Оnaga g’amho’rlik ko’rsatish - muvaffaqqiyatli ko’krak suti bilan oziqlantirishga erishish yo’li

Chop etish versiyasi
07 Avgust 2017

Jahon Ko’krak suti bilan oziqlantirishni qo’llab-quvvatlash haftaligi arafasida ko’krak suti bilan oziqlantirish bo’yicha mustaqil maslahatchi, uch farzandning baxtli onasi va muvaffaqqiyatli tadbirkor Dinara Urmanova bilan bo’lgan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

photo_2017-08-07_11-18-52.jpg

- Ko’krak sutib bilan oziqlantirish qanday qilib sizning professional mavzuingizga aylanib qoldi?

- Men bunga o’z hayotiy tajribam orqali keldim. Katta o’g’lim yaqinda 10 yoshga to’ldi. Farzandim dunyoga kelmaguniga qadar ko’krak suti bilan oziqlantirish to’g’risida o’ylamagan ekanman. U dunyoga kelgach, juda ko’plab zararli maslahatlarga quloq soldim va natijada bir talay muammolarni boshdan kechirdim. Shunda, odam o’zining ichki sizgisiga ham quloq solishi kerakligiga amin bo’ldim.

Internetga kirib, savollarimga javob qidira boshladim, ko’krak suti bilan oziqlantirish bo’yicha mutaxassis bo’lgan maslahatchilarning tavsiyalarii ola boshladim va natijada, muammolarimga echim topdim. O’rganganlarimni tanish onalar bilan o’rtoqlasha boshladim. Bu esa ko’pchilikka yordam berdi. Vaqt o’tishi bilan menda maslahatchi bo’lishga ishtiyoq uyg’onganligini sezdim, chunki men kerakli ma’lumotni samarali tarzda etkiza olaman va qolaversa, katta shahsiy tajribaga egaman – axir uch farzandning onasimanku.

O’sha kezlarda JSSTning maslahatchilarga sertifikat beruvchi o’quv kursida o’qish imkoniyati mavjudligidan xabar topdim. Pediatriya ilmiy-tekshirish institutida bir nechta kurslarda o’qidim. Hanuz emizikli ona bo’lganim sabab o’quv kurslarida olgan bilmlarimni amaliyotda qo’llab ko’rish imkoniyatiga ega edim. Rossiyaning Peterburg shahrida joylashgan, Tabiy usulda ko’krak suti bilan oziqlantirish bo’yicha maslahatchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan “AzbukaMama” (“Onalar alifbosi”) tashkilotining ko’krak suti bilan oziqlantirish bo’yicha internet orqali taqdim etiluvchi o’quv kursini tamomladim.

Maslahatchilik faoliyatini boshlaganimdan beri o’tgan yillar davomida yuzlab insonlarga individual maslahatlar berdim, minglab onalarning internet yoki telefon orqali bergan savollariga javob qaytardim. Bolalarga o’zlari uchun mavjud bo’lgan eng yaxshi imkoniyatlardan foydalanishlarida yordam berish, onalarga esa, tinchlanish, ko’krak suti bilan oziqlantirishni yo’lga qo’yishlarida va ayni vaqtda to’laqonli hayot kechirishda davom etishlarida yordam berish menga yoqadi.

- O’z faoliyatingizda ko’krak suti bilan oziqlantirish xususida keng tarqalgan noto’g’ri tasavvurlarning qay birlari tez-tez uchrab turadi?

- Bu – “chaqaloq uyg’onmasdan 3-4 soat uxlashi “shart”, kun davomida, har biri 15-20 daqiqa davom etuvchi muddatlarda ovqatlanishi, qolgan vaqt esa, o’z yotog’ida jim yotishi kerak” degan tusuncha. Chaqaloqning hech kim oldida hech qanday majburiyati yo’q. Chaqaloqlarning har bir – mustaqil shaxsdir. Fiziologiya va laktatsiya jarayonlari bunday ishlamaydi. Ko’krak suti bilan oziqlantirish bola uchun faqat ovqatlanishning o’zini anglatmadi. Bola och yoki to’qligini hisoblab aniqlash, nima uchun u ko’proq yoki kamroq emishni istayotganini tushunib etishga harakat qilish kerak emas. Unga mazkur jarayonni boshqarish imkonini berish lozim. Shundagina bola o’ziga kerak bo’lgan narsani oladi va buni o’z vaqtida oladi. Agar onaning o’zi emizishni yaxshi yo’lga qo’yib olishni istasa va uning oilasi va yaqinlari uning ushbu qarorini ma’qullab, yordamlashsalar, bu - umuman qiyin emas.

Yana bir yanglish fikr – ko’krakdan majburiy tarzda chiqarish. Ko’pchilik ko’kraklarni tortib boylab olish kerak, yoki ularning uchiga “zelyonka” surib olish kerak deb o’ylashadi, ya’ni o’zlarini ham, farzandlarini ham qiynoqqa duchor qilishga kirishishadi. Agar ko’krakdan chiqish bolaning o’z ihtiyori bilan yuz beradigan bo’lsa, bu bir tekis, hech qanday siqilishlarsiz ro’y beradi. Buning uchun esa, bor-yo’gi bola talab qilganda uni emizib turishning o’zi kifoya.

- Ko’krak sutining yo’qolishi omillaridan qay birlari tez-tez uchraydi?

-  O’sha hammamizga ma’lum “sut kelmay qoldi” degan holatga ko’pincha bola yig’lasa, “qorni to’ymay qolyapti” deb, unga butilkachada ozuqa berish, so’rg’ich berish, suv ichirish kabilar sabab bo’ladi. Avvaliga prolaktin darajasi yuqori bo’ladi. Oylar o’tishi bilan prolaktin ishlab chiqish mexanizmi o’zgaradi va u onaning hotirjamligi, kuniga necha marta bo’lani ko’kragiga qo’yishi kabi omillar asosida shakllanadi. Onalar “sut kelmay qoldi” deb chaqaloqlar ozuqasini berishga shoshadilar. Bunga ko’pincha atrofdagilarning “maslahat”lari turtki bo’ladi.  

Ko’krak suti bilan boqish ham mehnat. Ko’krak suti bilan muvaffaqqiyatli boqish hamda qoloq fikrlarga qarshi tura olish uchun kerakli bilimlarga ega bo’lish lozim.

- Jahon Ko’krak suti bilan oziqlantirishni qo’llab-quvvatlash haftaligi munosabati bilan qanday xitob qilgan bo’lardingiz?

- Eng avvalo, men onalarni qo’llab-quvvatlash tarafdoriman. Agar ayol kishiga e’tibor qaratilsa, g’amho’rlik ko’rsatilsa, u ko’krak suti bilan oziqlantirishni yo’lga qo’yish uchun o’zida kuch va istakni topa oladi. Shunda unga ko’krak suti bilan boqish ham oson va yoqimliroq bo’ladi. Onaga g’amho’r bo’lish, onaga g’amho’r bo’lish demakdir. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 145


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar