Кo’krak suti bilan oziqlantirish: xato tushunchalarga qarshi kurashish, dalillarni keltirish

Chop etish versiyasi
10 Avgust 2017

Har bir ona farzandi o’z hayotini eng a’lo darajada boshlashini istaydi. Bizning vazifamiz – har bir ona o’z farzandi uchun eng a’lo bo’lgan narsalar nimalar ekanligini va farzandiga bu narsalarni qanday yetkazib berishni bilishini ta’minlashdan iborat.

Jahon Ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligi arafasida UNICEF jamg’armasi hamda Elektron axborot vositalarining milliy assotsiatsiyasi ko’krak suti bilan oziqlantirish mavzusiga bag’ishlangan qiziqarli teledasturni yaratish ustida hamkorlik qildilar. Mazkur dastur “Markazda bolalar” turkumidagi teledasturlarning biri o’laroq tayyorlandi.

DSC_0054.jpg

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Sasha Grauman, laktatsiya masalalari bo’yicha xalqaro mutaxassis Elis Allan hamda O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi mutaxassislari mavzu bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.

Dasturda ko’krak suti bilan oziqlantirish borasida qiziqarli hayotiy tajribaga ega bo’lgan onalarning hikoyalari ham taqdim etildi. Ular o’z hikoyalari bilan o’rtoqlashar ekanlar, barcha onalarni ushbu muhim amaliyotni qo’llashga chorladilar va ular duch kelishlari mumkin bo’lgan har qanday qiyinchilikni to’g’ri bilm va malaka bilan qurollangan holda yengib o’tish mumkinligini ta’kidladilar.

Teledasturda aktrisa va telesuhandon Rayhon Ulasenova hamda taniqli qo’shiqchi Ruhshona ishtirok etdilar. Ushbu mash’hur yulduz va ayni chog’da – yosh onalar, ko’pchilik onalarning ko’krak suti bilan oziqlantirishni erta to’xtatib qo’yishlariga sabab bo’layotgan, keng tarqalgan xato tushunchalarga qarshi kurashishga bag’ishlangan savol-javob bellashuvida qatnashdilar. 

Still0803_00000.jpg

Taniqli xalqaro mutaxassis Alis Alan esa, ko’krak sutining nodir tarkibini va u chaqaloqning o’sib borayotgan tanasi va miyasi ehtiyojlariga naqadar a’lo darajada mos kelishi va aynan shuning uchun ham chaqaloqlar va go’daklar uchun eng samarali ozuqa ekanligini tasdiqlovchi oddiy, ammo tomoshabinda katta taassurot qoldiruvchi laboratoriya tahlilini amalda namoyish etdi. 

Mazkur interfaol teleshouning MY5 telekanalidagi efirini o’tkazib yuborgan tomoshabinlar uni O’zbekistondagi UNICEF vakolatxonasining Youtube tarmog’idagi kanalida topishlari mumkin. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 581


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar