Maxsus kurs bolalarning favqulodda holatlarga yaxshiroq tayyor bo’lishlariga yordam beradi

Chop etish versiyasi
19 Iyun 2017
3 3 Fotosuratlar

Iyun oyida UNICEF tomonodan  tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar tahlikalarini kamaytirish va havfsiz hulq-atvor bo’yicha bilimlarni tadbiq etuvchi materiallar sinovini  yakunlashga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. Toshkentda o’tkazilgan ushbu tadbir Xalq ta’limi vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Seminarda ta’lim hamda favqulodda vaziyatlar bo’yicha mutaxassislar, shuningdek mazkur o’quv materiallarini tajriba-sinovdan o’tkazishda ishtirok etgan o’qituvchilar qatnashdilar. Ishtirokchilar loyiha doirasida olib borgan faoliyatlarining natijalari, tavsiyalar hamda mazkur materiallarni o’quv dasturiga tadbiq etish bo’yicha takliflari bilan o’rtoqlashdilar.

“Mazkur materiallar ularning hayotiga bevosita ta’alluqli bo’lgani sabab, bolalar ularni katta ishtiyoq bilan o’rganmoqdalar hamda olgan bilimlarini o’z oilalarida va do’stlari davrasida o’rtoqlashmoqdalar”, - deydi Qashqadaryodan kelgan ishtirokchi Abduqahhor Rahimov.

Tajriba-sinov jarayoni o’qituvchilar uchun qo’llanma, o’quvchilar uchun didaktik materiallar to’plami, hamda dars jarayonida foydalanish uchun yaratilgan materiallarning foydaliligi nuqtai-nazaridan baholashni qamrab oldi. Mazkur materiallar bolalarga favqulodda holatlarda qo’llashlari uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan bilim va ko’nikmalarni taqdim etadi. O’quv yili davomida mazkur tajriba-sinov maktablaridagi o’qituvchilar ushbu materiallarni samaradorligi, ahamiyati va hayotiyligi mezonlari bo’yicha sinovdan o’tkazdilar. Har ikki vazirlik va UNICEF xodimlarining qo’shma monitoring safarlari davomida bolalar va o’qituvchilarning ushbu materiallar bo’yicha fikrlari yig’ildi.

“Favqulodda vaziyatlarga qadar, ular ro’y berayotgan vaqtda va undan keyingi hatti-harakatlar bo’yicha bilimga ega bo’lish ulkan ahamiyatga ega, va bola bunday vaqtlarda o’zini qanday tutishi lozimligini bilishi juda muhim”, - deydi UNICEFning monitoring va baholash bo’yicha mutaxassisi Anna Mariya van Gur. “Ofatlar bo’yicha bilim berish va ularni bevosita ko’nikmaga aylantirish bolalarga ushbu ofatlarning ularga bo’lgan ta’sirini yaxshiroq bartaraf etishlarida yordam beradi”, - deb ta’kidlaydi u.

Bugungi uchrashuv ishtirokchilari hududlardan kelgan hisobotlarni tingladilar va fikrlar bilan o’rtoqlashdilar. Shuningdek, ular ushbu o’quv materiallarining sifatini oshirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Favqulodda vaziyatlar paytida aholining eng zaif qatlami bolalar ekanligini inobatga olgan holda mazkur kursni bosqichma-bosqich ravishda butun mamlakat bo’ylab o’quv dasturlariga kiritib borish juda katta ahamiyatga ega, chunki bu bolalar orasida havfsiz hulq-atvorni targ’ib etishga yordam beradi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 376


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar