Ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligi munosabati bilan UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann nomasi

Chop etish versiyasi
01 Avgust 2017

DSC_5633_новый размер.jpg

Jahon ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligi har yili 1-7 avgust kunlari nishonlanadi. Bu ko’krak suti bilan oziqlantirish chaqaloq hayotini eng yaxshi tarzda boshlashi uchun imkoniyat ekanligini yana bir bor yodga olishimiz uchun imkoniyatdir.

Dalillar shuni ko'rsatadiki, ko’krak suti bilan oziqlantirish chaqaloqlar va onalarning o’rganish qobiliyati va salomatligi uchun foydalidir. Bu ayniqsa chaqaloqlar o'limning ikki asosiy sababi - diareya va pnevmoniyaning oldini olish uchun dastlabki olti oyda juda muhimdir. Farzandini emizadigan onalar uchun ayollar o'rtasida o'limning ikki asosiy sababi hisoblanmish tuxumdon va ko'krak saratoni xavfi kamayadi.

Ko’krak suti bola uchun emlash vazifasini bajaradi. U yaxshi ozuqalanishning asosi hisoblanadi va bolani kasallanishdan himoya qiladi. Ko’krak suti bilan oziqlantirish mamlakatlar o’z yosh fuqarolarining salomatligi, iqtisodiyoti va jamiyati kelajagi uchun eng samarali, va ayni vaqtda xarajatlar borasida ham samarali investitsiyadir. Ko’krak suti bilan oziqlantirishni qo’llab-quvvatlashga sarflangan har bir AQSh dollari kam daromadli va o’rta daromadli mamlakatlar iqtisodiyotida taxminan 35 AQSh dollari bo’lib qaytadi.

Dunyo bo’ylab yangi tug’lgan chaqaloqlarning yarmidan kami ko’krak suti bilan oziqlantiriladi. Dastlabki olti oy davomida faqat ko’krak suti bilan oziqalanuvchi chaqaloqlar soni esa undan ham kam.

“Lancet” jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga qaraganda, ikki yoshgacha bo’lgan bolalarni ko’krak suti bilan oziqlantirishning yaxshi yo’lga qo’yilishi bolaning omon qolishiga eng ijobiy tarzda ta’sir qilar ekan. Bu amaliyot rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili 800 mingdan ortiq bolalar o’limining oldini olish imkonini beradi. Bu raqam bolalar o’limi umumiy ko’rsatkichining 13 foizini tashkil qiladi.

2009 yil bo’yicha taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda faqat ko’krak suti bilan oziqlantirish ko’rsatkichi tug’ruqxonalardan chiqish vaqtida 90% ni tashkil qilgan. Ammo ushbu ko’rsatkich keyingi bir necha oy davomida 50% gacha pasayadi.

Butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda ham, ko’krak suti bilan oziqlantirishga xalaqit beruvchi omillardan biri chaqaloqlar sun’iy ozuqasining ko’krak sutining o’rnini bosuvchi ozuqa sifatida qo’llanilishidir. UNICEF mamlakat hukumati bilan hamkorlikda ko’krak suti bilan oziqlantirish amaliyotini mustahkamlash orqali bolalar ozuqalanishi holatini yaxshilash ustida ish olib bormoqda. Ko’krak suti o’rnini bosuvchi ozuqalarning savdosi bo’yiha Xalqaro kodeksning qabul qilinishi bu yo’nalishdagi ijobiy qadamlardan biri bo’lishi mumkin.

Mazkur kodeks tavsiyalar to’plamidan iborat bo’lib, ular ko’krak sutining o’rnini bosuvchi ozuqalar, sut uchun idish va so’rg’ichlar savdosini tartibga solishga qaratilgan. Kodeks ko’krak sutining o’rnini bosuvchi ozuqalarning agressiv va nojoiz marketingini to’xtatishga qaratilgan.

Bu yilgi Jahon ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligining mavzusi “Ko’krak suti bilan oziqlantirishni birgalikda qo’llab-quvvatlaylik” deb nomlanadi. Ko’krak suti bilan oziqlantirish birgina ayol kishining vazifasi emas. Biz barchamiz, ya’ni hukumatlar, qaror qabul qiluvchilar, taraqqiyot bo’yicha hamkorlar, professional tashkilotlar, fan namoyandalari, ommaviy axborot vositalari, hamjamiyatlar va oilalar yanada barqaror kelajakka erishish yo’lida ko’krak suti bilan oziqlantirish amaliyotini qo’llab-quvvatlamog’imiz lozim.

Yosh onalar faqat ko’krak suti bilan oziqlantirish amaliyotini erta tadbiq etishlari va uning istisnosizligi va davomiyligini ta’minlashlari, ularning oila a’zolari esa mazkur amaliyotning barqaror bo’lishini ta’minlashda yordam berishlariga erishish uchun UNICEF Sog’liqni saqlash vazirligi hamda boshqa hamkorlar bilan faoliyatini davom ettiradi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 831


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar