UNICEFning O'zbekistondagi koloniya va axloq-tuzatish muassasalariga tashrifi haqidagi bayonoti

Chop etish versiyasi
19 Sentabr 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni va 2017 yil 11 avgustdagi PQ-3200-sonli Qarorida ko‘zda tutilgan islohotlarga muvofiq voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni qo‘llash tizimi sohasida O‘zbekiston Hukumati bilan kelgusida hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun 2017 yil 15-19 sentyabr kunlari UNICEF tashkiloti Bosh prokuratura bilan birgalikda o‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan tarbiyalash koloniyasi va ikkita ixtisoslashtirilgan o‘quv axloq-tuzatish muassasalariga tashrif buyurdi.

UNICEF O‘zbekiston Hukumatiga mazkur muassasalarga kirish imkoniyatini taqdim etishga tayyor ekanligidan mamnuniyat bildiradi, chunki UNICEF O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etilganlar jazoni o‘taydigan muassasasiga kirish imkoniga ilk bor ega bo‘lmoqda. Bunday sa’y-harakatlar BMT inson huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasining voyaga yetmaganlarning ozodlikdan mahrum bo‘lgan joylardagi ahvoliga oid 2013 yilda taqdim etilgan tavsiyalarini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Ozodlikdan mahrum etilish har bir bola uchun oiladan ajralish, jamiyatdan uzoqlashish demakdir. BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasiga muvofiq ozodlikdan mahrum etilgan bolalar ham boshqa bolalar ega bo‘lgan huquqlarning barchasiga ega bo‘ladilar. Umuman olganda, ozodlikdan mahrum etish jarayoni shunday tashkil qilinishi lozimki, bolalarning huquqlari himoya qilinsin va ta’minlansin hamda bola jazoni o‘tab bo‘lib, qaytib kelganidan keyin uning jamiyatdagi amaliy roli rag‘batlantirilsin. Ozodlikdan mahrum etish, qachonki boshqa maqbul yechimlar mavjud bo‘lmagan holda, eng oxirgi chora sifatida qo‘llanishili darkor.

«Tashrifimiz chog‘ida biz ushbu muassasalarda bolalar uchun eng ma’qul sharoitlarni ta’minlash va bolalarning jamiyatga reintegratsiyalashuvi jarayonini yaxshilash imkoniyatlarini yaratish maqsadida kelgusidagi hamkorligimizni muhokama qildik», - deb ta’kidladi UNICEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi Rahbari Sasha Graumann. «UNICEF tashkiloti BMT inson huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasining tavsiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 avgustdagi PQ-3200-sonli Qarori va 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmonida ko‘zda tutilgan yo‘nalishlarga muvofiq, voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni qo‘llash tizimida islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Hukumatiga ko‘maklashishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda».

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 295


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar