Yangi nashrlar
- Saytimizda ko'chirib olish uchun bola huquqlari bo'yicha yangi nashrlar mavjud.
Saytning oxirigi yangilanish:
10.04.2018 14:17:18
Dalillar qisqa satrlarda
UNICEFning O'zbekistondagi bolalarni parvarishlash muassasalariga tashriflari haqidagi bayonot
Bola parvarishlash tizimini isloh qilish sohasida O‘zbekiston Hukumati bilan hamkordik olib borish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish uchun 2017 yil 14-18 sentyabr kunlari UNICEF tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda O‘zbekistondagi institutsional bolalarni parvarishlash muassasalariga, shu jumladan Bolalar uylari, “Mehribonlik uylari” va Bolalar shaharchasiga tashrif buyurdi.
UNICEF O‘zbekiston Hukumati va institutsional bolalarni parvarishlash muassasalari xodimlari tomonidan ota-onalarining homiyligisiz qolgan bolalarni sog‘-salomat ulg‘ayishlari va rivojlanishlari uchun maqbul sharoitlar bilan ta’minlash yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlarni yuqori baholaydi va qadrlaydi.
Shu bilan birga, UNICEF Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi 263-sonli Qarorida har bir bola uchun oilaviy muhitni yaratish naqadar muhimligi, BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasiga muvofiq bolalarni institutsional bolalarni parvarishlash muassasalariga joylashtirish eng oxirgi chora ekanligi ko‘rsatib o‘tilganligini ma’qullaydi.
«Bolaning optimal rivojlanishi bola unga g'amxo‘rlik qilayotgan shaxsga xavfsiz bog‘lanib qolinishiga butkul bog‘liqdir, bunga esa faqat oila sharoitida erishish mumkin», - deb e’tirof etdi UNICEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi Rahbari Sasha Graumann. «Oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar doiralarini kengaytirish va shu jumladan nogiron bolalar uchun ham kunduzi kelib turish xizmatlarini rivojlantirish hamda bolalarni noinstitutsionallashtirishni yanada davom ettirish bolaning oilaviy sharoitlarga ega bo‘lish huquqini amalga oshirishga xizmat qiladi».
UNICEF tashkiloti BMT inson huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasining tavsiyalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi 263-sonli Qarorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga muvofiq, bolalarni parvarishlash tizimida islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Hukumatiga yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Marta o’qilgan: 823