning roli to’grisida fikr yuritadilar deb ishonishadi. EOAVMA va UNICEF tomoshabinlarning savollariga javob beradilar.

DSC_0067.JPG

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 563


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar