Auditoriyani tushungan holda g’oyalarni yetkazamiz. EOAVMA va UNICEF bolalarga mo’ljallangan teledasturlar sifatini oshirish uchun birgalikda ishlashmoqda

Chop etish versiyasi
15 Sentabr 2017

Yetti yoshga to’lmagan farzandlari bo’lgan har bir oila bolalar har kuni qiladigan ko’plab boshqa ishlari orasida televizor ko’rishga qancha vaqt sarflashlarini ham biladi. Bolalar ochiq, qabul qiluvchi, qiziquvchan hamda yangi ma’lumotlarni qidirib topish va uni tezda tadbiq etishga moyil bo’ladilar.

Sifatli teledastrular bolalarga kichik yoshlaridanoq bilim olishlari va rivojlanishlariga yordam berishi butun dunyo bo’ylab o’z tasdig’ini topgan. Bu borada televedinie mutaxassislari bolalar bilan ularning yoshiga mos, qadriyatlarni e’tiborga olgan holda, inklyuziv va ijobiy bo’lgan tarzda, irodasi va o’ziga bo’lgan ishonchni shakllantiruvchi va eng muhimi – qiziqarli va jalb etuvchi usuldagi  muloqotni qanday qilib yo’lga qo’yishni tushunish ustida to’xtovsiz ravishda ish olib bormoqdalar.

2017 yilning avgust oyida UNICEF va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) O’zbekistonda bolalar dasturlarining sifati va mazmunini qanday qilib yanada takomillashtirish mumkinligini muhokoma qilish maqsadida butun mamlakatdan 22 yosh jurnalistlarni to’pladi. Xalqaro mutaxassis o’tkazgan seminar EOAVMAning an’anaviy yillik yozgi matbuot lageri doirasida tashkil etilgan bilim olish imkoniyatlaridan biri bo’ldi.

IMG_6369.JPG

Seminar ishtirokchilari bolaning rivojlanish bosqichiga mos keluvchi, ishtirokka asoslangan teledastrularni qanday tayyorlash va ular bolalarga kichik yoshlaridanoq ijobiy ijtimoiy qadriyatlarni singdirishini qanday ta’minlash xususida fikr almashdilar. Tenglik, inklyuzivlik va bola huquqlari ham mazkur muhokama markazidan joy oldi.

Amaliy va ishtirokka asoslangan seminarda ishtirokchilarga Bola huquqlari to’grisidagi konvensiyaning asosiy tamoyillari, auditoriyaga yo’naltirilgan rejalashtirish jarayonining bosqichlari, rasmiy tadqiqot va bolalar televideniesi sifatini oshirishning boshqa muhim tomonlari xususida mufassal ma’lumot taqdim etildi.

IMG_6373.JPG

“Bu yerda orttirgan tajribamiz TV produseri bo’lmish har birimizga juda ham muhimdir. Biz turli xil yosh guruhiga mansub bo’lgan bolalarni tinglash va ularning ehtiyojlarini anglash imkoniga ega bo’ldik”, - deydi Toshkentdagi MY5 telekanali xodimi Aleksandra Baybekova. “Men bolalarning rivojlanishi va ishtiyoqlarini qo’llab-quvvatlovchi dasturlar ustida ishlashga oshiqmoqdaman”, - deb fikrini yakunladi Aleksandra.

IMG_6442.JPG

Seminar davomida MY5 kanalining telestudiyasida 5 kunlik amaliy laboratoriyada ham ish olib borildi. Unda ishtirokchilar seminarda o’rgangan tushunchalar va nazariyalarni tadbiq etgan holda turli yosh guruhlariga mansub bo’lgan bolalar bilan birga va ular uchun teledastrular yaratish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

IMG_6534 (2).JPG

“Endi men o’z maqsadli auditoriyamdagilar o’zlariga ishongan holda menga ochiq gapirlashlari uchun ularga qanday savollar berishim kerakligini bilaman”, - deydi Samarqand Yoshlar studiyasi xodimasi Ruxsora. “Dasturingiz auditoriyangiz qalbiga yo’l topishini istasangiz, bu juda ham muhim”, - deb qo’shimcha qildi u.

Davom etayotgan hamkorlikning doirasida UNICEF va EOAVMA asosiy diqqat-e’tiborlarini barcha bolalarning huquqlarini ta’minlashning muhim omillari sanalmish sifatli televidenie va bolalarning ishtirokiga qaratishni davom ettiradilar. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 257


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar