PRESS-RELIZ: UNICEF va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekistondagi har bir bola ravnaqi yo‘lida hamkorlik qiladilar

Chop etish versiyasi
07 Iyul 2017
Press-reliz
4 4 Fotosuratlar

TOSHKENT, 2017 yil 7 iyul – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) O‘zaro anglashuv to‘g’risidagi memorandumni imzoladilar va 2018 yilning oxiriga qadar bo‘lgan muddatga hamkorlik rejasini kelishib oldilar.

Shuni ta'kidlash muhimki, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasini beshta yo’nalish bo’yicha  yanada rivojlantirish harakatlar strategiyasida bolalar ta'limi, tarbiyasi va salomatligi masalalariga, umuman olganda, bolalarning intellektual,  estetik va jismoniy rivojlanishiga katta  e'tibor berilgan. 

UNICEF va  EOAVMA o’rtasidagi memorandumga muvofiq ayollar va bolalar hayotini  yaxshilash va farovonligini oshirishga hamda bola huquqlarini tadbiq  etishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.

Mazkur hujjatni imzolash jarayonida hamkorlar bolalarga mo‘ljallangan yuqori sifatli tele va radio dasturlarning sonini oshirish, bolalar va yoshlarga o‘z hayotlariga taalluqli bo‘lgan mavzularda erkin fikr bildirishlari imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi nodavlat elektron OAVlarida ayollar va bolalar mavzularini yorituvchi dasturlar sifatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar.

“Bugun biz EOAVMA bilan ko‘p yillik hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘tarmoqdamiz, O‘zbekistondagi ayollar va bolalarning turmushi va farovonligini yanada yaxshilash uchun harakat qilyapmiz,” - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Biz bolalar ovozini kuchaytirish, qaror qabul qilish jarayonida yoshlar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda OAV orqali sog’liqni saqlash, bolaning erta rivojlanishi va ta’limi hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov mavzularidagi muhim axborotlarni tarqatishda EOAVMAning roli va hissasini samimiy qadrlaymiz.”

“EOAVMA va  UNICEFni ko’p yillik sermahsul hamkorlik va 2008 yilda boshlangan do’stlik aloqalari bog’laydi,” - deb ta'kidladi  EOAVMA Boshqaruv kengashi raisi Firdavs Abduxalikov. “Eng oliyjanob maqsadlarga -  O’zbekiston bolalari va oilalarining hayotini  yaxshilashga va bola huquqlarini ilgari surishga qaratilgan Memorandumning imzolanishini biz O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan, bolalar ta'limi, tarbiyasi va salomatligi masalalariga,  bolalarning intellektual,  estetik va jismoniy rivojlanishi masalalariga katta  e'tibor berilgan 2017-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasini  yanada rivojlantirish harakatlar strategiyasini amalga oshirishda notijorat tashkilotlar ishtirokining navbatdagi qadami deb baholaymiz. Ana shu oliyjanob vazifalarni amalga oshirishdagi bu ikki tomonlama manfaat bizning birgalikdagi ishimizni belgilab beradi va, shubhasiz,  yaxshi natijalarga olib keladi”.

Memorandum doirasida, ko’plab birgalikdagi tadbirlardan tashqari, OAV xodimlari salohiyatini oshirish, shuningdek turli auditoriya uchun mo’ljallangan zamonaviy va qiziqarli kontent tayyorlash uchun innovasion texnologiyalardan foydalanish maqsadida Bolalar telestudiyasini tashkil  etish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga hamkorlar “Markazda bolalar” deb nomlanuvchi tele- va radio-shou turkumlari, O’zbekiston bolalari va oilalariga tegishli masalalarni ko’tarib chiqadigan oylik dasturlar interaktiv turkumi  ustida ishlashni davom  ettiradilar.

######

UNICEF to’g’risida

O’z faoliyati orqali  UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga  erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan,  ijtimoiy jihatdan  yakkalab qo’yilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yo’lida harakat qilamiz.

To’liq ma'lumot olish uchun  UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi veb sayti www.unicef.uz ga tashrif buyuring hamda  yangiliklarni Facebook va Twitter dagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qiling:
Nargiza Egamberdieva, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
Telefon: + 998 93 380 34 19 
Elektron pochta:negamberdieva@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 419


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar