Ko’krak suti bilan oziqlantirish: To’g’ri amaliyotni qo’llash

Chop etish versiyasi
09 Avgust 2017

2017 yil 2 avgust kuni, ya’ni Jahon Ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligida, Ucell kompaniyasining yosh xodimlari ko’krak suti bilan oziqlantirish masalalariga bag’ishlangan interfaol muhokamada ishtirok etdilar.

UNICEF va Ucell tomonidan tashkil etilgan anjumanda Sog’liqni saqlash vazirligi mutaxassislari ko’krak suti bilan oziqlantirish qay yo’sinda insonlar hayotini saqlab qolishi to’g’risida bir qator muhim va qiziqarli ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar hamda ishtirokchilarning ko’plab savollariga javob berdilar.

1.jpg

“Jahon Ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligi rahbarlar, faollar, mash`hur insonlar, korporatsiyalar, onalar va otalar, ya’ni barchani muhim mavzuda birlashishga hamda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan ko’krak suti bilan oziqlantirish amaliyotini qo’llab-quvvatlashga chorlash uchun yana bir imkoniyatdir”, - deb ta’kidladi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi, Muloqot bo’limi rahbari janob Atul Kumar o’zining kirish so’zida. “Bugungi tadbir Ucell kompaniyasi ulkan maqsadlarga erishish yo’lida UNICEF jamg’armasi bilan qanday ish olib borayotganligini va biz ishxonalarda emizikli onalar uchun qanday qilib yaxshiroq sharoitlar yaratib berishimiz mumkinligi, shuningdek bu muhim amaliyotni Ucellning millionlab mijozlari o’rtasida qanday targ’ib qilishimiz mumkinligini ko’rsatuvchi kichik bir misoldir”, - deb urg’u berdi janob Kumar.

AFG_7820 (2).JPG

2016 yildan boshlab UNICEF va Ucell kompaniyasi O’zbekistondagi ayollar va bolalar farovonligini oshirish yo’lida davlat-xususiy sektor hamkorligiga asos soldilar.

“Ko’krak suti bilan oziqlantirish chaqaloqlarga hayotlarini eng yaxshi tarzda boshlash imkonini berish bilan birga, onalar uchun ham foydalidir. Agar ish beruvchi ayollarga farzandini emizish yoki u uchun ko’krak sutini tayyorlab olishi uchun kerakli sharoitlar yaratsa va tanaffuslar taqdim etilishini yo’lga qo’ysa, ularning ishga rejadan og’magan tarzda qaytishlari ehtimoli yuqori bo’ladi; ish beruvchi esa, mutaxassis xodimlarini yo'qotmaydi”, - deydi Ucell kompaniyasi Xodimlar bilan ishlash va ma’muriy masalalar bo’limi boshlig’i Nigar Xuseynzade

AFG_7847.JPG

Tadbirda ko’krak suti bilan oziqlantirish mamlakatlar iqtisodiyotining ravnaqiga qanday xissa qo’shishi mavzusiga alohida urg’u berildi. Ko’krak suti bilan oziqlantirish ko’rsatkichlarining oshishi sog’liqni saqlash harajatlarining kamayishiga hamda kuchliroq va qobiliyatliroq ishchi kuchini shakllanishiga sabab bo’lish orqali mamlakat taraqqiyotini jadallashuviga ko’maklasha oladi. Jahon taraqqiyot maqsadlarining har biriga erishishda ko’krak suti bilan oziqlantirish sezilarli xissa qo’sha oladi, buni ta’minlashda esa xususiy sektorning o’rni ulkan bo’lishi mumkin.

“Ushbu qiziqarli anjuman uchun sizga katta minnatdorchilik bildiraman. Yoshlardan iborat mehnat jamoalari uchun bunday tadbirlarning tashkil etilishi juda ham yaxshi g’oya deb o’ylayman”, - deydi Ucell kompaniyasi xodimi Kamila Kurmakaeva. “Men kelajakda ona bo’laman va bugun olgan ma’lumotlarim yaqin kelajakda menga juda qo’l keladi”, - deb xulosa qildi Kamila.

Bu yilgi Jahon Ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligining mavzusi “Ko’krak suti bilan oziqlantirish barqarorligini birdalikda ta’minlash”dir. Ko’krak suti bilan oziqlantirish faqat bitta ayol kishining vazifasi emas. Tadbir oxirlab borar ekan, uning barcha ishtirokchilari kelajagimiz yanada barqaror bo’lishini ta’minlash uchun barchamiz ko’krak suti bilan oziqlantirishni qo’llab-quvvatlash yo’lida birlashishimiz lozimligi xususidagi fikrga qo’shilishlarini bildirdilar. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 264


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar