UNICEF va Ucell hamkorlikdagi faoliyat natijalarini sarhisob qilishdi

Chop etish versiyasi
12 Sentabr 2017

2017 yil 5 sentyabr kuni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Sasha Graumann va Ucell (“KOSKOM” MChJ HK) Bosh ijrochi direktori Tonu Gryunberg O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda mamlakatning chekka hududlarida joylashgan maktablardagi suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik loyihalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qildilar.

0L2A8467.JPG

Xorazm viloyati Chalish qishlog‘idagi 46-o‘rta maktabda sanitariya inshooti qurib bitkazilgan bo‘lib, hozirda undan 180 o‘quvchi va o‘qituvchilar jamoasi foydalanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kukcha qishlog‘idagi 46-o‘rta maktabnda 250 o‘quvchi va maktab atrofidagi hududda istiqomat qiluvchi 1000 kishidan iborat aholini suv bilan ta’minlash uchun 300 metr uzunlikdagi suv quvurlari o’tkazilishi nishonlandi.

DSC_8086.JPG

“Suv, sanitariya va gigiyena odatiy va oddiy masalala bo’lib tuyulishi mumkin, ammo bu uzluksiz ta’limning muhim qismidir, chunki bu bolalarning sog‘lom bo‘lishlariga va maktabda o‘qishni tashlab qo‘ymasliklariga yordam beradi,” - deydi Sasha Graumann. “Umumiy aholisining uchdan bir qismi 18 yoshga to‘lmagan yoshlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu muhim ahamiyatga ega, chunki 15 yildan so‘ng bugungi bolalar mamlakat tarixidagi eng katta ishchi kuchini tashkil etadilar. Hukumat O’zbekistonning kelajakdagi traqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun eng yaxshi sarmoya, ya’ni bolalar salomatligi, ta’limi va farovonligiga sarmoya kiritayotgani quvonarlidir,”- deb so‘zini yakunladi Sasha Graumann.

IMG_0090.JPG

Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridagi uchta kichik maktablarda ham sanitariya inshootlarining qurilishi yakunlanmoqda.

Ushbu faoliyat orqali UNICEF tashkiloti va Ucell kompaniyasi bolalar diareya kabi kasalliklardan himoyalanganligini, ota-onalar va o‘qituvchilar esa qo‘llarni sovun bilan to‘g‘ri yuvish kabi hayotni saqlovchi ko‘nikmlarni uyda va maktabda targ‘ib etishlarini ta’minlash yo‘lida mamlakat hukumatining say’-harakatlariga ko‘maklashadilar.

DSC_8090.JPG

“Biz global fuqarolarmiz va qanday sharoitlarda hayot kechirayotganligimizga o‘zimizni mas’ul deb bilamiz. UNICEF bilan hamkorlik qilishdan ko’zlagan maqsadimiz suv ta’minoti va sanitariya xizmatlarining barqarorligi hamda gigiyenani targ‘ib etish, buning natijasida viloyatlar va kichik qishloqlardagi bolalar salomatligining yaxshilanishi va iqtisodiy farovonlik oshishiga ko‘maklashishdir,” - deydi Ucell kompaniyasining Bosh ijrochi direktori Tonu Gryunberg. “Shu bilan birga, jtimoiy rivojlanishdagi muammolarni hal etish hamda mahlliy hamjamiyatlar taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun mobil aloqa texnologiyalaridan foydalanishni davom ettiramiz,” - deb ta’kidladi Tonu Gryunberg.

Grant taqdim etish bilan birga, Ucell kompaniyasi o‘z mijozlari uchun www.unicef.uz internet sahifasiga bepul ulanish hamda 15 oktyabr – Jahon qo‘l yuvish kuni kabi muhim sanalarda ahamiyatga molik bo‘lgan masalalar bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida yuborilgan SMS xabarlarni bepul yetkazib berish xizmatlarini ham taqdim etmoqda.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 80


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar