Ko‘krak suti bilan boqish masalasiga yulduzli nigoh: Bola huquqlari bo‘yicha UNICEF Milliy chempioni Lola Yuldasheva bilan suhbat

Chop etish versiyasi
01 Avgust 2017

photo_2017-08-01_19-14-11.jpg

- Siz nima deb o‘ylaysiz, nima uchun axborot davrida, ko‘krak suti bilan boqish naqadar foydaliliga to‘g‘risida juda ko‘p dalillar mavjud bo‘lganda ko‘pgina ayollar bunday amaliyotni qo‘llashga shoshilmayaptilar?

- Ma’lumotlar ko‘p, lekin biz o‘zimizga yaqin bo‘lganlariga ishonishga odatlanganmiz. Bunday ma’lumotlar doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Bizning hayotimizda ko‘p narsa hali ham avvalgi tizim sarqitlariga bog‘liq. O‘sha davrlarda asosiy e’tibor bolalarni parvarishlashga emas, onalarni tezroq ishchilar qatoriga qaytarishga qaratilgan.  

Ba’zan ko‘krak bilan emizish targ‘ibotiga salbiy nuqtai nazarni kuzatish mumkin. Buning sababi bilim yetishmasligidan yoki ona va bola uchun o‘ta zarur bo‘lgan damlarda tegishli joylarda kerakli mutaxassislar yetishmasligida, deb o‘ylayman.  

Agar foydali amaliyotlar to‘g‘risida OAV, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq so‘z yuritilsa, hayotiy misollarni keltirib, axborot kampaniyalari tashkil etilsa, odamlar buning to‘g‘risida ko‘proq eshitadilar va ishona boshlaydilar. Lekin, bola o‘zi uchun eng maqbul ozuqa olishi mumkin bo‘lishi uchun inson omili xalaqit bermasligini istardim, albatta.

Har bir ona albatta uchraydigan - hali 6 oylik bo‘lmagan chaqaloqni qo‘shimcha emdirish maslahatini olaylik. Bunday maslahat ezgu maqsadda beriladi, biroq u noto‘g‘ri, va bundan tashqari, bolani qo‘shimcha ovqatlantirib va oshqozonini to‘ldirib tashlab, ona keyinchalik yetarlicha sut ishlab chiqarmay qolishi muammosiga duch keladi. Bu bosqichdagi yana bir noto‘g‘ri maslahat ona farzandini ko‘krak suti bilan emizishni ancha erta to‘xtatishiga olib keladi.

- Nima deb o‘ylaysiz, ko‘krak suti bilan boqish – bu faqat onalarga xos g‘amxo‘rlikmi yoki buni har bir odam qo‘llab-quvvatlashi mumkinmi? Va buni qanday amalga oshirish mumkin?

- Tabiatning o‘zi shunday yaratganki, faqat onagina o‘z homilasini 9 oy qornida ko‘tarib yurish, yangi inson dunyoga kelgan keyin esa uni boqish bo‘yicha ajoyib imkoniyatga ega. Biroq, o‘z-o‘zidan ma’lumki, bu davrda ona chaqaloqni dunyoga keltirishga sarflagan kuchlarini tiklashi uchun unga yordam va ko‘mak talab etiladi. Mening nazarimda, o‘z kichkintoyini yangi kuch va yaxshi kayfiyat va mehr bilan parvarishlaydigan emizikli onani himoyalash va unga g‘amxo‘rlik qilish – bu juda olijanob harakat.  

Ruhiy zarba onaga, bolani ko‘krak bilan emizishga va, nihoyat, bolaning o‘ziga qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishini barchamiz bilamiz. Onanig ruhiy holatini yetarlicha baho bermaslik mumkin emas. Xayriyatki, ijobiy tendensiyani kuzatish mumkin, otalar bola tug‘ilishi va uni parvarishlash jarayoniga ko‘proq jalb qilinish, o‘z xotinlariga yordam berishga harakat qilyaptilar. Bu masalada barcha oila a’zolari ijobiy rol o‘ynashlari mumkin.  

- Sizning nazaringizda, qanday da’vat bolani faqat ko‘krak suti bilan boqish naqadar foydali ekanligiga odamlarni ishontirishi mumkin?

- O‘z tajribamdan kelib chiqib, aytishim mumkinki – men qanday yo‘l tutish haqida ko‘p o‘yladim, chunki mening ishimda tashqi ko‘rinishingiz juda muhim, va ko‘p holatlarda uydan tashqarida bo‘lishga to‘g‘ri keladi, bu esa emizib boqish uchun ma’qul jadval bo‘la olmaydi. Shu bois barcha yaxshi va yomon tomonlarni chamalab, bola umrining ilk olti oyi juda muhim, degan qarorga keldim va ko‘krak suti bilan boqish amaliyoti men tanlashim lozim bo‘lgan barcha ustuvorliklardan baland keldi. Men ko‘krak suti bilan emizish u ona uchun yaratishi mumkin bo‘lgan ehtimolli noqulayliklardan ancha ko‘proq foyda keltiradi, degan xulosaga keldim.    

Bizning jamiyatimiz bolani emizib boqishga juda ijobiy munosabatda, shuning uchun bola umrining birinchi olti oyida uyda bekinib o‘tirishga jiddiy zarurat yo‘q. Emizikli ona ham o‘z kichkintoyi bilan faol turmush tarzini yuritishi mumkin. Agar ona tushungan va o‘zoqni ko‘ra biladigan ish beruvchi duch kelib qolsa, unga bolasi uchun juda muhim bo‘lgan ko‘krak suti bilan emizib boqish bo‘yicha yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdor bo‘lganligi uchun ham ishtiyoq bilan ishga kirishib ketishi va boshqalardan kam bo‘lmagan, ehtimol, yanada yuqori natijalarni ham ko‘rsatishi mumkin.

Ehtimol, barcha yaxshiliklarni munosib qaytarishga odatlangan biz kabi odamlar uchun shu qadar oddiy va foydalanish mumkin bo‘lgan narsa shu darajada muhim bo‘lishi mumkinligini tushunish murakkabdir.  

Aziz ota-onalar, men sizlarga bolajon uchun eng ma’qul tanlov – muvaffaqiyatli hayoti uchun eng yaxshi zamin yaratadigan ko‘krak suti bilan boqish amaliyotiga rioya qilishni tavsiya qilaman – barchamiz farzandlarimiz uchun shunday niyat qilmaymizmi, axir?

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 1042


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar