PRESS-RELIZ: UNICEF O‘zbekistonda tibbiy patronaj xizmati tizimini yanada kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda

Chop etish versiyasi
19 Iyul 2017
Press-reliz

TOSHKENT, 2017 yil 19 iyul - UNICEF Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblarining 2017 yil 6 iyuldagi nutqida sog‘liqni saqlash xizmatlarini yanada yaxshilash borasidagi fikr-mulohazalarini hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga tibbiy patronaj xizmati tizimi to’g’risida Nizom ishlab chiqishni topshirganini qutlaydi.

UNICEF 2016 yilda mavjud tibbiy patronaj xizmati tizimining asosiy kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, uni yanada yaxshilash bo’yicha quyidagi tavsiyalrni ishlab chiqdi:

  • Ona va bolaga yo‘naltirilgan asosiy xizmatlarni samarali ravishda taqdim etish uchun ijtimoiy jihatdan zaif bo‘lgan bolalar va oilalarni o‘z vaqtida aniqlash;
  • Dalil va eng yaxshi xalqaro amaliyotlarga asoslanib, xizmatlarni standartlashtirish; va
  • Mehnat resurslarini sog’liqni saqlash ximatlaridan boshqa tadbirlarga jalb etmaslik.

“UNICEF Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan qo’shma dasturni amalga oshirishga, xususan, tibbiy patronaj xizmat tizimini yanada kuchaytirish yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirishga shay ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. Ishonchimiz komilki, bu tizimida amal qilayotgan umumiy yondashuvning o‘rniga universal-maqsadli yondashuvni qo‘llash lozim,” - deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Ushbu sohadagi samarali xizmatlar O‘zbekistondagi ayollar va bolalar farovonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.” 

Patronaj xizmatini ko‘rsatishdagi yangi yondashuv ijtimoiy jihatdan eng zaif bo‘lgan bolalar va ayollarga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni vaqtda, butun sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi. 

UNICEF patronaj xizmat tizimini takomillashtirish ishida Hukumatga ko‘maklashishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi hamda Nizomni ishlab chiqishda xalqaro standartlar va eng ilg‘or tajribalarni qo’llash asosida o’z ko‘magini taklif qiladi. 

######

O‘z faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning mafaatlari yo’lida harakat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to’g’risida to’liq ma’lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring hamda yangilikalarni Twitter va  Facebook dagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Fahriddin Nizamov, sog’liqni saqlash masalalari bo’yicha maslahatchi

Теlefon: + 998 93 399 05 57

Elektron pochta: fnizamov@unicef.org


Nargiza Egamberdieva, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Теlefon: + 998 93 380 34 19 

Elektron pochta:negamberdieva@unicef.org


Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 220


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar