PRESS-RELIZ: Ko’krak suti bilan oziqlantirish bolalar hayotini saqlab qoladi va mamlakatlar rivojiga hissa qo’shadi

Chop etish versiyasi
01 Avgust 2017
Press-reliz

Toshkent, 1 avgust 2017 yil –avgust oyining birinchi haftasi Jahon ko'krak suti bilan oziqlantirish haftaligi (JKSBOH) sifatida 170 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda ham nishonlanadi. Uning bu yilgi mavzusi – «Ko’kak suti bilan oziqlantirishni birgalikda qo’llab-quvvatlaylik!»

«Ko'krak suti bilan oziqlantirish – birgina ayolning ishi emas. Uni barcha - oilalar, jamoalar, tibbiyot xodimlari, ish beruvchilar va hukumatlar qo’llab-quvvatlashi lozim», - deydi Afshin Parsi, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini ijro etuvchi. «Ko'krak suti bilan boqishga sarflangan xarajatlar bolalar salomatligi hamda mamlakat farovonligi uchun qilingan oqilona investitsiyalardir.  Farzandlarini ko’krak suti bilan katta qilayotgan onalarni birgalikda qo’llab- quvvatlar ekanmiz, kelgusi avlodlarning salomatligi va farovonligini himoya qilgan bo’lamiz».

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 2009 yilda ko’krak suti bilan oziqlantirish ko’rsatkichi ayollar tug’ruqxonadan chiqayotganda 90% dan yuqori bo’lgan. Biroq keyingi oylarda bu ko’rsatkich 50% gacha tushib ketadi.

Ko’krak suti emlash kabi ta’sir ko’rstib, bolani kasalliklardan himoya qiladi hamda yaxshi oziqlanishning asosini tashkil qiladi. Shunday qilib, ko’krak suti bilan oziqlantirish barcha bolalar so’g’lom bo’lishlariga va tolaqonli rivojlanishlariga imkon beradi.

Kokrak suti bilan oziqlantirish tibbiyot sohasidagi xarajatlarni qisqartirgani sabab milliy iqtisodiyotga ham foyda beradi, ta’lim darajasini ko’taradi va, nihoyat, ish samaradorligini oshiradi.

Kokrak suti bilan oziqlantirish o’lim ko’rsatkichining pastligi, shuningdek, IQ darajasi 3-4 daraja yuqori bo’lishi bilan aloqador. Ko’krak suti bilan farzandlarini oziqlantirayotgan onalarni qo’llab-quvvatlash diareyani ikki barobar, respirator infektsiyalarni esa uchdan birga qisqartirishi mumkin. Kokrak suti bilan oziqlantirish onalarnig o’zi uchun ham foydali, chunki bu ijobiy amaliyot ko’krak bezi va tuxumdonlar saratoni kasalligi va qandli diabet xavfini kamaytiradi.

Barqaror rivojlanish maqsadlarining ko’piga erishishda ham kokrak suti bilan oziqlantirish mujim rol o’ynaydi. U bolalr oziqlanishini yaxshilaydi, ular o’limining oldini oladi, infektsion bo’lmagan kasalliklar xavfini kamaytiradi hamda kognitiv rivojlanish va ta’limni qo’llab-quvvatlaydi. Shuningdek, kambag’allik va tengsizlikning kamayishiga, iqtisodiy o’sihga ko’mak beradi.

Avgustning birinchi haftasida UNICEF Kokrak suti bilan oziqlantirish global kampaniyasini qo’llab-quvvatlaydi.  Kampaniya hukumatlarni, donorlar va qaror qabul qiluvchi shaxsalrni bolalarni kokrak suti bilan oziqlantiradigan ayollar uchun sharoit yaratib berish borasidagi siyosat va dasturlarni ilgari surishga da’vat etadi.

######

UNICEF to’g’risida

O‘z faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning mafaatlari yo’lida harakat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to’g’risida to’liq ma’lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring hamda yangilikalarni Twitter va  Facebook dagi sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Atul Kumar, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha bo’lim rahbari

Теlefon: + 998 93 550 01 55

Elektron pochta: akumar@unicef.org

 

Nargiza Egamberdieva, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Теlefon: + 998 93 380 34 19 

Elektron pochta:negamberdieva@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 416


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar