O'zbekistonda Xalqaro Bolalar kuni: har bir bola uchun yaxshi ota-onalik

Chop etish versiyasi
01 Iyun 2017

1925 yilda Shveytsariyaning Jeneva shahrida bolalar farovonligini bo’yicha o’tkazilgan jahon konferensiyasi 1 iyunni Xalqaro bolalar kuni deb e’lon qildi. O'zbekistonda bu kun bolalar masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish uchun har yili nishonlanadi.

UNICEF mazkur bayramni nishonlashga qo'shiladi. Biz UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumanndan bolaning ilk yillaridagi rivojlanishi va bunda ota-onalarning roli to’grisidagi fikrlarini bildirishlarini iltimos qildik.

DSC_5566.jpg

- UNICEF har bir bola uchun erta rivojlanish yo’nalishiga e’tibor qaratish va sarmoya kiritish muhimligi yuzasidan hukumatlar, biznes olami va keng omma bilan juda ham faol munosabatga kirsishadi. Ushbu maxsus kunda bizning o’quvchilarimiz nima sababdan erta yoshdagi payt muhim hisoblanishi to’g’risida yaxshiroq tushuncha hosil qilishni istardilar.

- Bola hayotidagi dastlabki uch yil fundamental nuqtai-nazardan juda ham muhim hisoblanadi. Bu yillar bolalarning bo’lajak salomatligi, o’sib-ulg’ayishlari, rivojlanishlari, maktab, oila va mahalla, shuningdek umuman olganda, hayot saboqlarini o’zlashtirishlarida poydevor vazifasini bajaradi.

‘Lanset’ jurnalida chop etilgan umumjahon ilmiy tadqiqotlariga ko’ra, go’dak miyasi hujayralari bir soniyada 1000 ta yangi aloqalarni shakllantirishi mumkin. Farzandlarining eng yosh paytida, ayniqsa dastlabki 1000 kunichida, miya rivojlanishini shakllantirish uchun ota-onalar noyob imkoniyatga ega bo’ladilar.

Ota-onalar o’z farzandlari bilan ularni erkalash, kitob o’qib berish, quchoqlash, suhbatlashish, qo’shiq aytib berish kabi oddiy yo’llar orqali munosabatga kirishar ekanlar, miyadagi ushbu aloqalar yanada samarali tarzda shakllana boradi.

Yana xuddi shu tadqiqotga muvofiq, agar bolalar erta yoshdayoq ko’nikmalarni rivojlantirib bormasalar, bu ularga kattaroq yoshlarida ham qimmatga tushadi. Bolaning erta rivojlanishining munosib darajada bo’lmasligi, kishilarga ular topadigan maoshning chorak qismigacha qimmatga tushishi hamda mamlakat hukumatlariga ular sog’liqni saqlash sohasiga sarf qiladigan sarmoyalarning ikki barobar miqdorigacha qimmatga aylanishi mumkin.


- Ko’pgina oilalar o’zlarining yosh farzandlariga mehribonlik ko’rsatadilar, lekin ayrimlar stress, ya’ni ruhiy zarba sababli yoki tarbiya berish qobiliyatiga ta’sir o’tkazadigan muayyan sharoitlar tufayli bunung uddasidan chiqa olmaydilar. Sizning fikringizcha, bu holatni yaxshilash uchun nimalar qilish mumkin?

- Bugunning bolalari ertanggi kun jamiyatidagi o’sish va taraqqiyotni boshqaradilar.

Taxminlarga ko’ra 250 million  bola, yoki kam daromadli hamda o’rta daromadli mamlakatlarda yashovchi 5 yoshdan kichik bo’lgan barcha bolalarning 43 foizi o’zlarining salohiyatlaridan yetarli foydalana olmaslik xavfiga yuz tutmoqdalar.

Bolaning erta rivojlanishiga sarmoya kiritish bolalar o’z salohiyatlaridan to’liq foydalanishlariga yordam beradi. Bolalarning jismoniy, idrok etish, hissiy, shuningdek ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish nafaqat ular uchun, balki barchamiz uchun foydalidir.

Bunday sarmoyalar qilinishidagi sustkashlik bolalar, ularning oilalari va ular yashaydigan jamiyat uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, tengsizlikning kuchayishiga va ijtimoiy tafovvutning chuqurlashuviga sabab bo’ladi.  

Milliy qonunlar qabul qilish, bola parvarishi bo’yicha sifatly ijtimoiy yordam hamda yaxshi maktabgacha ta’lim orqali oilalarni qo’llab-quvvatlash mumkin.  

Oilalarni, davlat siyosatini joriy etish, kamxarajatli va sifatli bo’lgan parvarishlash hamda munosib tarzda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatish orqali, qo’llab-quvvatlash mumkin.

Ovqatlantirish, o’yinlar, qiziqtirish, to’g’ri tarbiya berish va mas’uliyat bilan parvarishlash masalalariga e’tibor qaratadigan dasturlar ota-onalarga farzandlar tarbiyasi va parvarishida ko’mak berishi mumkin.


- Maktabgacha ta’lim bolaning erta rivojlanishining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Mazkur masala yuzasidan o’z fikrlaringizni bildirsangiz.

- Rivojlanayotgan mamlakatlardagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, erta bolalikdan ta’lim olish boshlang’ich maktabga qabul qilinishida va darslarning o’zlashtirilishida yuqori darajalarga erishishga olib keladi, bu esa o’z navbatida, kelajakda ish topish imkoniyatlariga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Buning aksi sifatida esa, maktabga kech chiqqan va konstruktiv darajada ta’lim olish uchun imkon beradigan zarur ko’nikmalarga ega bo’lmagan bolalarning darslardan ortta qolib ketishi yoki umuman maktabga bormasligi ehtimoli katta bo’ladi. Bu ko’pincha ularning kelgusida kambag’allikda yashashlariga olib keladi. Maktabgacha ta’lim uchun imkoniyatni barcha bolalar uchun ta’minlash eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yilda O’zbekistonda yashovchi 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning faqat 26.5 foizigina maktabgacha ta’lim muassasalariga borgan. Bu degani esa, ushbu yosh guruhidagi bolalarning aksariyati ta’lim olish imkoniyatlaridan mahrum bo’lib, ular maktabda  ta’lim olishga tayyor emaslar.

Mazkur muammoning ikki tarafi mavjud: bir tarafdan, masala mamlakatda maktabgacha ta’lim muassasalarining yetarli ekanligiga bog’liq. Boshqa tarafdan esa, bu ota-onalarning maktabgacha tarbiya masalasining muhimligini bilmasligi yoki unga ishonmasligi bilan bog’liq.

Ayrimlar uchun maktabgacha ta’lim xarajatlarini qoplash qiyin. Shu sababdan ham, UNICEF maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o’rinlarning 15 foizini iqtisodiy jihatdan yetarli ta’minlanmagan oilalar uchun bepul ajratilishi yuzasidan Hukumat bilan ish olib bormoqda. 

Hozirda amalga oshirilayotgan islohotlar bir yillik maktabgacha ta’lim tizimini bolalar uchun majburiy qilinishini ta’minlovchi siyosatning ishlab chiqilishiga turtki bo’layotganidan mamnunmiz. Biz Hukumat bilan ushbu yo’nalishdagi hamkorligimizni davom ettiramiz. 


- Bugungi kunda biz erkak kishining bola tarbiyasidagi o’rni haqida ham so’z yuritmoqdamiz. Ushbu masala yuzasidan o’z fikrlaringizni bildira olasizmi?

- Aksariyat tadqiqotlar tasdiqlashicha, farzand tarbiyasida ishtirok etgan ota xususan bolaning idrok etishi, fe’l-atvori va uning umumiy salomatligi hamda farovonligini ta’minlashda muhim o’rin egallashi mumkin.  

Erkaklarning bolalari bilan munosabatlari ularga mehr ko’rsatishlari, ular bilan o’ynashlari, tarbiyalashlari hamda bolalar bilan so’zlashishlari ustidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, erkaklar nafaqat bolalarga g’amxo’rlik ko’rsata oladilar, balki bu ishni ayollarga nisbatan butunlay o’zgacha bajaradilar. 

O’yinlar ko’pincha otalar bilan bog’liq bo’lib, sherik o’yinchi sifatida erkaklar ayollarga nisbatan ko’proq jismoniy va o’zaro ishonchli hisoblanadiar. Ayollar bolalar bilan o’ynar ekanlar, ko’proq so’z orqali munosabatga kirishish va yo’l-yo’riq ko’rsatishga moyil bo’ladilar. Erkaklar bolalar bilan o’yinlar va munosabatlarni ko’pincha biron topshiriq, mashg’ulot, yoki loyiha ko’rinishida tuzishga moyil bo’ladilar. Ayollar esa, o’yinlar va munosabatlarni ko’pincha biron g’oya yoki o’ylab topilgan vaziayatlar ko’rinishida tuzishga moyil bo’ladilar.

Bu turfa yondashuvlardagi farq bolalarga foydali ta’sir o’tkazadi. Farzandlari bilan noyob usulda va ko’pincha bir-biridan farqli ko’rinishda munosabatga kirishayotgan ikki ota-ona, shu bolalar uchun interaktiv tajribaning turfa xilligini taklif etadilar hamda bolalarni har bir ota-onaga, o’ziga xos aloqadorlik uslubiga ega bo’lgan alohida shaxs sifatida birikishlaridagi qobiliyatlarini rag’batlantiradi.

Tadqiqotlar yana shuni ko’rsatadiki, agar bolaning otasi yelkadosh va farzandlari bilan mashg’ul bo’la olsa, u bolaning idrok etish, til bilish hamda ijtimoiy rivojlanishiga, shu jumladan bilim olishi, farovon turmush kechirayotganlik hissi va o’z-o’ziga bo’lgan hurmatning yuqori bo’lishiga ulkan hissa qo’sha oladi.

Otasiga yaxshi bog’langan bolalar hulq-atvor muammolariga kamroq duch keladilar va spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar suiiste’molidan muhofazada bo’ladilar. Oksford Universiteti tadqiqotchilari ham ma’lum qilishlaricha, otasi ular bilan mashg’ul bo’ladigan o’g’il bolalar ulg’ayganlarida qonunbuzarlik muammolariga duch kelishlari ehtimoli oz sanaladi. 

Bola tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risida so’z yuritar ekanmiz, biz nafaqat biologik otalarni, balki farzandlarni asrab olgan otalarni va xonadondagi boshqa kattalarni ham nazarda tutamiz. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 917


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar