Yoshlar o‘zgarishlarga ko‘maklashmoqda: yoshlarni sarfarbar etish, o‘qitish va ilhomlantirish

Chop etish versiyasi
07 Sentabr 2017

Keyingi bir necha oy davomida mamlakatda yoshlar va mansabdorlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish ahamiyati, hamjamiyatlar darajasida rivojlanishda yoshlar ishtirokini kuchaytirish masalasi kuchli muhokama qilinmoqda. UNICEF va Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi (BOQA) ko‘p yillar davomida ushbu masalalarni hal qilish ustida ish olib boryaptilar va ularning o‘zaro hamkorligi samarali davom etmoqda. 

photo_2017-09-08_16-13-32.jpg

Joriy yil 8 avgustdan 16 avgustgacha UNICEF va BOQA, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ko‘magida, yozgi maskan formatida yoshlar seminarini o‘tkazdilar. Ushbu tadbir «Hamjamiyatlarni rivojlantirishda yoshlar ishtiroki» qo‘shma tashabbusni amalga oshirish yo‘lidagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur tashabbusni ro‘yobga chiqarishga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ham ko‘maklashmoqda.

Yozgi maskanda O‘zbekistonning barcha mintaqalaridan tashrif buyurgan 40 nafardan ortiq o‘smirlar ishtirok etdilar. Seminar maqsadi bolalarning hayotiy ko‘nikmalarini oshirish, ular bola huquqlarini tushunishlarini yaxshilash va ularda o‘z hamjamiyatlaridagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradigan fazilatlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

photo_2017-09-08_16-13-43.jpg

Interfaol sessiyalar davomida qatnashchilar o‘zlari va ularning tengdoshlari kundalik hayotda duch keladigan turli muammolarni, ularni hal qilishda o‘z iqtidorlari va g‘ayratlarini jalb qilish yo‘llarini muhokama qildilar. Buning uchun yoshlar kattalar va shu jumladan qaror qabul qiluvchi shaxslar bilan yaqin hamkorlik qilishlari lozimligi ta’kidlandi.

«Bir necha kun davom etgan seminar menga 15 yillik umrim davomida orttirganimdan ko‘proq bilim va foydali ko‘nikmalarni taqdim etdi», – deb ifodalaydi o‘z taassurotlarini Andijondan kelgan Asadbek Madaminov. «Bu juda ajoyib tajriba bo‘ldi. Men o‘z kuchlarimga ishonch hosil qildim va muammolarni hal qilish bo‘yicha samarali ko‘nikmalar orttirdim, va endi o‘z shahrimga qaytganimdan keyin ulardan albatta amaliy foydalana boshlayman». 

Seminar ishtirokchilari, ularning fikricha, zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan o‘z hamjamiyatlariga oid dolzarb masalalarni belgiladilar. Ular mazkur muammolarni hal qilish yuzasidan 20 ta loyihaviy takliflarni hamda keyingi bir necha oy davomida mahalla, tuman va viloyat darajasida amalga oshiriladigan harakatlar rejalarini ishlab chiqdilar.

photo_2017-09-08_16-13-34.jpg

«Men va bizning jamoadagi do‘stlarim mintaqamiz uchun muhim bo‘lgan – ko‘chma yoshlar teatrini yaratish mavzusini tanladilar», – deb bayon qiladi xorazmlik Muxlisa. «Bunday teatrni yaratgangan keyin biz unda ishtirok etishga bolalarni, shu jumladan nomaqbul oilalar farzandlarini jalb qilish va o‘z tengdoshlarimiz uchun ijtimoiy ahamiyatli mavzularga bag‘ishlangan teatrlarni sahnalashtira oladigan bo‘lamiz. Bizda kattalar uchun mo‘ljallangan teatrlar mavjud, lekin yoshlarda betakror san’at olamidan bahramand bo‘lishga yetarli imkoniyat yo‘q. Yoshlar teatrini yaratishda bizga yordam berishlari so‘rab, o‘z taklifimizni mahalliy musiqa maktabi, mahalla qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi va mahalliy hokimiyatga yubordik. Biz ushbu loyiha mahallalar, maktablar va oilalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytiradi, deb hisoblaymiz».

photo_2017-09-08_16-46-29.jpg

Asadbek va Muxlisa kabi, maskanning boshqa qatnashchilari ham o‘z uylariga g‘ayrat-shijoat va ishtiyoqlari to‘lib-toshib qaytdilar. Ular o‘z mintaqalarida ushbu loyiha ustida ishlashni noyabrgacha davom ettiradilar. Shu bilan birga ular tengdoshlari uchun bola huquqlari bo‘yicha informatsion sessiyalarni uyushtiradilar hamda yoshlar hamjamiyatni rivojlantirishda yanada faol ishtirok etishlari yo‘llarini muhokama qiladilar.

Parlament va hukumat a’zolariga o‘z ishlari natijalarini taqdim etish uchun bolalar Toshkentda 20-chi noyabrda yana bir bor uchrashadilar. Shuningdek o‘smirlar o‘z tengdoshlari orasida ijobiy ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishda yoshlar qanday qilib yanada yuqori faollik namoyon etishlari va yurtimizning gullab-yashnashiga samarali ko‘maklashish yo‘llari yuzasidan o‘z qarashlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Yoshlar ishtiroki ushbu jarayonni samarali boshqarish hamda ularning hayotiga ta’sir qiluvchi turli masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini ifodalash maydonini yaratish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishini ta’minlash maqsadida UNICEF va BOQA Yoshlar ittifoqi, Parlament va boshqa sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikni davom ettiradilar.

photo_2017-09-08_16-13-41.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 367


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar