O’quv safari O’zbekistonning bolalarga nisbatan odil sudlovni qo’llash tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda

Chop etish versiyasi
11 Sentabr 2017
1 1 Fotosuratlar

2017 yilning 5-9 iyun kunlari UNICEF tashkiloti tomonidan O’zbekistonlik mutaxassislarning Shveytsariya va Germaniya mamlakatlariga o’quv safari tashkil etildi. Ja’mi sakkiz kishidan iborat bo’lgan delegatsiya Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi, Prezident Devoni, Sudyalar Oliy Kengashi qoshidagi Oliy sudlov muammolarini o’rganish tadqiqot markazi, Oliy Sud, Respublika Bosh Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar makalasini oshirish markazi vakillaridan tashkil topdi.

O’quv safaridan ko’zlangan asosiy maqsad jinoyat qurbonlari va guvohlari bo’lgan bolalarni himoya qilishga qaratilgan qonunchilik va amaliyotni o’rganishdan iborat bo’ldi. Delegatsiya qonun bilan ziddiyatdagi bolalarni adliya tizimidan chiqarish va ularga nisbatan alternativ choralarni qo’llash yondoshuvlari bilan tanishdi.

O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari yuvenal adliya yo’nalishida ish olib borayotgan muassasalar, masalan, prokuratura, bolalar bo’gchalari, jabrlanuvchilarni qo’llab-quvvatlash markazi, yuvenal adliya uyi, mediatorlik xizmati va tergov izolyatori kabilarga tashrif buyurdilar. Shu bilan birga, delegatsiya bolalar bilan suhbatlashish xonalariga ham tashrif buyurdi va jinoyat qurboni yoki guvohi bo’lgan bolalar bilan suhbat o’tkazish tamoyillari bilan tanishdi. 

Delegatsiya shveytsariyalik va germaniyalik mutaxassislar bilan ulardagi yuvenal adliya tizimi va qonunchilik bazalarini muhokama qildilar. Ularning suhbatdoshlari esa o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. “Shveytsariya va Germaniya tajribalarini o’rganish jinoyat qurboni va guvohi bo’lgan bolalar hamda qonun bilan ziddiyatdagi bolalar masalalarig bo’yicha ixtisoslashuv tajribasini o’rganish nuqtai-nazaridan juda ham foydali bo’ldi”, - deydi Sudyalar Oliy Kengashi raisining o’rinbosari va Oliy sudlov muammolarini o’rganish tadqiqot markazi direktori Dilshod Aripov. “Ushbu mamlakatlar tajribasi bugungi kunda O’zbekistondagi sud va adliya yo’nalishlarida olib borilayotgan islohotlarga hamohang ravishda mamlakat qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish uchun qo’llanilishi mumkin deb o’ylayman”, - dedi qo’shimcha qildi u.

Shveytsariya va Germaniyaga amalga oshirilgan o’quv safaridan so’ng, yuqorida tilga olingan idoralarning unda ishhtirok etgan vakilllari tomonidan Idoralararo ishchi guruhi tashkil etiladi. Mazkur guruh mamlakatda jinoyat qurboni va guvohi bo’lgan bolalarga nisbatan maxsus yondoshuvni qo’llash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, ushbu guruh qonun bilan ziddiyatdagi bolalarni adliya tizimidan chiqarish va ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish chorasini qo’llamaslikning turli usullarini o’rganish bilan mashg’ul bo’ladi.

Shu bilan birga, Idoralararo ishchi guruhi yuristlar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratadi. Xususan, o’quv muassasalari va malaka oshirish institutlari tomonidan bola huquqlari va adliyaga oid maxsus o’quv dasturlarini tadbiq etadilar. Ishchi guruh, shuningdek, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida bolalar ishtirok etgan jinoiy ishlarni ko’rib chiqish bo’yicha maxsus o’quv dasturini kiritishni ham ko’zlagan.

Sud tizimlarida, sinov tariqasida jinoyat qurboni va guvohi bo’lgan bolalar bilan suhbatlashish uchun maxsus jihozlangan xonalar tashkil etiladi. Bunday xonalardan foydalanish samarasini baholash asosida Ishchi guruh jinoiy-protsessual qonunchilikka o’zgaritirishlar kiritishga bag’ishlangan qonun loyihasini ishlab chiqadi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 75


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar